Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi Chempionlar Ligasining 1/8 finalidayoq musobaqa bilan xayrlashdi.
Argentinalik hujumchi to‘p suradigan “PSJ” musobaqaning 1/8 finalida “Real”ga qarshi o‘yinlardan (1:0, 1:3) so‘ng, “Manchester Yunayted” esa “Atletiko” bilan bahslardan (1:1, 0:1) keyin o‘z yurishini to‘xtatdi.
Messi va Ronaldu ketma-ket ikki mavsumdan buyon Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqa olmayapti. 2020/21-yilgi mavsumda Leo “Barselona” safida “PSJ”ga mag‘lub bo‘lgandi, Krishtianu esa “Yuventus” bilan birga “Portu”ga imkoniyatni boy bergandi.
O‘tgan mavsumga qadar so‘nggi bor Messi va Ronaldu 2004/05-yilgi mavsumda chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagandi. Oradagi mavsumlarda ulardan hech bo‘lmaganda biri musobaqa chorak filaida ishtirok etgan.
Avvalroq Lionel Messining otasi “Barselona” rahbariyati bilan aloqaga chiqqani, o‘g‘lining ortga qaytish ehtimolini muhokama qilgani haqida xabar berilgandi. Krishtianu Ronaldu esa YChLda ko‘p daqiqa o‘tkazish bo‘yicha Iker Kasilyasning rekordini yangilagan edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)