• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Dadam ovozimni eshitib, yig‘lab yuborgan”. Toshkent metrosining doimiy yo‘lovchilariga yod bo‘lgan ovoz egasi Muslima Murodova bilan suhbat

    “Ehtiyot bo‘ling, eshiklar yopiladi, keyingi bekat... Hurmatli yo‘lovchilar, iltimos, yosh bolali, nogiron va yoshi katta yo‘lovchilarga joy bering”. Ushbu jumlalar bilan yangraydigan e’lon-ogohlantirishni Toshkent metrosiga bir marta tushgan yo‘lovchi ham yodlab olishi tayin. Ovoz sohibasi kim ekaniga qiziqadiganlar esa ko‘pchilik bo‘lishi mumkin. “Daryo” muxbiri 15 yildan beri ovozi metroda jaranglaydigan suxandon, “O‘zbekiston” radiosi boshlovchisi Muslima Murodova bilan suhbatlashdi.

    — Metroda ovozingizning yangrayotganiga necha yil bo‘ldi? E’lonni o‘qish uchun suxandonlar o‘rtasida kasting bo‘lib o‘tganmi? Hammasi nimadan boshlangan edi?

    — Metrodagi ovozimning yozib olinganiga shu yilning iyun oyida 15 yil bo‘ladi. Ungacha “O‘zbekiston” radiosining diktorlar guruhida faoliyat yuritgan ustozlarimiz: Tuhfa Ahmedova, Ra’no Dehqonova hamda Manzura Ahmadaliyevalarning ovozi yangragan.

    Metropolitenning mas’ul xodimi radioga kelib, bir qancha diktorlarning ovozini eshitib ko‘rgan. Hamkasbimiz Shuhrat aka Oripovning taklifi bilan men ham kichik kastingda qatnashganman. Shu tariqa ovozim ularga ma’qul kelib, metroning 3 ta liniyasidagi barcha bekatlar uchun e’lon o‘qiganman. Adashmasam, 37 ta bekat edi. Keyinchalik yangi liniyalar ochildi, ularga boshqalar e’lon o‘qigan. Bugungi kunda ikkita liniyada ovozim qolgan.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    — Yo‘lovchi sifatida metrodan tez-tez foydalanasizmi? Qaysidir bekatga tushganda ovozingizni eshitib, nimalarni his qilasiz?

    — Azaldan metroda yurishni yoqtiraman. Deyarli har kuni tushib turaman. Boshida ovozimni eshitib, hayajonlanganman. Yillar o‘tgan sari bunga odatlandim.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Ovozimni eshitish uchun Surxondaryoda yashaydigan tanishlarim, sinfdoshlarim, shogirdlarim atay metroga tushib, “Ovozingizni telefonga yozib oldik, eshitib yuramiz”, — deya menga aytib berishardi. Rahmatli dadam ham atay metroga tushib, ovozimni eshitib, ko‘zlariga yosh kelgan. Onamni ham o‘zim bilan birga olib tushganman.

    Ayrim tanishlarim qo‘ng‘iroq orqali gaplashganimizda “O‘zingizni ko‘rmaganimga ancha bo‘ldi, lekin kunora metroda siz bilan g‘oyibona salomlashyapman”, deyishardi (kuladi).

    — Oxirgi paytlarda metro yo‘nalishlari, bekatlari soni ko‘payib bormoqda. Lekin ularda boshqa ovozni eshityapmiz. Nima sababdan yangi liniyalardagi e’lonlarni siz o‘qimadingiz?

    Muslima Murodova ustozlari va hamkasbi bilan

    Muslima Murodova ustozlari va hamkasbi bilan
    Foto: Muslima Murodovaning shaxsiy arxividan

    — Bunga javobni metropoliten mas’ullaridan so‘rash kerak (kuladi). Tanishlar, hamkasblar va muxlislarning ham ko‘pchiligi shuning sababini so‘raydi. Ba’zilar “Iltimos, yangi liniyalarga ham siz o‘qing”, degan gaplarni aytadi. Agar taklif tushsa, albatta, o‘qib berishim mumkin.

    — Eshitishimcha, karyerangizni o‘qituvchilikdan boshlagan ekansiz. Ta’limdan radioga o‘tishingizga nima sabab bo‘lgan?

    — To‘g‘ri, o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi bo‘lganman. Maktabda ishlab yurganimda 8-mart bayrami munosabati bilan katta tadbir o‘tkazib, unga o‘zim boshlovchilik qilganman. Bayram kechasini Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasi vakillari tasvirga olgan. O‘sha tadbirdan so‘ng kastingga taklif etishgan. 107 nafar talabgor ichidan men ham saralab olinganman. 1999-yilda televideniye sohasiga kirib keldim. Ham televideniyeda, ham radioda ishlab, tajriba orttirdim.

