Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15-martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 34,97 so‘mga ko‘tarilib, 11 033,03 so‘mni tashkil qildi. Yevro 53,80 so‘mga ko‘tarilib, 12 116,47 so‘m bo‘ldi. Rubl 3,02 so‘mga ko‘tarilib, 97,81 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 40,70 so‘mga ko‘tarilib, 10 998,06 so‘mni tashkil qilgandi. Tijorat banklarida esa 14-mart kuni dollar kursi 11 050 so‘mdan oshdi. Hisob palatasi prognoziga ko‘ra, 2022-yilda ushbu valyuta kursi 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin.
Izoh (0)