Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkmanistonda 12-mart kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan oldingi prezidentlik saylovlarida Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov g‘alaba qozondi — u 72,97 foiz ovoz to‘plagan. Bu haqda mamlakat Markaziy saylov komissiyasi e’lon qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Turkmanistondagi saylovlarda jami 9 nafar nomzod ishtirok etgan. Serdar Berdimuhamedovdan tashqari yana 8 nomzod qayd etgan natijalar:

  • Iqtisodiy maktab direktori Perxat Guvanchguliyevich Begenjov — 2,02 foiz;
  • Mariy viloyati hokimining o‘rinbosari Og‘ajon Bukmiradov — 7,22 foiz;
  • “Аwаzа” sanatoriysi bosh shifokori, Turkmaniston Majlisi deputati Berdimammet Xanmamedovich Kurbanov — 2,22 foiz;
  • “Wepaly gurluşyk” qishloq xo‘jaligi rahbari Meredov Babamurat Tirkeshovich — 1,08 foiz;
  • Turkman jismoniy madaniyat va sport instituti prorektori Xidir Kakabayevich Nunnayev — 11,09 foiz;
  • Turkmaniston demokratik partiyasi Toshhovuz viloyati Saparmurod Turkmanboshi etrapi qo‘mitasi rahbari Maksat Miradovich Odeshov — 1,15 foiz;
  • Axal viloyati Babadayxon etrapi sanitar-epidemiologik xizmati rahbari Maksatmurad Ashirgeldiyevich Ovezgeldiyev — 1,16 foiz;
  • Turkmaniston davlat energetika instituti “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” ishlab chiqarish markazi direktori Kakageldi Atajanovich Sariyev — 1,09 foiz ovoz olgan.
Markaziy saylov komissiyasi raisi Gulmurad Muradov prezidentlik saylovi natijalarini 14-mart kuni e’lon qilish rejalashtirilganini aytgandi. “Turkmenistan segodnya” davlat axborot agentligining ma’lum qilishicha, shu kuni Markaziy saylov komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazilib, unda “ijtimoiy-siyosiy aksiya”ning muvaffaqiyatli yakunlangani muhokama qilingan. Biroq saylov natijalari o‘sha kuni emas, 15-mart kuni e’lon qilindi.

Turkmanistondagi prezidentlik saylovlarida 97,12 foiz saylovchi ovoz bergan. Ovoz berish uchun jami 3 million 435 ming 950 nafar saylovchi ro‘yxatdan o‘tgan va 2577 ta saylov uchastkasi tashkil qilingan.

Turkmaniston prezidenti vazifasini bajaruvchi Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxoboddagi Annaniyoz Ortiq nomidagi 68-maktabda tashkil qilingan saylov uchastkasida ovoz bergan edi.

Turkmanistonda prezidentlikka nomzod bosh vazir o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov esa oilasi bilan saylov uchastkasiga bobosi Malikguli Berdimuhamedovning VAZ-2107 mashinasida kelgandi.

Eslatib o‘tamiz, 11-fevral kuni Turkmaniston parlamenti oliy palatasining navbatdan tashqari yig‘ilishida mamlakatni 15 yildan beri boshqarib kelayotgan Gurbanguli Berdimuhamedov rahbarlikni yoshlarga topshirish va faoliyatini Xalq maslahati raisi sifatida davom ettirish niyatini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?