Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha shtab o‘z ishini boshladi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, shtabda turli sohalarda, jumladan, investitsiyalarni jalb qilish va yangi ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etish, tashqi savdo, transport va tranzit salohiyatini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni targ‘ib qilish, importni optimallashtirish va boshqa muhim yo‘nalishlarda ixtisoslashgan kichik guruhlarga taqsimlangan mamlakat vazirliklari va idoralarining malakali xodimlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shtab xodimlari mahalliy tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar o‘z amaliyotda duch keladigan tizimli va xususiy xarakterdagi muammolarni aniqlash maqsadida ular bilan manzilli tarzda hamkorlik qilib kelmoqda.

Qabul qilingan ma’lumotlar har tomonlama tahlil qilinadi, uning natijalari asosida tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar va algoritmlar ishlab chiqiladi. Tadbirkorlarning muammoli masalalari ham puxta o‘rganilib, aniqlangan masalalarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarga ko‘rsatmalar berilmoqda.

Shtabda ko‘rilayotgan amaliy chora-tadbirlar samaradorligini nazorat qilish mexanizmi joriy qilingan, xususan, tegishli muvofiqlashtiruvchi kichik guruh tadbirkorlar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, vazirlik va idoralar tadbirkorlarning murojaatlariga qanchalik tez va samarali javob berayotganini aniqlaydi.

“Har bir kunning oxirida shtab faoliyatining natijalari yuzasidan tezkor hisobot shakllantiriladi va tahlil qilish uchun Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha hukumat komissiyasiga yuboriladi”, — deyiladi xabarda.

Ushbu tahlil davomida aniqlangan tizimli muammolar investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, sanoatni rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, yanada foydali logistika yo‘nalishlarini kashf etish, yangi istiqbolli bozorlarga chiqish va xorijiy sheriklar bilan investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish maqsadida ham har tomonlama o‘rganilmoqda.

Ta’kidlanishicha, shtab tun-u kun ish olib boradi. Tadbirkor va eksportchilar o‘z muammolari bilan, shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha maslahat olish uchun istalgan vaqtda shtab xodimlari bilan bog‘lanishlari mumkin. Barcha masalalar qisqa muddatda o‘rganiladi va hal qilinadi.

Murojaatlar, shuningdek, Savdo-sanoat palatasining Call-markazi tomonidan keyinchalik shtabga tezkor ravishda yuborish uchun qabul qilinadi.

Call-markazlar raqamlari:

  • Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi: + 998 71 238 52 52
  • Savdo-sanoat palatasi: 1094
Bundan oldin, Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga 283 turdagi import mahsulotini mahalliylashtirish topshirig‘ini bergani, O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlarga 5 nafargacha xodim yollashga ruxsat berilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada deputatlar davlat budjeti muhokamasida mushtlashdi (video)
Mahalliy
Namangandagi ko‘mir mashmashasi: aholi uchun ko‘mir sotib olish — ovoragarchilik, rahbarlar esa ko‘mirga talab uning sifati yaxshiligidan demoqda (video)
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda