Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Navro‘z bayrami munosabati bilan mamlakat aholisiga tabrik yo‘llab, fuqarolarni tejamkor bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Tojikiston prezidentining matbuot xizmati

Foto: Tojikiston prezidentining matbuot xizmati

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan ikki yil, ya’ni koronavirusning tarqalishi og‘ir damlarda barcha davlatlar o‘z xalqini o‘ylashi va o‘z muammolarini hal etishga urinishini ko‘rsatgan. Bu kabi vaziyatda tanqislik, narxlar oshishi, mamlakat o‘rtasida tovarlar va hatto dori vositalarini yetkazib berishdagi uzilishlar millionlab odamlarning aziyat chekishiga sabab bo‘lgan.

“Insoniyat o‘z tarixidagi eng qiyin davrlarni boshidan o‘tkazar ekan, biz yanada tejamkor va ortiqcha xarajatlardan qochishimiz kerak. O‘tgan yili aprel oyida Tojikiston xalqiga yo‘llagan murojaatimda dunyodagi favqulodda murakkab vaziyatni qayd etib o‘tgandim”, — deydi prezidenti.

U 2022-yilda iqtisodiy sanksiyalar va boshqa keskinlashuvlar, mojarolar tufayli dunyoning ko‘plab mintaqalarida oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat juda og‘irlashganini, uning ta’siri barchaga, jumladan, Tojikistonga ham sezilayotganini eslatib o‘tgan.

“Yana bir bor ta’kidlashni istayman, yuzaga kelgan vaziyatda har bir oila tejamkor bo‘lishi kerak. Oxirgi yillarda ko‘p bora aytganimdek, har bir oilada ikki yillik oziq-ovqat zaxirasi bo‘lishi lozim”, — deydi Emomali Rahmon.

Tojikiston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, fermerlar bahorning har bir qulay kunidan unumli va samarali foydalanishi, farovonlik manbai bo‘lgan bahorgi ko‘chatlar ekishni ko‘paytirishi lozim.

U har bir qarich yerdan unumli foydalanib, sug‘oriladigan yerlardan uch-to‘rt marta hosil olishga intilish zarurligini ta’kidlagan. Bu aholini o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan yanada yaxshiroq ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshishining oldini olishning asosiy yo‘llaridan biridir.

Avvalroq Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga Qohira universitetining “Faxriy doktori” unvoni berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi