• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Hilol Nasimov bilan filmlarini “stol ustida suratga olishi”, kitob o‘qimaydigan rejissorlar hamda “xontaxta” seriallar haqida intervyu (video)

    “Daryo” nashri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rejissor va aktyor Hilol Nasimov bilan suhbat uyushtirdi. Ijodkor suhbat davomida o‘zbek kinosidagi muammolar, filmlarini suratga olish jarayonida uchraydigan qiyinchiliklar haqida gapirdi.

    “Urush vaqtida o‘g‘lim solda oqib kelgan”  

    —O‘tgan yili vatan sarhadlarining daxlsizligini ko‘rsatish maqsadida “Vatan ostonasi” nomli filmni suratga olishga qaror qildik. Film ssenariysini yaratishdan avval butun O‘zbekiston bo‘ylab safarga chiqdim va chegaralardagi shart-sharoitlarni o‘rgandim. U yerdagi vaziyatni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganim uchun bu haqida film suratga olishga tayyorligimni his qildim. Tan olish kerak, bizdagi mudofaa tizimi havas qilgudek, hatto chegaralarimizdan so‘roqsiz birorta qush ham uchib o‘tolmaydi.Filmning bir qismi Surxondaryodagi Afg‘oniston bilan chegaradosh hududda suratga olinishi kerak edi. Ammo o‘sha vaqtda qo‘shni respublikada notinchlik hukm surayotgandi. Sherobod bilan Mozori Sharif u qadar bir-biridan uzoq emas. Snaryad ovozlari eshitilib turardi. Juda vahimali vaziyat edi. Endigina 20 yoshni qarshilagan yigitlar hadik bilan u yerdan bu yerga qochayotgani hech esimdan chiqmaydi. Bu voqealarni ko‘rish tugul eslash ham qalbimga qo‘rquv soladi. Eng yomoni, film sujetiga ko‘ra o‘g‘lim Fotih suvdagi sol ustida oqib kelishi kerak edi. Shu payt afg‘onistonlik mansabdor shaxs yonimga kelib, “Tezroq bu yerdan keting”, deb xavfdan ogohlantirdi. Ammo hayotiy kadrlarni qo‘ldan boy bergim kelmay, suratga olishni davom ettirdim. Chegaradagi talato‘p vaziyatlar ko‘rsatilgan kadrlardagi ayrim yigitlar haqiqatan ham urushga otlanishgandi. Ular tasodif sabab kadrga tushib qolishgan. Eng alam qiladigani, ming mashaqqat bilan suratga olgan filmni ham “qaychilashadi”.

    Men bir necha yildan buyon mudofaa vazirligining jamoatchilik kengashi a’zosi sifatida faoliyat yuritaman. Bizga mudofaa tizimidagi islohotlarni xalqqa yetkazish vazifasi yuklatilgan. Xalq davlat chegaralari qanchalik mustahkam ekanligini bilishi shart. Bu qaysidir ma’noda odamlardagi vatanparvarlik ruhiyatining yanada oshishiga, ichki xotirjamlikni ta’minlashga sabab bo‘ladi.

    “Syomka vaqtida haqiqiy qurollardan foydalanishim rost” 

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Men bilan bir vaqtda ish boshlaganlarning filmlaridan ko‘ra, anchagina tejamkor film suratga olaman. Buni qo‘limdagi hujjatlar ham isbotlay oladi.  Chunki men Ravil Botirov, Qamara Kamolova va Shuhrat Abbosovdek rejissorlar qo‘lida oddiy assistent, kartina direktori bo‘lib ishlaganman. U yerda film budjetini qanday tejash va kerak bo‘lmagan kadrlarga vaqt sarflamaslikni o‘rganganman. Film stol ustida suratga olinadi, deb bejiz aytishmaydi. Chunki rejissorda aniq reja bo‘lmasa, vaqt va mablag‘dan yutqazishi aniq. Har bir o‘q, avtomat yoki portlovchi moslamalar juda katta mablag‘ni talab etadi. Agar ular o‘z o‘rnida ishlatilmasa, bu sahnani kompyuter grafikasida boyitish juda qimmatga tushadi. Ba’zan “Filmlarda haqiqiy moslamalardan foydalanish shart emas”, degan gaplar  qulog‘imga chalinadi. To‘g‘ri, bu ishni kompyuter grafikasi orqali qilsa bo‘ladi. Ammo u o‘zbek kinosiga endi kirib kelyapti va bizda hali rivojlanmagan. “Vatan ostonasi” filmida eng yaxshi kompyuter grafikasi ustalari bilan ishladik. Ular kelishilgan vaqtdan bir yarim oy o‘tib ishni yakunlashdi.

    Odatda aktrisaning yonida haqiqiy portlovchi modda ishga tushirilsa, uning holati ham shunga mos bo‘ladi. Ya’ni bunday sahna ta’sirliroq chiqadi. Shu bois filmlarni suratga olishda haqiqiy qurol va portlovchi moslamalardan foydalanishga harakat qilaman. Bu kompyuter grafikasiga nisbatan ancha arzonga tushadi. Yashirmayman, filmlarni suratga olishimda Mudofaa vazirligi ko‘mak beradi. Ammo ularning ham ishonchini suiiste’mol qilishga haqqim yo‘q.

