• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Qiyin vaziyatlarda tomosha qilish tavsiya etiladigan filmlar

    Kayfiyat tushib, o‘zingizni yomon va qiyin ahvolda his qilganingizda yaxshi film muammolaringizni sal bo‘lsa-da, yengillashtirishga yordam beradi. Quyidagi kartinalarni tomosha qilib, baxtli bo‘lish naqadar oson ekanligini anglaysiz.

    “Indiana Jons”, trilogiya

    Foto: Legion-Media

    Foto: Legion-Media

    “Tu-tu-ru-tu, tu-tu-tu, tu-tu-ru-tu, tu-tu-tu-tu” — bu ohangni eshitishingiz bilan ko‘z oldingizga mard va hech narsadan tap tortmaydigan Indiana Jons obrazi kelgani aniq. Indiana Jons har qanday holatda yordamga oshiqadi, o‘z kuchiga ishonish orqali hatto umidsiz bo‘lib tuyulgan vaziyatda ham chiqish yo‘li borligiga umid qiladi. Albatta, do‘stlarining yordam bilan.

    “Kamon, Kamon”

    Foto: Legion-Media

    Foto: Legion-Media

    Jurnalist (Xoakin Feniks) singlisining iltimosiga ko‘ra, to‘qqiz yoshli jiyaniga qarab turadi va u bilan til topishishga harakat qiladi. Deyarli ikki soatlik filmda boshqa hech narsa sodir bo‘lmaydi, lekin unda olam-olam ma’no bor. Qahramonlarning har birining o‘ziga xos qiyinchiliklari va muammolari bor. Qahramonlar o‘zlarining og‘riqli tajribasini bir-biriga yaqinlashish imkoniyatiga aylantiradilar.

    Bu sokinlik va odatiy kundalik muammolar haqidagi film, lekin shunday qiyinchiliklarni ham bir-biriga yordam berish orqali birgalikda boshdan kechirish osonroq.

    “Sumerki”

    Foto: Legion-Media

    Foto: Legion-Media

    “Sumerki” pastki labini tishlashni yaxshi ko‘radigan va negadir maktabga borishda davom etayotgan yuz yoshli vampirning ko‘nglini ko‘tarishga qodir bo‘lgan o‘quvchi qiz haqidagi eng melodramatik sevgi hikoyasidir. Ba’zilar uchun “Sumerki” ularga baxtli o‘smirlik yillariga qaytishga yordam beradi. Derazadan tashqarida sodir bo‘layotgan voqealardan farqli o‘laroq, kimdir film yordamida deyarli ikki soat davomida Amerikaning eng olis chekkasidagi xayoliy fantaziya olamiga borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    “Mohir josuslar kabi”

    Foto: Legion-Media

    Foto: Legion-Media

    Edgar Rayt hali ham so‘nggi o‘n yilliklarning eng yaxshi komediyachilaridan biri bo‘lib, uning filmlarini qayta-qayta ko‘rib zavq olish mumkin. “Mohir josuslar kabi” — London politsiyasi (Simon Pegg) va mahalliy ovsar (Nik Frost)ning iliq do‘stligi haqidagi ajoyib film. Ovloq joyda sodir etilgan sirli qotilliklarni tergov qilish haqidagi kinoyali hikoya Raytning o‘ziga xos uslubi bilan to‘ldirilgan.

    “Yaxshi yil”

    Foto: Legion-Media

    Foto: Legion-Media

    Ushbu film insonlarga oddiy narsalarni eslatadi, afsuski, kundalik shovqin-suronda tez-tez unutilayotgan hislarni ham. Bosh qahramon — Maks allaqachon ulg‘aygan va London fond birjasining (Rassell Krou o‘ynagan) yirik korchaloni. Amakisining o‘limidan so‘ng, Maks Provansdagi vino zavodini meros qilib oladi va darhol uni sotishga qaror qiladi. Lekin hayot uni o‘ziga va bu dunyoning mohiyatiga yangicha qarashga majbur qiladi.

    Doimiy ravishda yaxshiroq hayotga intilish yo‘lida baxtli bo‘lish biz o‘ylagandan ham oson ekanligini unutamiz. Provansdagi vino zavodi, Marion Kotilyar va fransuz vinosi atmosferasidan tashqari, “Yaxshi yil” baxt atrofimizda — aynan hozir va shu yerda ekanligini eslatadi.

    “Andisha va g‘urur”

    Foto: Legion-Media

    Foto: Legion-Media

    Operator Roman Osin tomonidan mohirona suratga olingan ingliz qishloqlarining panoramali tasvirlari haqiqiy vizual meditatsiyadir. Film sizni cheksiz xabarlar bo‘lmagan dunyoga ustalik bilan olib kiradi, yangiliklar esa bir necha kunlik kechikish bilan pochta orqali olinadi. Bingli va Darsi uylarining interyerini, Jeyn va Lizzining balga qanday tayyorgarlik ko‘rishini, Bennetning oilaviy hayotini tomosha qilib dam olasiz, ertalabki tumanda o‘tloqlar bo‘ylab qahramonlar bilan sayr qilasiz. Jeyn Ostenning o‘lmas sujeti mehrni oiladan, do‘stlardan, yaqinlardan izlash kerakligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

    “Qiyalikdagi baliqcha Ponyo”

    Foto: Legion-Media

    Foto: Legion-Media

    Miyazaki muxlislarining ba’zilari multfilm juda yosh tomoshabinlarga mo‘ljallangan, degan bahona bilan Ponyoni chetga surib qo‘yadi. Ammo bu inson va tabiat uyg‘unligi, uning boshqa asarlari singari dunyodagi har bir jonzot bilan umumiy til topish qobiliyati haqidagi chuqur falsafiy hikoya. Miyazaki o‘z maqsadini nasihat orqali yetkazish o‘rniga, uni yapon mifologiyasi aks-sadolari bilan ajoyib ertakka aylantiradi. Filmda to‘lib-toshgan g‘ayrat ham, yuqumli baxt ham bor, lekin eng muhimi — bolakayning dengiz jonzotiga bo‘lgan cheksiz sevgisi, u endi uni himoya qilishga majbur, chunki u boshqacha yo‘l tuta olmaydi. Chunki faqat sevgi va mehrgina bizni qutqara oladi.

