Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 30-turida “Milan” 19-mart, shanba kuni “Kalyari” maydonida mehmon bo‘ldi.
Uchrashuv minimal hisobda milanliklar foydasiga hal bo‘ldi. Birinchi bo‘limda jamoalar darvozalarga yo‘l topa olmadi. Faqatgina ikkinchi 45 daqiqalik avvalida Ismael Bennaser “Milan”ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Shu tariqa “Milan” chempionlik yo‘lidagi muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Jamoa 66 ochko bilan musobaqa jadvalini boshqarmoqda. Ikkinchi o‘rindagi “Napoli”ning hisobida 63 ochko bor. “Kalyari” (25) esa 17-pog‘onani egallab turibdi.
A Seriya
30-tur bahsi
19-mart, shanba
“Kalyari” — “Milan” 0:1
Gol: 0:1 – 59 Bennaser.“Kalyari”: Kranyo, Bellanova (Pereyro, 82), Goldaniga, Altare, Lovato, Likoyannis (Deyola, 68), Dalbert (Zappa, 75), Marin, Grassi (Keyta Balde, 82), Joao Pedro, Pavoletti.
“Milan”: Menyan, Kalabriya, Tomori, Kalulu, Ernandes, Kessie, Bennaser, Jiru (Ibrahimovich, 87), Rafael Leau (Rebich, 72), Braim Dias (Krunich, 72), Junior Messias (Salemakers, 78).
Ogohlantirishlar: Bellanova (77).
Izoh (0)