• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda kuzatilayotgan tinimsiz yog‘ingarchilik qishloq xo‘jaligi ekinlariga qanday ta’sir qiladi?

    AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xo‘jayeva O‘zbekistonda kuzatilayotgan tinimsiz yog‘ingarchilik qishloq xo‘jaligi ekinlariga qanday ta’sir qilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zgidrometeorologiya ma’lumotlarga ko‘ra, mart oyining ilk 15 kunligida ketma-ket yog‘ingarchiliklar bo‘lishi hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida 12-15 millimetr, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 18-20 millimetr, respublikaning qolgan hududlarida 20-40 millimetr, tog‘li va tog‘oldi hududlarda 50-60 millimetrdan ortiqroq yog‘ingarchilik kuzatilgan.

    Ma’lum qilinishicha, yog‘ingarchilik miqdorining ko‘p bo‘lishi boshoqli donga berilgan azotli, fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlarning to‘liq o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilishi hamda tuproqda namlik zaxirasi to‘planishi, parvarishlanayotgan boshoqli don ekinlari hamda lalmikor hududlardagi qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘sishi va rivojlanishiga, shuningdek, tuproqda namlikning yetarli bo‘lishi va havo haroratining past bo‘lishi, boshoqli don ekinlarining qo‘shimcha poya hosil qilishiga sabab bo‘ladi.

    Bundan tashqari, tuproqning haydov qatlami namga to‘yinadi, g‘alla maydonlarining har gektariga bir marta sug‘orish uchun sarflanadigan 750-900 metr kub suv iqtisod qilinadi. Buning hisobiga suv omborlariga yillik iste’mol uchun suv zaxiralari yig‘iladi.

    Shu bilan birga, g‘alla maydonlarida erta bahorgi azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirilgan bo‘lsa, rivoji tezlashadi, ammo ozuqa yetarli bo‘lmagan maydonlarda g‘alla nihollarining rivoji susayadi hamda unib o‘sishga quvvat yetmaganidan sarg‘ayib ketish ehtimoli mavjud.

    Erta bahorda havoning nisbiy namligi 60 foizdan yuqori bo‘lib, o‘rtacha kunlik havo harorati 7-15 daraja iliq bo‘lganda, sariq zang kasalligi, agar ushbu namlikda o‘rtacha kunlik havo harorati 15-25 daraja bo‘lganda esa, qo‘ng‘ir zang kasalligi keng tarqalishiga sharoit yaratiladi. Seryog‘in kelgan yillarda g‘allazorlarda zamburug‘li kasalliklar (sariq va qo‘ng‘ir zang, un shudring, septorioz, ildiz chirish) keng tarqalishi ko‘p yillik tajribalarda kuzatilgan. Yetarli namlik va nisbatan issiq ob-havo g‘allazorlarda begona o‘tlarning jadal rivojlanishiga olib keladi.

    Tinimsiz yog‘ingarchilik kuzatilganda boshoqli don yetishtirishda g‘alla maydonlarida sug‘orishni tartibga solish lozim. Agarda sug‘orishga e’tiborsizlik qilinadigan bo‘lsa, dala sharoitida namlik yuqori bo‘lib, g‘alla maydonlarida zamburug‘li kasalliklar va turli xil begona o‘tlarning rivojlanishiga imkon yaratiladi.

    Sizot suvlari yaqin joylashgan hamda havoning nisbiy namligi yuqori bo‘lgan hududlarda kasalliklarning oldini olish uchun doimiy kuzatuv ishlari olib boriladi.

    Respublika hududlarida bugungi kun sharoitida g‘allachilikdagi zararning oldini olish maqsadida zang va boshqa kasalliklarga, begona o‘tlarga hamda zararkunanda hasharotlarga qarshi kimyoviy kurashish uchun 1,5-2-marta to‘liq ishlov berishga yetarli kimyoviy vositalar zaxirasi yaratilgan. Dalaga chiqish imkoniyati bo‘lishi bilan g‘alla maydonlarida to‘liq profilaktik ishlov berish ishlari amalga oshiriladi.

    Shuningdek, tuproqda namlikning me’yordan ko‘p to‘planishi chigit ekiladigan maydonlarda tuproqning namlik rejimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, chigit ekish uchun kuzda shudgor qilib qo‘yilgan maydonlarda yerda namlik zaxirasi oshib, chigitni tuproqning tabiiy namligida undirib olish imkonini beradi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining 440 ming gektardan ortiq sho‘ri yuviladigan paxta maydonlarida bahorgi yog‘in-sochin suvlaridan sho‘r yuvish ishlarida foydalanish yaxshi samara beradi. Bunda, tuproqning mexanik tarkibi va yerlarning sho‘rlanish darajasidan kelib chiqib, sho‘r yuvish uchun olingan pollar yomg‘ir va sel suvlari bilan to‘lib, qariyb bir martagacha sho‘r yuvish uchun sarflanadigan daryo suvlarini tejalishiga erishiladi.