    Poytaxtdagi faoliyatim 2004-yildan boshlandi. “O‘zbekiston” radiosining diktorlar guruhiga suxandon sifatida ishga qabul qilishgan. Bugungi kunda qator loyihalarda boshlovchilik qilaman. Xususan, “Tungi dildosh” musiqiy kompozitsiyasi, “Yaxshi kayfiyat” tonggi eshittirish dasturi va axborot dasturlarida mikrofon qarshisida o‘tiraman.

    Foto: Muslima Murodovaning shaxsiy arxividan

    — Bir paytlar radio odamlarning ovunchog‘i bo‘lgan. Ammo so‘nggi yillarda ko‘pchilik internetda faol. Ommaning radioga nisbatan bugungi munosabatini qanday baholaysiz?

    — Bu gaplarni o‘zim ham ko‘p eshitaman. To‘g‘ri, hozir internet rivojlangan, texnika asrida yashayapmiz. Lekin radiotinglovchilar hamon bor. O‘zbekiston teleradiokompaniyasida to‘rtta radio bo‘lsa, har biri o‘zining doimiy muxlislariga ega. Mazkur radiolar 22 soat faoliyat yuritadi. Tungi efirlarimiz soat 23:00 dan 03:00 gacha davom etadi. Shu vaqt ichida ham bedor bo‘lib, eshituvchilar juda ko‘p. “Radiosiz hayotimni tasavvur qilolmayman”, deydiganlar bor. Bunday iliq va tabiiy gaplarni radio tinglagan odam har kuni eshitishi mumkin.

    — Respublika ko‘zi ojizlar jamiyati tomonidan yaratilayotgan audiokitoblarni ham o‘qib berarkansiz. Bu ishni ko‘ngilli ravishda qilasizmi yoki sizni hamkorlikka taklif etishadimi? 

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    — “O‘zbekiston” radiosiga ishga kelgunimga qadar ko‘plab diktorlar ko‘zi ojiz insonlar uchun audiokitoblar o‘qigan ekan. Keyin meni ham taklif qilishgan. Mutolaani yaxshi ko‘rganim uchun ham bu ishni zavq bilan bajaraman. 17 yildan beri jamiyat bilan hamkorlikda ishlab kelyapman. O‘tgan vaqt davomida 600 ga yaqin kitob o‘qidim.

    — Bilishimcha, Denov tumanida tug‘ilib, ulg‘aygansiz. Ota-onangiz ijodkor sifatida shakllanishingizga qanday munosabat bildirgan?

    — Oilada katta farzandman. Ota-onam san’at, adabiyotni yaxshi ko‘rgan, o‘g‘il-qizlarining  ko‘ngliga hamisha qaragan. Rahmatli dadam muallimlarni juda qadrlardi, o‘qituvchilik ular uchun eng ulug‘ kasb edi. Shifokor bo‘lishimni xohlashgan, o‘zimda ham tibbiyot sohasiga qiziqish bo‘lgan. Lekin ko‘ngilchanligim sabab bu sohada ishlay olmasligimni anglab yetganman.

    Muslima Murodova onasi va nevarasi bilan

    Muslima Murodova onasi va nevarasi bilan
    Foto: Muslima Murodovaning shaxsiy arxividan

    Adabiyotga ham ishtiyoqim kuchli bo‘lgan. O‘quvchilik paytlarimda ko‘p tadbirlarga boshlovchilik qilganman. Yaqinlarim televideniye va radiodagi chiqishlarimni ko‘rib, hamisha qo‘llab-quvvatlagan. Onajonim haligacha muxlis sifatida efirlarimni eshitadi, duo qiladi.

    — Farzandlaringiz orasida ijod yo‘lini tanlaganlar bormi?

    — Ikki farzandning onasiman. O‘g‘illarimda ijodga, san’atga moyillik bor. To‘ng‘ichim O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan. Kichigi shu oliy o‘quv yurtida tahsil oladi. Ikki nafar nevaram bor.

    Loyihaning to‘liq variantini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

    Mirolim Isajonov suhbatlashdi.

    Tasvirchi va montajchi: Ilhom Xursanaliyev

    Suratga olish jarayoniga amaliy yordam bergani uchun Toshkent metropoliteni matbuot xizmatiga minnatdorchilik bildiramiz.

    08.03.2022, 13:34   Izoh (0)   154049
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.