    “Billi Medison”

    Foto: Legion-Media

    Foto: Legion-Media

    Miya faolligi darajasini eng past ko‘rsatkichgacha tushira oladigan o‘ta kretin komediya. Allaqachon voyaga yetgan Billi Medison (Adam Sendler) mehmonxonalarga ega bo‘lgan millioner dadasining puliga yashaydi. Kunini pivo ichish-u jurnallarni varaqlash bilan o‘tkazadigan o‘g‘il nimadir qila olishini isbotlashga qaror qiladi va garov o‘ynab, maktabga qaytadi. Bir necha oy ichida u o‘tkazib yuborgan barcha narsalarni — boshlang‘ich sinfdagi imloni o‘rganishdan tortib yuqori sinfdagi qo‘pol zo‘ravonliklarni boshdan kechirishgacha bo‘lgan o‘n birinchi sinfni tugatishi kerak.

    “Yulduzli chang”

    Foto: Legion-Media

    Foto: Legion-Media

    Filmda hamma narsa bor: sarguzasht, mo‘jiza va sevgi. Oddiygina yigit (Charli Koks) sevgan qizining tug‘ilgan kuniga osmondan tushgan yulduzni topib sovg‘a qilishga va’da beradi. Qahramon Mishel Pfayfer boshchiligidagi jodugarlar ham abadiy yoshlik uchun xuddi shu yulduzni qidirmoqda. Yiqilgan yulduz go‘zal qiz bo‘lib chiqadi (Kler Deyns). Shuningdek, Nil Geymanning mazkur ertagida shafqatsiz shahzodalar, xushmuomala qaroqchi (aql bovar qilmaydigan darajada kulgili Robert De Niro) va juda ko‘p yumor hamda mo‘jizalar mavjud. Bularning barchasi bir-biriga bog‘langan, ammo zulmat g‘alaba qozongandek tuyulsa-da, sevgi va do‘stlik hammani qutqaradi.

    Mavzuga doir:

    • Hayratda qolishingiz kafolatlangan: butunlay boshqa qiyofaga kirgan grimdagi yulduzlar (foto)
    • Mahatma Gandidan malika Dianagacha: Afsonaviy shaxslar haqida hikoya qiluvchi 5 ta biografik film (video)
    • Ko‘p marta ko‘rgan bo‘lsangiz ham sevimli multfilmlaringizdagi siz payqamagan holatlar (foto)
    • Mahatma Gandidan malika Dianagacha: Afsonaviy shaxslar haqida hikoya qiluvchi 5 ta biografik film (video)

    19.03.2022, 12:53   Izoh (0)   47693
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Partnyorim Javohir bilan gaplashib turamiz”. “Osmondagi bolalar” aktrisasi Malika Alimova filmdagi do‘stlari bilan munosabati haqida

    18.03.2022, 16:55

    Hilol Nasimov bilan filmlarini “stol ustida suratga olishi”, kitob o‘qimaydigan rejissorlar hamda “xontaxta” seriallar haqida intervyu (video)

    16.03.2022, 18:49

    BAFTA-2022 mukofoti g‘oliblari aniqlandi (video)

    16.03.2022, 11:54

    Ko‘p marta ko‘rgan bo‘lsangiz ham sevimli multfilmlaringizdagi siz payqamagan holatlar (foto)

    12.03.2022, 13:32

    “Osmondagi bolalar” filmidagi Nargiz hozir qayerda? U nega kinodagi faoliyatini davom ettirmadi? (video)

    11.03.2022, 14:21

    O‘zini jahon yulduziga aylantirgan filmlarda ishtirok etishni istamagan aktyor va aktrisalar (foto)

    09.03.2022, 13:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kambodja Tailand meva-sabzavotlari va seriallarini taqiqladi

    Dunyo | 19 iyun, 16:15

    Orollardagi hashamat: Jey Lo, Jeki Chan va boshqa yulduzlarning villasiga sayohat

    Shou-biznes | 19 iyun, 16:07

    Hindiston musulmon fuqarolarini Bangladeshga noqonuniy deportatsiya qilmoqda — The Guardian

    Dunyo | 19 iyun, 15:55

    MLSda eng ko‘p sotilgan liboslar: Messi peshqadam (TOP-24)

    Sport | 19 iyun, 15:50

    Ilon Maskning Starship raketasi portlab ketdi (video)

    Dunyo | 19 iyun, 15:28

    Hayao Miyazaki tomonidan yaratilmagan Studio Ghibli’ning ajoyib animelari (treyler)

    Layfstayl | 19 iyun, 15:10

    “Qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topamiz”: prezident Shahrisabzdagi innovatsion klinikani boshqa hududlarda ham tashkil etish haqida

    O‘zbekiston | 19 iyun, 14:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.