    Bundan tashqari, respublika bo‘yicha 332 ming gektar pushta olib, nam suvi berib chigit ekiladigan Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Jizzax, Farg‘ona, Samarqand va Navoiy viloyatlari hududlarida kuzda va erta bahorda olib qo‘yilgan pushtalar yomg‘ir suvi bilan to‘lib, tabiiy namlik zaxirasi yaratiladi.

    Lekin ketma-ket yog‘in yog‘ishi hisobiga bahorgi dalada bajariladigan agrotexnik tadbirlar yer tekislash, pushta olish, pushtani sug‘orish, ekish oldi yerga ishlov berish (boronalash) va ekish ishlari maqbul muddatlardan kechikadi:

    • bunday paytlarda chigit ekishda dehqon va fermerlar, ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan olim va mutaxassislar tavsiyalariga hamda ilg‘or tajribalariga tayangan holda ishlarni tashkil qilishlari kerak bo‘ladi;
    • paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ushbu yog‘ingarchiliklardan keyin har bir hududning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olib chigit ekishga yer tayyorlash va chigit ekishni optimal muddatlarda hamda sifatli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratishlari lozim;
    • bahorning iliq kunlarida chigit ekish ishlari bir kunga kechiktirilsa, tuproqning 1 sm dagi namligi, agar 3-4 kunga kechiktirilsa 3-4 sm qatlamidagi namlik ko‘tarilib (bug‘lanib) ketadi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada barcha toifa xo‘jaliklarida jami 337 ming gektar bog‘lar va 182 ming gektar uzumzorlar mavjud. Tinimsiz har kuni yog‘ayotgan yomg‘ir bugungi kunda gullash fazasiga kirgan o‘rik, shaftoli, bodom bog‘lari hosildorligiga zarar yetkazmaydi. Faqat changlanish muddatini sekinlashtirishi mumkin. Qolgan mevali bog‘larimiz bugungi kunda gullash fazasida emasligi sababli zarari kuzatilmaydi.

    “2020–2021-yilda yangi barpo etilgan 88 ming gektar mevali bog‘lar va 75 ming gektar uzumzorlarga tuproqdagi namlik hisobiga ildiz tizimi yaxshi rivojlanishiga katta foydasi bor. Ayniqsa, lalmi yerlarda parvarishlanayotgan bog‘larning yerosti suvlarining zaxirasi ta’minlanadi”, — deyiladi xabarda.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda mart oyi boshlaridan buyon yomg‘irli ob-havo davom etmoqda. Yog‘ingarchilikdan hosil bo‘lgan suv oqimi Qamchiq va Taxtaqoracha dovonlarida avtomobil yo‘lining bir qismini o‘pirib tushishiga sabab bo‘ldi. Muttasil yog‘ingarchilik sabab Buxoro shahridagi XVI asrga oid “Talipoch qal’a darvozasi” chap tomonidagi qal’a devorining bir qismi o‘pirilib tushdi. Bunday ob-havo Farg‘onaning Marg‘ilon shahrida madaniy meros obyekti hisoblanmish Safed to‘da masjidi devorining bir qismi o‘pirilib tushishiga ham olib keldi.

    “O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, hafta oxirlariga borib ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

    15.03.2022, 12:40   Izoh (0)   50972
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukrainadan Polsha orqali evakuatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari soni 5,8 ming kishidan oshdi

    15.03.2022, 12:16

    Buxorodagi tug‘ruqxonada egizak farzandlarini dunyoga keltirgan 23 yoshli ayol vafot etdi

    15.03.2022, 11:45

    O‘zbekistonda 2021-yilda qancha talabaning kirish imtihonlaridagi ballari soxtalashtirilgani ma’lum qilindi

    15.03.2022, 11:30

    O‘zbekistonning 11 ta hududida so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilmadi

    15.03.2022, 10:52

    Yakkalangan odamlar, 30 kishilik to‘ylar, karantinda o‘tgan kunlar. O‘zbekistonda koronavirus kasalligi aniqlanganiga ikki yil to‘ldi

    15.03.2022, 10:26

    O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi

    15.03.2022, 10:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.