• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Tarixiy yutuq: Cotton Campaign o‘zbek paxtasiga e’lon qilingan boykotni bekor qilishi nimani bildiradi?

    Avvalroq xalqaro Cotton Campaign koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga qo‘yilgan boykotni olib tashlagani haqida xabar berilgan edi.

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi buni tarixiy hodisa deb baholadi.

    Ushbu boykot qanday paydo bo‘lgan va O‘zbekistonda endi nimalar o‘zgaradi — “Daryo” sharhida.

    Foto: Cotton Campaign

    Foto: Cotton Campaign

    Cotton Campaign o‘zi nima?

    Bu mehnat va inson huquqlarni himoya qiluvchi tashkilotlar, sarmoyadorlar va biznes tashkilotlarning xalqaro koalitsiyasi. Asosiy maqsad – paxta yetishtirishda majburiy va bolalar mehnatiga barham berish. U o‘z faoliyatini 2007-yildan boshlagan. Cotton Campaign deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda yuqori nufuzga ega mustaqil koalitsiya hisoblanadi.

    O‘zbekiston paxtasiga qo‘yilgan taqiq qachon va qanday paydo bo‘lgan?

    O‘zbekistonda ko‘p yillar mobaynida paxta yetishtirishda majburiy va bolalar mehnatidan foydalanib kelingan. Faollar mutasaddilarga qayta-qayta murojaat qilishgan, ammo vaziyat o‘zgarmagan.

    Shunda ular boshqacha yo‘l tutishdi va 2009-yili o‘zbek paxtasiga boykotni talab qiluvchi petitsiyani e’lon qilishdi.

    Faollar shu yo‘l bilan xalqaro hamjamiyat e’tiborini jalb qilish va O‘zbekiston rasmiylariga ta’sir o‘tkazishga umid qilishgan edi va buning uddasidan chiqishdi – kompaniyalar o‘zbek paxtasidan har qanday shaklda bosh torta boshladi.

    Bir yil o‘tgach, boykotga 60 dan ortiq kompaniyalar, jumladan, Walmart Inc., Burberry Group PLC, The Gap Inc. va The Walt Disney Co. qo‘shildi. 2022-yilga kelib o‘zbek paxtasini 331 ta brend boykot qildi. 

    Boykot O‘zbekistonga qanday ta’sir qildi?  

    Salbiy. Kiyim-kechak ishlab chiqarish bo‘yicha jahonning eng yirik kompaniyalari o‘zbek paxtasini sotib olishdan bosh tortdi va O‘zbekiston bilan aloqalarni butunlay uzdi.

    Birgina oddiy misol – 2010-yili boykot ishtirokchilari 60 tani tashkil qilganda O‘zbekiston 2,5 mln toy paxta eksport qilgan edi. 2019-yilga kelib esa ishtirokchilar soni 300 dan oshdi, paxta eksporti 700 ming toygacha qisqardi.

    AQSh, Yevropa va Kanada kabi yirik bozorlar O‘zbekiston paxta eksporti uchun yopildi va boykot o‘z samarasini berdi, — deya izoh beradi mingdan ortiq brendlarni o‘z ichiga olgan Amerika kiyim va poyabzal assotsiatsiyasi yetkazib berish zanjirining katta vitse-prezidenti Neyt Xerman.

    Quyidagi grafikda O‘zbekistonga qilingan bosim qanchalik kuchaygani va bu paxta eksportiga qanday ta’sir qilganini ko‘rish mumkin:

    Rasm: S&P Global Market Intelligence

    Rasm: S&P Global Market Intelligence

    Bularning barchasi eksport hajmiga, mamlakatga kiritiladigan sarmoyalar va valyuta tushumiga, yangi korxonalar va ish o‘rinlarini yaratishga hamda aholi turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 

    Boykot nima uchun olib tashlandi?

    2017-yili O‘zbekiston boykotni bekor qilish bo‘yicha faol harakat boshladi. Bu keng ko‘lamli ishga aylandi – majburiy mehnatdan foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy qilindi, paxta yetishtirish uchun kvotalar bekor qilinib,  terimchilarning ish haqi sezilarli darajada oshirildi.

    Besh yil ichida mamlakat ommaviy majburiy mehnatdan uni tag tomiri bilan yo‘q qilishga o‘tdi. 2021-yilgi hosil mavsumida “O‘zbekiston inson huquqlari forumi” 2009-yildan beri birinchi marotaba tizimli majburiy mehnat yo‘q qilinganini tasdiqladi.

