Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti boshlandi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ochiq muloqotda sohaning barcha bo‘g‘inlaridan 13 ming nafardan ziyod xodim ishtirok etmoqda.
Davlat rahbarining ma’ruzasi “O‘zbekiston” va “O‘zbekiston 24” (o‘zbek tilida, shuningdek, surdotarjimon bilan), “Toshkent” va “Yoshlar” (rus tilida), “Dunyo bo‘ylab” (ingliz tilida) telekanallarida jonli tarzda efirga uzatilmoqda.
Shuningdek, tadbirda sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining takliflari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, “O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida tibbiyot xodimlari va aholidan 25 mingdan ortiq murojaat va takliflar kelib tushgan.
Izoh (0)