    “O‘zbekkino” binosida film emas, xo‘jalik sovuni ishlab chiqarilardi

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — O‘zbek kinosida muammolar borligini rad etmayman, ammo o‘sish ham bor. Ba’zan kino nima ekanligini bilmaydigan insonlar bu sohani tanqid qilishsa, “Rejissorlar qayerda xato qilarkan?” deb kavlashga cho‘plarini tayyorlab turishsa, hayron qolaman. Bir paytlar “O‘zbekkino” binosida kinodan boshqa hamma narsa ishlab chiqarilardi. Ishonasizmi, kinoijodkor ijod qilishi kerak bo‘lgan bino xo‘jalik sovunidan tortib “bruschatka” ishlab chiqaruvchilar uchun arendaga berilgandi. Chunki 60 yil ichida biror marta ta’mirlanmagan binoda ijod qilish ham mushkul edi. Zaxdan o‘pirilgan devorlar, yelvizak xonalarning ayanchli ahvolini ta’riflash mushkul. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich “O‘zbekkino”ga tashrif buyurgach, vaziyat tubdan o‘zgardi. Ishlab chiqarish sexlari bir kundayoq bu yerdan ketib, ta’mirlash ishlari boshlandi. “O‘zbekkino” binosi O‘rta Osiyoda yagona, ishonamanki, tez orada u tomonidan yaratilgan filmlar ham birinchilikni qo‘lga kiritadi.

    “Kitob o‘qimaydigan, ammo serial suratga oladigan rejissor”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Ilgari xususiy kinostudiyalar tomonidan “xontaxta” filmlar suratga olinardi. Ammo oradagi uzilish sabab film premyeralari to‘xtatildi va xususiy kinostudiyalar serial suratga olishga o‘tib ketdi. Ilgari bir seriyani arang suratga olishgan bo‘lsa, endi 150 qismli serialni suratga olishyapti. Shu boisdan seriallarning ahvoli kundan kunga yomonlashyapti. Men O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida imtihon komissiyasining raisi bo‘lib ishlayman. O‘tgan yili ijodiy imtihonlarni olayotgan paytim g‘alati voqea sodir bo‘ldi. Rejissor bo‘lishga talabgor abituriyentdan qaysi kitobni o‘qiganligini so‘radim. Undan “Kitob o‘qishga vaqtim yo‘q”, degan javobni oldim. Hech bo‘lmasa, oxirgi ko‘rgan badiiy filmini tahlil qilishni so‘radim. Bu savolga ham tayinli javob ololmadim. Ammo u gap orasida 140 qismli serialni suratga olgan rejissor ekanligi va ssenariyni ham o‘zi yozganini qistirib o‘tdi. Kinodramaturgiyaga qiziqsa kerak, deb “Rixsivoy Muhammadjonov kim?” degan savol bergandim, yelkasini qisdi. Kitob o‘qimaydigan, badiiy filmni tahlil qilolmaydigan va mashhur o‘zbek dramaturgini tanimagan bola qanday serial suratga oldi ekan, deb hayron bo‘ldim. Telekanallar ham serialning rejissori kimligiga qiziqmay, ular bilan shartnoma tuzyapti. Jabrini esa tomoshabin tortyapti.

    Ilgari “xontaxta” filmlar bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib “xontaxta” seriallar ko‘payib ketdi. Ular labini shishirgan, ulama kiprikli qizlardan 3-4 so‘m pul olib, ishini bitiryapti. Bu juda achinarli hol. Bunga qarshi jiddiy chora ko‘rilishi kerak.

    Rejissor bilan to‘liq suhbatni quyida tomosha qilishingiz mumkin.

    Mavzuga doir:

    • Yana bir tarixiy film katta ekranlarga chiqish arafasida
    • Habibulla Nizomov: Hilol Nasimov olamdan o‘tsa, janozasiga bormayman
    • Hilol Nasimov Surxondaryoda 2002-yilda yuzaga kelgan tahlikali vaziyat haqida kino ishlamoqda
    • Hilol Nasimovning “O‘zbekfilm”dan ketish sababi ma’lum qilindi

    16.03.2022, 18:49   Izoh (0)   29229
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BAFTA-2022 mukofoti g‘oliblari aniqlandi (video)

    16.03.2022, 11:54

    Ko‘p marta ko‘rgan bo‘lsangiz ham sevimli multfilmlaringizdagi siz payqamagan holatlar (foto)

    12.03.2022, 13:32

    “Osmondagi bolalar” filmidagi Nargiz hozir qayerda? U nega kinodagi faoliyatini davom ettirmadi? (video)

    11.03.2022, 14:21

    O‘zini jahon yulduziga aylantirgan filmlarda ishtirok etishni istamagan aktyor va aktrisalar (foto)

    09.03.2022, 13:08

    Mahatma Gandidan malika Dianagacha: Afsonaviy shaxslar haqida hikoya qiluvchi 5 ta biografik film (video)

    05.03.2022, 20:32

    Mashhur multfilmlarni sahnalashtirishda turli qiyinchiliklarni keltirib chiqargan animatsion sahnalar (video)

    04.03.2022, 20:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.