• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sobiq sudya jinoiy guruh a’zosi sifatida sudlanmoqda. U avval pora bilan qo‘lga tushgan, Koreyada firibgarlik qilgani uchun qamalgan

    “Daryo” nashri uch yil avval Profelite IMP xususiy bandlik agentligi tomonidan 300 nafar fuqarolarni chet elga ishlash uchun yuborishi aytib, amalda hech qayerga yubormagani va juda ko‘p miqdordagi pullarni o‘zlashtirib yuborgani haqida material tayyorlagan edi. Shundan so‘ng agentlik direktori Ibrohim Jonuzoqov va sheriklariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ibrohim Jonuzoqov tergov jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga firib berib, issiz yo‘qolgan va qidiruvga berilgan. Oradan ikki yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, u haligacha topilgani yo‘q.

    Ibrohim Jonuzoqov

    Ibrohim Jonuzoqov
    Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

    Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining “Daryo” ma’lum qilishicha, agentlikning yana bir mansabdori N.J. 2021-yilning oktabr oyida O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan va tergov harakatlari olib borilgan. Tahririyatga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, N.J. agentlik direktori Ibrohim Jonuzoqovning otasi. U avval sudya sifatida, keyinroq bir muddat advokat sifatida faoliyat yuritgan.

    Departament tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, Profelite IMP xususiy bandlik agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bandi va boshqa moddalar bilan yuritilgan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

    Jinoyat ishi hujjatlariga ko‘ra, 2016—2019-yillar davomida Ibrohim Jonuzoqov, N.J. va M.Ochilov Profelite IMP xususiy bandlik agentligini tashkil etib, fuqarolarni Polsha, Germaniya va Koreya davlatlariga ishga jo‘natishligini va’da qilgan. Jami 300 nafar fuqaroni aldab, juda ko‘p miqdordagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan egallagan. Pullarni naqd pul ko‘rinishida jamiyat balansiga kirim qilmasdan qabul qilib, shaxsiy manfaatlariga ishlatgan.

    Mazkur jinoyat ish 2019-yilning sentabr oyida Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ibrohim Jonuzoqovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” (ancha miqdorda firibgarlik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davrida Ibrohim Jonuzoqov va N.J.ga nisbatan sirtdan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda qidiruvga berilgan.

    Agentlik mansabdorlaridan bir M.Ochilov 2020-yilning sentabr oyida Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) va 228-moddasi “a,b” (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish – takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib) bandlari bilan aybdor deb topilib, 8 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilgan. Sud hukmiga asosan 300 nafar jabrlanuvchiga nisbatan yetkazilgan moddiy zarar AQSh dollarining hukm chiqarilgan vaqt bo‘yicha so‘mga nisbatan qiymati 10 milliard 5 million so‘m sifatida qayta hisoblanib, ushbu moddiy zarar aybdor shaxsdan undirish belgilangan.

    Qidiruvda bo‘lgan ayblanuvchi N.J. 2020-yilda sentabr oyida Janubiy Koreyaning Suvon shahrida firibgarlik va boshqa jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganligi aniqlangan.

    Ayblanuvchi N.J. Koreyadan keltirilib, 2021-yilning oktabr oyida dastlabki tergov qayta tiklanib, u bilan bog‘liq tergov harakatlari olib borilgan. N.J. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” (juda ko‘p miqdorda, xizmat mavqeyidan foydalanib firibgarlik) bandlari va 228-moddasi 2-qismi “a,b” (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish – takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib) bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. N.J.ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tomonidan mazmunan ko‘rib chiqilmoqda.

    Ushbu ish bo‘yicha Toshkent shahar sudi matbuot xizmatining “Daryo” so‘roviga bergan javobiga ko‘ra, sudlanuvchi N.J. o‘zining harakatlarini ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglab yetib, xizmat mavqeyidan foydalanib, uyushgan guruh tomonidan va uning manfaatlarini ko‘zlab, aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini takroran qo‘lga kiritishda ifodalangan firibgarlik, shuningdek, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, takroran hujjatlarni qalbakilashtirish, hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish jinoyatlarini quyidagi holatlarda sodir etish yo‘liga kirgan.

    “Sudlanuvchi Profelite IMP xususiy bandlik agentligi mas’uliyati cheklangan jamiyatlarni tashkil qilgan. Ishga joylashish bo‘yicha murojaat qilib kelgan fuqarolarga Koreya, Polsha va boshqa davlatlarga ishga yuborish haqidagi va’dalar berib, xorijiy davlat korxonalari bilan tuzilgan O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish va xizmat ko‘rsatish haqidagi soxta shartnomalarni ko‘rsatish orqali fuqarolarning ishonchiga kirgan. Ammo amalda biror-bir fuqaroni ishga jo‘natishni maqsad qilmasdan, har bir fuqarodan taklif etilgan davlatdagi ishdan kelib chiqqan holda 32 million so‘mdan 50 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda pul mablag‘larini agentlikning bank hisob raqamiga kirim qilish va kirim qilmaslik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

    Ushbu fuqarolarni hech qayerga ishga yubormasdan, ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishining oldini olish va vaqtni cho‘zish uchun fuqarolardan o‘zlashtirilgan pullar evaziga vujudga kelgan majburiyatlarni keyingi tashkil etilgan xususiy bandlik agentligi orqali hal qilishga ishontirib kelgan.

    Jinoyat natijasida jami 300 nafar jabrlanuvchiga 974 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan”, – deyiladi sud axborotida.

    Tergov departamentining qo‘shimcha qilishicha, ayblanuvchi Ibrohim Jonuzoqovga nisbatan xalqaro qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, keng qamrovli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    12.03.2022, 10:29   Izoh (0)   33377
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukraina elchixonasi O‘zbekistonda Rossiya telekanallarini bloklashni so‘radi

    12.03.2022, 10:08

    O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyiga fotosayohat

    12.03.2022, 09:37

    Qamchiq dovoni qor ko‘chishi xavfi sabab yopildi

    12.03.2022, 09:28

    Ichan qal’ada o‘rta asrlar ijtimoiy hayotini aks ettiruvchi haykallar o‘rnatildi (foto)

    12.03.2022, 09:07

    Samarqandda kelishmovchilikni mushtlashuv orqali hal qilishga uringan guruhlar qo‘lga olindi

    12.03.2022, 08:45

    Muzlagan ko‘ldagi poyga, uya qurayotgan qush, Nyu-York tepasidagi “Betmen”. 11-mart suratlari

    12.03.2022, 00:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.