• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Umr yo‘ldoshidan ayrilgan va yana baxtini topa olgan Gollivud yulduzlari (foto)

    Mashhurlar sevgan odamlaridan ayrilishganda, bu fojiani qanday yengib o‘tishdi. Ikkinchi bor turmush qurish niyati ham bo‘lganmi?

    Pirs Brosnan

    Pirs Brosnan ko‘pchilikning fikricha, hali ham yagona va betakror Jeyms Bond va albatta, Gollivuddagi eng kelishgan aktyorlardan biri. Shunga qaramay, uni to‘la ishonch bilan oilaparvar odam deb atash mumkin, chunki uning hayotidagi ikkala nikoh ham sevgi sabab tuzilgan. Birinchi rafiqasi avstraliyalik aktrisa Kassandra Xarris Pirs Brosnan bilan fojiali voqea sodir bo‘lgunga qadar 11 yil birga yashadi — ayol tuxumdon saratoni tufayli vafot etdi.

    Pirs Brosnan va Kassandra Xarris, 1991-yil

    Pirs Brosnan va Kassandra Xarris, 1991-yil
    Foto: Legion Media

    Aktyor bu fojiani juda qiyinchilik bilan boshdan kechirdi. O‘n yil o‘tgachgina, Esquire jurnaliga bergan intervyusida boshidan o‘tganlari haqida ilk bor gapirdi. Aktyor 1994-yilda endi sevgisini topishga umid qilmay qo‘yganida to‘satdan jurnalist Kili Shey Smit bilan tanishib qoldi. Hozirda ular 20 yildan beri birga va to‘rt farzandni tarbiyalashmoqda.

    Pirs Brosnan va Kili Shey Smit, 2020-yil

    Pirs Brosnan va Kili Shey Smit, 2020-yil
    Foto: Legion Media

    Meril Strip

    Meril Strip ilk muhabbatini uchratganida 27 yoshda, Jon Kazal esa 40 yoshda edi. Aktyor bungacha “Cho‘qintirgan ota” filmida Fredo Korleone rolini o‘ynagan, yosh aktrisa esa endigina kino olamiga kirib kelgandi. Jon Kazal oilali bo‘lishiga qaramay, u va Meril Strip o‘rtasida paydo bo‘lgan his-tuyg‘ularni jilovlab bo‘lmadi.

    Meril Strip va Jon Kazal

    Meril Strip va Jon Kazal
    Foto: Legion Media

    Tez ko‘tarilish, cheksiz baxt, umumiy mashg‘ulotlar, davomli sayrlar, suhbatlar va repetitsiyalar — bu munosabatlarda baxtning cheki yo‘qdek edi. Jon ajrashish uchun ariza berib, Merilga rasman uylanmoqchi edi, ammo shifokorlar unga saraton tashxisini qo‘yishganda hammasi o‘zgardi. Jon omon qolish uchun hamma narsani qildi, sevgi unga kuch bag‘ishladi, afsuski, bu yetarli bo‘lmadi. Meril “Xolokost” filmini suratga olish ishlari bilan uchib ketdi. Qaytib kelganida esa kasallikni yengib bo‘lmasligini tushundi. O‘lim uning hayotidan sevimli odamini olib ketdi: Jonning rafiqasi aktrisani ko‘chaga uloqtirdi, narsalarini akasining o‘rtog‘i Don Gammerning uyida qoldirdi. Shunday qilib, Meril o‘zining bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan tanishdi va o‘sha yili unga turmushga chiqdi. Juftlik 30 yildan buyon u bilan baxtli yashab kelmoqda.

    Meril Strip va Don Gammer, 2018-yil

    Meril Strip va Don Gammer, 2018-yil
    Foto: Legion Media

    Jon Travolta

    1976-yilda Gollivudni endigina zabt eta boshlagan aktyor Dayana Xaylend bilan tanishdi. Aktrisa undan 16 yosh katta edi, ammo bu iliq his-tuyg‘ularning paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilmadi. Baxtli onlarga birdaniga nuqta qo‘yildi: Dayanaga davolab bo‘lmaydigan ko‘krak saratoni tashxisi qo‘yildi va u Jonning qo‘lida vafot etdi. Umrining so‘nggi kunlarida sevganining yonida bo‘lish uchun aktyor filmlarda suratga tushishdan bosh tortdi, keyin esa bu fojiani unutish uchun spirtli ichimliklarga mukkasidan ketdi.

    Jon Travolta va Dayana Xaylend, 1976-yil

    Jon Travolta va Dayana Xaylend, 1976-yil
    Foto: Legion Media

    1987-yilda suratga olish maydonchasida aktyor yoshligidanoq kumiri Jon Travoltaga turmushga chiqishni orzu qilgan Kelli Preston bilan tanishadi. Uning jozibasi va fe’l-atvorining muloyimligi boshqa qizlarga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 4 yildan keyin Jon unga turmush qurishni taklif qildi. Kelli va Jon uch farzandning ota-onasi bo‘lishdi, ammo yana bir mudhish fojia payt poylab turardi: ularning o‘g‘li tutqanoqdan vafot etdi, keyin esa eriga doimo yelkadosh bo‘lgan Kellining o‘zi ko‘krak saratoni tufayli dunyodan ko‘z yumdi.

