Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani “Guliston” mahallasida joylashgan choyxonadagi qimorxona fosh etildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022-yilning 16-mart kuni Farg‘ona viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida “Guliston” mahallasida joylashgan choyxonada M.M. o‘n nafar shaxsni yig‘ib, tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinini tashkillashtirgani va o‘yin uchun 150 ming so‘m ijara haqi olgani aniqlangan.

Voqea joyidan 1900 dollar, 12 million 502 ming so‘m pullar tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 2-qismi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Neymar Braziliyaning JCH—2022 1/8 finaldagi o‘yinini ham o‘tkazib yuborishi mumkin
Dunyo
Edvard Snouden qasamyod qilib, Rossiya pasportini qabul qilib oldi
Sport
“Zenit” — “Spartak” o‘yinidagi ommaviy mushtlashuv ishtirokchilari jazolandi