AQSH Xitoy bilan birgalikda dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishi kerak, degan XXR rahbari Si Szinpin.
“Tinchlik va barqarorlik — xalqaro hamjamiyatning eng qimmatbaho boyligi. BMT xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari va jahonning eng katta ikki iqtisodiyoti sifatida Xitoy – Amerika munosabatlarini nafaqat to‘g‘ri yo‘nalishga o‘tkazishimiz, balki xalqaro miqyosda mas’uliyatni zimmamizga olib, butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashimiz zarur”, — deya Si Szinpin AQSH prezidenti Jo Bayden bilan muloqot vaqtida aytgan so‘zlarni keltirgan Xitoy markaziy televideniyesi.
Shuningdek, Si Szinpin Ukrainadagi inqiroz Xitoy ko‘rishni istagan vaziyat emasligini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra sodir bo‘layotgan ishlar yana bir marta mamlakatlarning o‘zaro qarama-qarshilikka bormasligi kerakligini ko‘rsatmoqda.
“Nizo va ikki frontga bo‘linish hech kimning manfaatiga xizmat qilmaydi”, — degan Xitoy raisi.
Si Szinpin va Bayden 18-mart kuni videokonferensaloqa tizimi orqali muloqot qilgan. AQSH davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Uendi Sherman prezidentning XXR rahbariga Ukrainadagi Rossiya hukumatining qarori yuzasidan ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlagan. Uning aytishicha Vashington Si Szinpinning tarix tomoniga to‘g‘ri yo‘lni tanlashiga ishonishini bildirgan, deya xabar qildi Reuters.
Avval AQSH rasmiylari Xitoyning Rossiya Ukrainada harbiy operatsiyalar boshlaganiga mavhum pozitsiyada ekanidan xavotirdaligini bayon qilgandi. Xususan, AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyning Putinga ta’sir o‘tkazishi zarurligini, ammo buning o‘rniga teskari yo‘nalishda betaraf hakam sifatida harakat qilayotganini ta’kidlagandi.
Xitoy bunga javob qaytargan va uning Ukrainaga nisbatan pozitsiyasi adolatli va xolisligini qayd etgan.
“Harbiy nizo boshlanganidan buyon Xitoy hamma vaqt muzokaralar orqali tinchlik sulhini tuzish tarafdori bo‘lib kelgan”, — degan Xitoy TIV vakili Chjao Liszyan.
Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live
Mavzuga doir:
- Xitoy Rossiyaning Markaziy Osiyodagi o‘rnini egallashi mumkin — TIME
- “Ukraina bo‘lmasa, Rossiya, Xitoy, Hindiston yoki boshqa davlatlar ham bor”. O‘zbekistondagi dorilar savdosini qanday o‘zgarishlar kutayotgani haqida mutaxassis fikri
- Xitoy Ukraina suverenitetini himoya qiladi va Rossiyaning xavfsizlik bo‘yicha pozitsiyasini inobatga olishga chaqirdi
Izoh (0)