So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12178.1
    • RUB 126.06
    • EUR 13028.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    “Maqsad oliy rahbariyatni almashtirish bo‘lgan” To‘qayev Qozog‘istondagi yanvar voqealariga baho berdi

    16.03.2022, 12:57 14023

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev yanvar oyida mamlakatning qator viloyatlarida sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklarga baho berdi, deb xabar beradi Tengrinews.

    Foto: Kabar24

    Foto: Kabar24

    Parlament palatalarining qo‘shma majlisida so‘zga chiqqan davlat rahbari yanvar fojialariga oid ayrim tafsilotlarni oshkor etgan.

    “Bir narsani ayta olaman: bu keng ko‘lamli, batafsil ishlab chiqilgan operatsiya bo‘lib, uning maqsadi oliy rahbariyatni almashtirish, uni xalq va xorijiy jamoatchilik oldida obro‘sizlantirish edi. Fitnachilar ushbu maqsadga erishish uchun o‘ylanmasdan, oldiga Olmaotada — eng katta shahrimizda tartibsizlikni keltirib chiqarish, odamlarga qo‘rquvni singdirish, ularni voqealar oqibati halokatliligiga ishonishga majburlash, mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirish vazifasi qo‘yilgan professional tayyorlangan jangarilardan foydalandi”, — deydi To‘qayev.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu voqealarga aybdor bo‘lganlarning barchasi “qanday lavozimni egallashidan qat’i nazar, jazolanadi”. “Men o‘zimga bog‘liq bo‘lgan hamma narsani qildim. Bu mening prezident va xalqimning farzandi sifatidagi burchim”, — deya qo‘shimcha qiladi davlat rahbari.

    16-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Qozog‘iston xalqiga murojaatnomasi boshlangan. U mamlakatdagi davlat telekanallari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilmoqda.

    Yanvar voqealariga izoh berar ekan davlat rahbari kulrang parda ortidagi sxemalarga o‘rganib qolgan odamlar o‘z imtiyozlarini yo‘qotishdan qo‘rqib, xalqqa qarshi chiqqanini ta’kidlagan.

    Bundan tashqari, prezident hokimlarga partiyalar filiallarida lavozim egallashni taqiqlash taklifini bergan. Davlat rahbarining fikricha, bunday qarorlar ko‘p qutbli partiya tizimini shakllantiradi.

    Mavzuga doir: Qozog‘istonda ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha jinoiy ishga 11 nafar o‘zbekistonlik ham tortilgan

    Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 2-yanvar kuni gaz narxi keskin oshishi sababli ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib, bir necha kundan so‘ng ular tartibsizliklarga aylangandi. 4 va 5-yanvar kunlari Olmaotada namoyishchilarning xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashuvi kuzatilgan.

    Mamlakatdagi keskinlik munosabati bilan To‘qayev KXShT (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti)ga murojaat qilib, yordam so‘radi. Tashkilot cheklangan muddatga respublikaga tinchlikparvar kontingent yuborgandi. Shuningdek, To‘qayev tartibsizliklar sabablarini o‘rganuvchi, aybdorlarni aniqlovchi va javobgarlikka tortuvchi tergov guruhini tuzishni buyurgan. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tartibsizliklar ishtirokchilari xorijda malaka oshirgan.

    Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, maxsus operatsiyalar davomida 4000 nafarga yaqin terrorchi hibsga olingan,  26 nafar “qurolli jinoyatchi” o‘ldirilgan, yana 18 nafari yarador qilingan. Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ommaviy tartibsizliklar, shuningdek, terrorchilik aktlarini sodir etish bo‘yicha tergov doirasida jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Tavsiya etamiz

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida 

    23:00 / 21.09.2023

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    22:00 / 21.09.2023

    Oliy sud Xorazmdagi mehribonlik uyida qizlarni zo‘rlagan amaldorlarga jazo o‘zgarishsiz qolgani haqidagi xabarni rad etdi 

    13:00 / 21.09.2023

    BMT assambleyasidagi mojaro, namoyishga chiqqan traktorlar, bo‘ron qurbonlarini dafn etayotgan ko‘ngillilar — 20-sentabr suratlari 

    23:00 / 20.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Davlat budjetining to‘rt kunlik daromad va xarajatlari miqdori ochiqlandi. Xarajatlar ancha yuqori

    16:00 / 08.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Chet elda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z vatanida mashhur bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    09:00 / 21.09.2023

    iPhone 15 Pro Max rasmiy sotuvdan bir kun oldin “Malika” bozorida sotilmoqda. Uning narxi qancha?

    21:00 / 21.09.2023

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21:00 / 21.09.2023

    Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

    12:00 / 21.09.2023

    Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatiga yirik raketa zarbalarini berdi (foto, video)

    11:00 / 21.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?