Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Respublika Gidrometeorologiya markazi Navro‘z bayrami kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, 21-mart kuni Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, Toshkent viloyatida kunduzi biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Navoiy viloyatining shimolida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi kuchsiz sovuq saqlanib turadi, kunduz kuni harorat 10-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

22-martda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliqni, kunduzi 10-15 daraja iliqni tashkil etadi.

23-martda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan yana nam va sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat shimolda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kungi harorat 4-9 daraja iliqqacha pasayadi.

Ushbu kunlarda respublikaning tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

O‘zbekistonda mart oyi boshlaridan buyon yomg‘irli ob-havo davom etmoqda. Kuchli yomg‘ir ta’sirida respublikaning bir qator hududlarini, xususan, AndijonSamarqand, Toshkent viloyatidagi ko‘chalar, xonadonlar suvga to‘ldi, Sirdaryo tumanidagi shaharchani odamlarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish darajasida suv bosdi.

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 2003, 2012 va 2021-yillarning mart oylarida ham shunday yomg‘irli ob-havo bo‘lgan, ammo bu yilgi kabi jadal va davomiyligi uzoq muddatli yomg‘irlar ilgari kuzatilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Soliqlar, jarimalar, kommunal va boshqa to‘lovlarni qanday qilib uydan chiqmasdan to‘lash mumkin?
Mahalliy
BAA O‘zbekiston zargarlik sanoatiga investitsiya kiritishi kutilyapti
Dunyo
Zelenskiyning rafiqasi ukrainaliklar chiroqsiz va issiqliksiz yashashga roziligini ma’lum qildi