So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12178.1
    • RUB 126.06
    • EUR 13028.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonni keng ko‘lamli islohotlar kutayotganini ma’lum qildi

    21.03.2022, 13:00 18954

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Navro‘z munosabati bilan Olmaotada o‘tkazilgan bayram tadbirida mamlakatni keng ko‘lamli islohotlar kutayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

    Foto: “Xabar24.kz”

    Foto: “Xabar24.kz”

    “Oldinda bizni keng ko‘lamli islohotlar, yangi Qozog‘istonni qurish kutib turibdi. Sizlar bilan, yoshlar bilan birgalikda biz, albatta, yangi mamlakatni, yangi Qozog‘iston, ikkinchi respublikani quramiz va buni uddalaymiz”, — deydi u. Prezidentning chiqishi respublika telekanallarida to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilgan.

    Davlat rahbari yanvar oyidagi tartibsizliklarda bosqinchi va terrorchilarning asosiy zarbasi Olmaotaga to‘g‘ri kelgani, ko‘plab begunoh insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani, shahar infratuzilmasiga ulkan zarar yetkazilganini eslatib o‘tgan. “Olmaotaliklar, davlatchiligimiz uchun misli ko‘rilmagan tahdid qarshisida qo‘rqmaganingiz uchun sizlardan minnatdorman. Og‘ir damda birlashdingiz, butun mamlakat sizlar bilan bo‘ldi. Xalqimizning birdamligi va hamjihatligi sharofati bilan ushbu og‘ir sinovni yengib o‘tdik”, — deydi To‘qayev.

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev yanvar oyida mamlakatning qator viloyatlarida sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklarga baho berib, “maqsad oliy rahbariyatni almashtirish bo‘lgani”ni ta’kidlagandi.

    Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 2-yanvar kuni gaz narxi keskin oshishi sababli ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib, bir necha kundan so‘ng ular tartibsizliklarga aylangandi. 4 va 5-yanvar kunlari Olmaotada namoyishchilarning xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashuvi kuzatilgan.

    Mamlakatdagi keskinlik munosabati bilan To‘qayev KXShT (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti)ga murojaat qilib, yordam so‘radi. Tashkilot cheklangan muddatga respublikaga tinchlikparvar kontingent yuborgandi. Shuningdek, To‘qayev tartibsizliklar sabablarini o‘rganuvchi, aybdorlarni aniqlovchi va javobgarlikka tortuvchi tergov guruhini tuzishni buyurgan. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tartibsizliklar ishtirokchilari xorijda malaka oshirgan.

    Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, maxsus operatsiyalar davomida 4000 nafarga yaqin terrorchi hibsga olingan,  26 nafar “qurolli jinoyatchi” o‘ldirilgan, yana 18 nafari yarador qilingan. Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ommaviy tartibsizliklar, shuningdek, terrorchilik aktlarini sodir etish bo‘yicha tergov doirasida jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

    Mavzuga doir: 

    • Qosim-Jo‘mart To‘qayev “superprezidentlik” boshqaruv shaklidan voz kechish taklifini bildirdi
    • Qozog‘istonda ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha jinoiy ishga 11 nafar o‘zbekistonlik ham tortilgan

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yerevanda Qorabog‘ yuzasidan o‘tkazilgan namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi (video)

    Bugun, 09:11

    IMZO O‘zbekiston bo‘ylab yuqori sifatli fabrika romlarini taklif etadi

    Bugun, 09:00
    Reklama

    Ekologiya vazirligi o‘zbekistonliklarni “Avtomobilsiz kun”da ishtirok etishga chaqirdi

    Bugun, 08:50

    Toshkentning ikki tumani hududida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 08:38

    Namangandagi bolalarning ommaviy zaharlanishi Sog‘liqni saqlash vaziri nazoratida ekani ma’lum qilindi

    Bugun, 07:11

    “71 nafar bola shifoxonaga yotqizilgan. Prokuratura vaziyatni o‘rganmoqda”. Mas’ullar Chustdagi zaharlanish haqida ma’lumot berdi

    Bugun, 01:01

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida

    Kecha, 23:45

    Dunyoning eng mashhur mediamagnati mediaimperiya nazoratini o‘g‘liga topshirmoqda

    Kecha, 23:22

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    Kecha, 22:47

    “Sohani rivojlantirishga chindan ham ko‘maklashmoqchimisiz?” — Toshkent shahar MMTB ota-onalarga murojaat qildi

    Kecha, 22:33

    Qishda “svet” o‘chadimi, bu yil ham energetik inqiroz kuzatiladimi? Masʼullar javob berdi

    Kecha, 22:14

    Tavsiya etamiz

    Namangandagi bolalarning ommaviy zaharlanishi Sog‘liqni saqlash vaziri nazoratida ekani ma’lum qilindi

    07:00 / 22.09.2023

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida

    23:00 / 21.09.2023

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    22:00 / 21.09.2023

    Oliy sud Xorazmdagi mehribonlik uyida qizlarni zo‘rlagan amaldorlarga jazo o‘zgarishsiz qolgani haqidagi xabarni rad etdi

    13:00 / 21.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Davlat budjetining to‘rt kunlik daromad va xarajatlari miqdori ochiqlandi. Xarajatlar ancha yuqori

    16:00 / 08.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    iPhone 15 Pro Max rasmiy sotuvdan bir kun oldin “Malika” bozorida sotilmoqda. Uning narxi qancha?

    21:00 / 21.09.2023

    Chet elda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z vatanida mashhur bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    09:00 / 21.09.2023

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21:00 / 21.09.2023

    Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

    12:00 / 21.09.2023

    Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatiga yirik raketa zarbalarini berdi (foto, video)

    11:00 / 21.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?