Rossiyada faoliyatini to‘xtatgan yoki buni e’lon qilgan xalqaro kompaniyalar mamlakatdagi 200 mingga yaqin odamni ish bilan ta’minlamoqda. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
McDonald’s biznesni qisman to‘xtatganini e’lon qilgan eng yirik ish beruvchi hisoblanadi. Rossiya bo‘ylab McDonald’s ovqatlanish tarmog‘ida 62 ming kishi ishlaydi.
Yana 19 ming rossiyalik Pepsico’da, 15 ming IKEA’da va 14,5 ming Yum’da ishlaydi. Bu kompaniyalar ham Rossiyadagi faoliyatini qisman yoki vaqtincha to‘xtatgan.
Rossiyaning yana 502 ta do‘koni Zara, Pull & Bear, Massimo Dutti, Bershka, Stradivarius, Oysho va boshqa brendlarga ega bo‘lgan Ispaniyaning Inditex kompaniyasi qarori bilan faoliyatini to‘xtatdi. Inditex 9000 ga yaqin xodimga moliyaviy yordam ko‘rsatishda davom etmoqda.
O‘z faoliyatini to‘xtatgan avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasida eng yirik ish beruvchi Volkswagen konserni bo‘lib, unda deyarli 5,8 ming kishi ishlaydi. Kompaniyada xodimlar ish haqining uchdan ikki qismi va ijtimoiy kafolatlar saqlanib qolgan.
Shuningdek, EPAM Systems ham Rossiyadagi faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. EPAM’da 6 mingdan ortiq odam ishlar edi.
Izoh (0)