• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Urushning 10-kuni: Evakuatsiya kelishuvi barbod bo‘ldi. Putin harbiy operatsiya nima uchun faqat Donbass bilan cheklanib qolmaganini tushuntirdi (foto)

    Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyasi” o‘n kundan buyon davom etmoqda. Ukraina janubi-sharqidagi qamal qilingan hududlardan tinch aholini evakuatsiya qilish uchun tomonlar 5-mart kuni “sukunat rejimi” joriy etishga kelishib olgandi. Ammo kechga yaqin ikki tomon bir-birini rejimni buzganlikda aybladi. Ukraina Rossiya Mariupol va uning atrofini o‘qqa tutishda davom etayotgani haqida xabar qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy operatsiyaga qayta start berdi.

    Kiyevda rossiyalik asirlarning matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, Lvovda esa evakuatsiya davom etmoqda. Shahar obyektlarini o‘q va bombalardan himoyalash choralari boshlandi — tarixiy binolarning derazalari mahkamlanib, haykallar o‘tga chidamli materiallar bilan o‘raldi. Meduza urushning o‘ninchi kunida yuz bergan asosiy voqealar va fotosuratlarni taqdim etdi.

    Ukraina harbiy xizmatchilari Kiyev viloyati, Sitnyaki qishlog‘idagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida

    Ukraina harbiy xizmatchilari Kiyev viloyati, Sitnyaki qishlog‘idagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida
    Foto: Getty Images

    Gumanitar yo‘laklarni ochish to‘g‘risidagi kelishuv muvaffaqiyatsiz tugadi. 5-mart kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Moskva vaqti bilan 10:00 dan (Toshkent vaqti bilan 12:00) boshlab sukunat rejimi joriy etilgani hamda Donetsk viloyatidagi Mariupol va Volnovaxa shaharlaridan tinch aholini olib chiqish uchun gumanitar yo‘laklar ochilishi haqida ma’lum qildi. Ukraina hukumati kelishuvni tasdiqladi: Mariupoldan 200 ming, Volnovaxdan 15 ming kishini olib chiqish rejalashtirilgani haqida xabar berildi. Evakuatsiyada Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi ishtirok etishi kerak edi.

    Biroq tez orada tomonlar bir-birini kelishuvlarni buzishda ayblay boshladi. Ukraina hukumati Rossiya sukunat rejimiga rioya qilmayotgani va evakuatsiya yo‘llarini o‘qqa tutayotganini aytdi. Rossiya Mudofaa vazirligi (keyinchalik Vladimir Putinning o‘zi) “millatchilar” odamlarni shaharlardan tashqariga chiqarishmadi, deya bayonot berdi. Shu bilan birga, Ukraina rasmiylariga ko‘ra, Volnovaxani 400 kishi tark etishga muvaffaq bo‘lgan. Tomonlar yo‘nalishlar bo‘yicha kelishib olgan-olmagani hozircha noma’lum. Ukraina aholini Zaporojyega ko‘chirishni rejalashtirgan, Donetsk sharqqa (ya’ni ayirmachilar nazorati ostidagi hududga) yo‘laklar ochilishini, chunki Zaporojyega borish “xavfsiz emas”ligini ma’lum qilgan.

    Kechqurun Rossiya Mudofaa vazirligi “harbiy amaliyotlar” qayta boshlangani haqida e’lon qildi.

    Ukrainaliklar vayron bo‘lgan ko‘prik ostida to‘planib, Kiyev viloyati, Irpen daryosi orqali Irpen shahridan chiqib ketishga urinmoqda

    Ukrainaliklar vayron bo‘lgan ko‘prik ostida to‘planib, Kiyev viloyati, Irpen daryosi orqali Irpen shahridan chiqib ketishga urinmoqda
    Foto: AP Photo

    Ukraina harbiylari aholini evakuatsiya qilish chog‘ida keksa ayolni Irpen daryosidan olib o‘tmoqda

    Ukraina harbiylari aholini evakuatsiya qilish chog‘ida keksa ayolni Irpen daryosidan olib o‘tmoqda
    Foto: AP Photo

    Kun davomida Ukrainada bir qancha rossiyalik uchuvchilar qo‘lga olingani haqida xabarlar berildi. Ulardan birining samolyoti Chernigov yaqinida urib tushirilgan. Ukraina xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchi Suriyadagi harbiy amaliyotlarda qatnashgan va go‘yoki Vladimir Putin Suriya prezidenti Bashar al-Asad bilan tushgan suratda u ham bor. Boshqa uchuvchilar Nikolaev yaqinida asirga olingan.

    Rossiyalik mahbuslarning og‘ir shaklda so‘roqqa tutilayotgani aks etgan bir nechta videolar tarqalgandan so‘ng, Ukraina prezidenti ofisining maslahatchisi Aleksey Arestovich Ukraina harbiylaridan Jeneva konvensiyasiga rioya qilishni va Ukrainani urush jinoyatlarida ayblash uchun zamin yaratmaslikni talab qilib murojaat yo‘lladi.  “Biz Yevropa davlatining Yevropa armiyasimiz. Mahkumlarga vahshiylik bilan munosabatda bo‘lish qat’iyan man etiladi”, — dedi u. Ukraina harbiylariga ko‘ra, 5-mart kuni ular ikki rus samolyoti, beshta vertolyot va bir dronni urib tushirgan. Rossiya Mudofaa vazirligi kun davomida beshta Ukraina samolyoti, bir vertolyot va bir dron urib tushirilganini xabar qildi.

    Urush sharoitida u yoki bu tomonning rasmiy vakillari tomonidan tarqatilgan ma’lumotlarni qisqa vaqtda tekshirishning imkoni yo‘q.

