Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi hovli kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot auksionga jinoyat ishlari bo‘yicha sud hukmi bilan Mirzo Ulug‘bek tumani MIB tomonidan joylashtirilgan. 2 qavatli uy 10 xonadan iborat.
Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,13 gektar. Binoning maydoni — 839 kvadrat metr. Hovlida gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya mavjud.
Lot izohida yozilishicha, xonadonda fuqarolar istiqomat qiladi.
Auksionga qo‘yilgan hovlining boshlang‘ich bahosi — 10 mlrd so‘m. Arizalar 24-mart 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Toshkentda MIB tomonidan auksionga qo‘yilgan hovli boshlang‘ich bahosidan ikki barobar arzonga sotilgani haqida xabar qilingan edi.
Izoh (0)