    Jon Travolta va Kelli Preston, 2020-yil

    Jon Travolta va Kelli Preston, 2020-yil
    Foto: Legion Media

    Kianu Rivz

    Kianu Rivz har doim o‘zining sirliligi bilan mashhur bo‘lgan va hech qachon shaxsiy hayotini namoyish etish tarafdori bo‘lmagan. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor. 1999-yilda aktyor va sevgilisi Jennifer Saym farzand kutayotgani haqidagi xabar yashin tezligida tarqaldi. U aktrisa bilan juda nozik munosabatlarga ega edi, bu xabardan muxlislarning quvonchi chegara bilmasdi. Ammo bola o‘lik tug‘ildi va atigi 2 yil o‘tgach, Jennifer Saym avtohalokatda vafot etdi. Bu ikki fojia Kianu Rivzning hayotiga juda qattiq ta’sir qildi, qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, o‘sha vaqtlarda u o‘zini tuta olmay qolgan. Shunga qaramay aktyor yan bir bor sevish baxtiga muyassar bo‘ldi: 2017-yilda rassom Aleksandra Grant bilan tanishdi, 2 yildan so‘ng esa ularning mustahkam do‘stligi muhabbatga aylandi. Oshiq juftlik qizil gilamlarda va ijtimoiy tadbirlarda birga paydo bo‘la boshladi.

    Kianu Rivz va Aleksandra Grant, 2019-yil

    Kianu Rivz va Aleksandra Grant, 2019-yil
    Foto: Legion Media

    Jo Bayden

    Bugun Jill Bayden Qo‘shma Shtatlarning birinchi xonimi, u Jo Baydenga 30 yil oldin — 1977-yilda turmushga chiqqan. Hozirda amerikalik siyosatchining Jilldan oldin boshqa xotini — Neiliya Bayden, to‘g‘rirog‘i Neiliya Xanter bo‘lganini kam odam eslaydi. Bayden birinchi rafiqasi bilan universitetda tanishgan. Quyosh nurlari ostidagi go‘zallikni ko‘rgan yigit darrov sevib qoladi. Aloqalar juda tez rivojlandi, Jo Bayden Neiliyaning oilasi tomonidan iliq kutib olinadi va 1966-yilda yoshlar turmush qurishdi. Yangi turmush qurgan oilada uch nafar farzand dunyoga keldi, Jo Bayden siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanar, Neiliya esa maktabda dars berardi.

    Ular baxt va sevgidan masrur edilar, ammo Rojdestvodan bir hafta oldin dahshatli voqea sodir bo‘ldi: Neiliya farzandlari bilan Rojdestvo archasini tanlashga ketishayotganda avtohalokatga uchraydi. Neiliya va qizi voqea joyida vafot etadi. Ushbu fojiadan qutulish oson bo‘lmaydi, ammo bir muncha vaqt o‘tgach, Jo Bayden turmush qurish taklifini bildirgan qiz bilan uchrashadi — siyosatchi hayotida Jill bilan tanishuvi shunday boshlanadi.

    Jo Bayden va Jill Bayden, 2021 yil

    Jo Bayden va Jill Bayden, 2021 yil
    Foto: Legion Media

    Mavzuga doir: 

    • Saraton — hammasi tamom, degani emas: Onkologik kasalliklarni yengishga muvaffaq bo‘lgan mashhur shaxslar
    • “Yashashni istamayman, kuchim yetmaydi”. “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” filmi yulduzi Barbara Brilskaga atalgan taqdirning ayanchli “hazillari”
    • Farzandlariga og‘ir kasallik tashxisi qo‘yilgan mashhur ota-onalar (foto)

    15.03.2022, 16:43   Izoh (0)   35640
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemir turmushga chiqmoqda

    15.03.2022, 14:55

    Birgina qo‘shig‘i ortidan umrining oxirigacha yetadigan daromad olgan yulduzlar (video)

    15.03.2022, 12:58

    Instagram: Egizak nevarali bo‘lgan Saida Rametova, Kaniza Tashkent City’dan uy olganidan afsusda, Muqaddas Yigitalidan “kaltak yedi”

    14.03.2022, 22:40

    BAFTA-2022: Taqdirlash marosimida barchaning e’tiborini tortgan obrazlar (foto)

    14.03.2022, 16:36

    Kimligini eslay olmaydi: Alsgeymer kasalligiga chalingan mashhur insonlar (foto)

    14.03.2022, 14:58

    “Sovchi kelganida istihora namozini o‘qiganman”. Aziz Rametovning rafiqasi aktyor bilan qanday tanishgani haqida so‘zlab berdi (video)

    14.03.2022, 11:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.