    54 yoshli Igor Majayev uyining xarobalari orasida. Otishma natijasida Igor xotini va 12 yoshli qizini yo‘qotdi. Kiyev viloyati, Marxalevka qishlog‘i

    54 yoshli Igor Majayev uyining xarobalari orasida. Otishma natijasida Igor xotini va 12 yoshli qizini yo‘qotdi. Kiyev viloyati, Marxalevka qishlog‘i
    Foto: Getty Images

    Kiyev osmonida raketa tutunining izi

    Kiyev osmonida raketa tutunining izi
    Foto: Reuters

    Vladimir Putin Rossiyada harbiy holat joriy etish uchun hech qanday asos yo‘qligini aytdi. Aviatsiya sanoati xodimlari bilan 45 daqiqalik uchrashuvda Putin tashqi tajovuz yuz bergan taqdirda shunday bo‘lishi mumkinligini aytdi. “Ammo Rossiyada hozir bunday holat yo‘q va umid qilamanki, bo‘lmaydi ham”, — deya ta’kidladi u. Shu bilan birga, Putin uchinchi davlatlarning Ukraina osmonida parvozlarni taqiqlashga urinishlarini urushda ishtirok etish deb hisoblashini aytdi.

    Putin, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ko‘lamini tushuntirdi: uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya faqat “Donbass respublikalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv chizig‘ida turib yordam berishi mumkin edi”, ammo bu holda G‘arb “moddiy resurslar, o‘q-dorilar, jihozlar bilan cheksiz qo‘llab-quvvatlardi”.  “Shuning uchun biz boshqa yo‘ldan bordik, qilishimiz kerak bo‘lgan birinchi ish harbiy infratuzilmani qisman emas, balki butunlay yo‘q qilish edi. Asosan qurol-yarog‘, o‘q-dorilar, aviatsiya, havo hujumidan mudofaa tizimlari saqlanadigan omborlar nishonga olindi”, — dedi Rossiya prezidenti.

    Kiyevda asirga olingan rus askarlarining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Ular rossiyaliklarni Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi

    Kiyevda asirga olingan rus askarlarining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Ular rossiyaliklarni Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi
    Foto: AP Photo

    Qo‘lga olingan Rossiya texnikalaridagi Z belgisi Ukraina bayrog‘ining rangi bilan bo‘yab tashlangan

    Qo‘lga olingan Rossiya texnikalaridagi Z belgisi Ukraina bayrog‘ining rangi bilan bo‘yab tashlangan
    Foto: Reuters

    Ukrainalik ko‘ngillilar Lvovdagi kinoteatr binosida qurol bilan ishlashni o‘rganmoqda

    Ukrainalik ko‘ngillilar Lvovdagi kinoteatr binosida qurol bilan ishlashni o‘rganmoqda
    Foto: AP Photo

    Putin Rossiyaga qarshi kiritilayotgan sanksiyalarni “urush e’lon qilish”ga qiyosladi va tadbirkorlarga “maksimal iqtisodiy erkinlik”  berish, iqtisodiy jinoyatlar uchun odamlarni jinoiy javobgarlikka tortmaslik tarafdori ekanini aytdi.

    Rosaviatsiya Rossiya aviakompaniyalariga xorijga yuk va yo‘lovchi tashuvchi reyslarning barchasini to‘xtatishni tavsiya qildi. Bunga “samolyotlarning xorijda ushlab turilishi yoki hibsga olinishi xavfi yuqori ekani” sabab qilib ko‘rsatildi.  Tavsiya lizingda xorijiy kompaniyalarning samolyotlariga ega bo‘lgan aviakompaniyalarga taalluqlidir. Shundan so‘ng, Aeroflot, “Pobeda”, Azur Air (8-martdan), Nordwind va Pegas Fly (7-martdan) xorijiy reyslarni bekor qildi.

    Ayni paytda, global kompaniyalar rossiyalik mijozlar bilan u yoki bu shaklda ishlashni rad etmoqda — so‘nggi 24 soat ichida Prada, Puma, Inditex, Moody’s, Adobe, IBM, Paypal, Samsung, Electronic Arts, Rockstar Games, Airbnb, Booking, Coursera, Payoneer ushbu qarorini e’lon qilgan.

    Lvovdagi haykallar yong‘indan va tasodifiy parchalardan himoya qilish uchun o‘tga chidamli material bilan o‘ralgan

    Lvovdagi haykallar yong‘indan va tasodifiy parchalardan himoya qilish uchun o‘tga chidamli material bilan o‘ralgan
    Foto: AFP

    Mavzuga doir: Ukrainada kechayotgan urushning yettinchi kuni — suratlarda

    Kiyevdagi sharqiy front chizig‘i yaqinida turgan hududiy mudofaa otryadining a’zosi

    Kiyevdagi sharqiy front chizig‘i yaqinida turgan hududiy mudofaa otryadining a’zosi
    Foto: Getty Images

    Ukrainalik qochqinlar Kiyevni tark etmoqda

    Ukrainalik qochqinlar Kiyevni tark etmoqda
    Foto: AFP

    Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

    06.03.2022, 10:02   Izoh (0)   93741
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BMT: Ukrainadagi urushda 350 nafardan ziyod tinch aholi halok bo‘ldi

    06.03.2022, 01:05

    Qirg‘iziston Rossiya va Ukraina muzokaralari uchun maydon hozirlashga tayyorligini bildirdi

    05.03.2022, 23:15

    Rossiyada oligarxlar davri tugamoqda — Bloomberg

    05.03.2022, 21:41

    Buyuk Britaniya Rossiyadagi fuqarolaridan mamlakatni tark etishni so‘radi

    05.03.2022, 19:11

    Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketani uchirdi

    05.03.2022, 12:02

    Zelenskiy Ukrainadan qochib ketganini rad etdi

    05.03.2022, 10:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.