    Cotton Campaign tarixga aylangan ushbu muvaffaqiyatni o‘zbek fuqarolik jamiyati faollari, xalqaro huquq faollari va transmilliy brendlarning ko‘p yillik mashaqqatli mehnati hamda O‘zbekiston hukumatining bu ishga qattiq bel bog‘lagani natijasi ekanini qayd etadi. 

    Cotton Campaign a’zolari prezident Shavkat Mirziyoyevning tarixiy islohotlarni boshlab berish va amalga oshirishdagi ahamiyatini yuksak baholaydi. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning so‘zlariga ko‘ra, prezident shunday degan edi:

    Majburiy mehnat o‘rniga, men umuman paxta yetishtirmaslikni ma’qul ko‘rgan bo‘lardim.

    O‘zbekiston hukumati ham hosilni mexanizatsiyalashgan holda yig‘ishtirib olishni kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda. Paxtani eksport qilish o‘rniga, tolani o‘zimizda ishlatib, 2025-yilgacha 20 mlrd dollarlik tayyor mato va kiyim-kechak ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Masalan, hozirda ushbu ko‘rsatkich 2 mlrd dollarni tashkil etadi. 

    Endi nimalar o‘zgaradi?

    Cotton Campaign O‘zbekiston yangi zamonaviy jihozlar hamda yetkazib berish zanjirining to‘liq ko‘rinishini va kuzatilishini taklif etuvchi paxta to‘qimachiligi uchun jozibador manba mamlakatga aylanish salohiyatiga ega ekanligini ta’kidladi. 

    AQSh Moda sanoati assotsiatsiyasida brendlar va riteylerlardan O‘zbekistondagi ta’minotchilarni tanlash imkoniyatlariga yangidan nazar solish so‘raldi. Boshqa tashkilotlar ham xuddi shunday yo‘l tutishdi.   

    O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoati aholi bandligining yetakchi sektorlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish sohasining o‘zida deyarli 7 000 ta korxonaga 200 mingdan ziyod ishchi xodimlar to‘g‘ri keladi.

    So‘nggi besh yilda qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarimiz samarasini berib, Cotton Campaign kuni kecha O‘zbekistonni qora ro‘yxatidan chiqardi. Bu ham biz uchun juda katta imkoniyat, yangi bozorlar degani. Buning hisobiga iste’mol mahsulotlarining xomashyosini olib kelib, ularni qayta ishlash orqali qo‘shimcha 1,5 mlrd dollarlik mahsulotni bemalol eksport qilsa bo‘ladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘zbek paxtasiga boykotning bekor qilinishi ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlari eksportining umumiy hajmini ikki baravar oshirishi mumkin. Kelajakda bu yerda jahonning yetakchi brendlaridan kiyim-kechak ishlab chiqaradigan fabrikalar paydo bo‘lishi ham mumkin.

    Cotton Campaign’ning qayd etishicha, erishilgan katta yutuqlarga qaramay, O‘zbekistonda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan majburlash va aralashish holatlari, shuningdek, ma’lum majburiy mehnat holatlari hanuzgacha uchrab turadi. Boykot bekor qilingandan keyin ham majburiy va bolalar mehnatini yo‘q qilish ishlari davom etmoqda. 

    11.03.2022, 16:37   Izoh (0)   20871
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukrainadan oziq-ovqat importi to‘xtatildi. O‘zbekiston nima sotib olar edi?

    10.03.2022, 20:10

    “Eron sindromi”: xalqaro izolyatsiya Rossiya iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishi mumkin?

    10.03.2022, 17:24

    Qanday qilib Yevropa gaz masalasida Rossiyaga qaram bo‘lib qolgan?

    10.03.2022, 17:07

    Yevropaliklar va amerikaliklar O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar orqali Rossiyani tark etmoqda

    09.03.2022, 19:19

    Rossiyadagi vaziyat sabab O‘zbekistonga soya solayotgan uchta eng katta xavf ma’lum bo‘ldi

    04.03.2022, 16:07

    Rossiyada pul o‘tkazmalariga va valyuta olib chiqishga cheklov qo‘yildi. O‘zbekistonlikar uchun nimalar o‘zgardi?

    03.03.2022, 19:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘iziston O‘zbekiston bergan yirik yer uchastkalarini davlat mulkiga oldi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 17:05

    CAFA Nations Cup-2025. O‘zbekiston terma jamoasining raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 16:47

    Toshkentda tez yordam ko‘chada yurak xuruji bilan yotgan erkak olib ketmagani yuzasidan izoh berildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 16:45

    Italiyalik mexanik dunyodagi eng tor avtomobilni ishlab chiqdi (foto)

    Avto | 3 iyul, 16:25

    O‘zbekistonda dollar yana pastladi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 16:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.