• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tamaddun intihosi: yadro urushi xavfi haqiqatga qanchalik yaqin va uning oqibatlari qanday bo‘ladi?

    27-fevral sanasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan olib borilayotgan urush fonida Rossiya mudofaa vaziri va bosh shtab qo‘mondoniga Rossiya to‘xtatuvchi kuchlarini maxsus jangovar navbatchilik holatiga o‘tkazishni buyurdi. To‘xtatuvchi kuchlar mamlakat yadroviy kuchlarini ham o‘z tarkibiga oladi. Bir qator g‘arb nashrlari ushbu buyruqni “yadroviy tahdid” sifatida baholadi va yadro urushi xavfi haqida gapirishni boshladi. “Daryo” kolumnisti Muhammadqodir Sobirov yadro urushi haqiqatga qanchalik yaqin va bu urush oqibatlari qanday bo‘ladi kabi savollarga javob izladi. 

    Yadro quroli nima o‘zi?

    Ko‘pchilik eshitgan yoki xabardor bo‘lsa-da, avvalo, ushbu halokatli qurol haqida ikki og‘iz gapirish shart. Yadro qurollari yadroviy reaksiyalar: parchalanish va termoyadroviy kombinatsiya natijasida hosil bo‘luvchi energiyaga asoslanadi. Bunday qurollar tayyorlashda uran va plutoniydan foydalaniladi. Plutoniy tabiatda uchramaydi va kimyoviy yo‘l bilan hosil qilinadi. Yadro qurollari ikki turga bo‘linadi: yadroviy (atom) va termoyadroviy (vodorod).

    Yadro (atom bombasi) quroli tashlangan Xirosima. 1945-yil

    Yadro (atom bombasi) quroli tashlangan Xirosima. 1945-yil
    Foto: Alamy

    Yadro quroli — o‘ta halokatli ommaviy qirg‘in qurolidir. Qurol portlaganda zarba to‘lqini, yorug‘lik emissiyasi, radiatsiya, radioaktiv ifloslanish va elektromagnit impulslari yuzaga keladi. U tashlangan hududda epitsentr paydo bo‘ladi va radiusi besh kvadrat kilometrgacha yetishi mumkin (Xirosimadagisi esa 800 metrni tashkil etgan). Epitsentrdagi jamiki nafas oluvchi jism halok bo‘lsa, portlashdan yuz kvadrat kilometrdagi hudud radioaktiv nurlanish va radiatsiya to‘lqini sabab mislsiz zarar ko‘radi. Radioaktiv nurlar va radiatsiyasi bir necha o‘n yilgacha yadro quroli portlagan hududda kuzatiladi.

    Yadro qurollari bugun dunyodagi eng qudratli va mudhish quroldir.

    Yadroviy urush xavfi

    1968-yili BMT “Yadro qurollarni tarqatmaslik to‘g‘risida” rezolyutsiya qabul qiladi. SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya kabi yadro quroliga ega va unga ega bo‘lmagan qirqqa yaqin davlat ushbu shartnomani ratifikatsiya qilgach, shartnoma xalqaro kuchga ega bo‘ladi. Yadro quroliga ega Fransiya va Xitoy 1992-yili ushbu shartnomaga qo‘shiladi. Bugungi kunda dunyoning 170 davlati ushbu shartnoma shartlarini qabul qilib, uni ratifikatsiya qilgan.

    Shartnoma yadro quroliga ega davlatlarga uni tarqatish, sotish va tayyorlashga yordam berishni taqiqlaydi. Shuningdek, yadroviy davlatlar yadro quroliga ega bo‘lmagan davlatga ushbu qurol bilan tahdid qilmaslik va uni ishlatmaslik majburiyatini oladi.

    Yadro quroliga ega bo‘lmagan davlatlar esa o‘z navbatida bunday qurolga ega bo‘lishga harakat qilmaslik va ega bo‘lmaslik bo‘yicha shartlarni qabul qiladi.

    Shartnomaning eng muhim qismi esa yadro quroliga ega bo‘lmagan davlatga yadroviy hujum qilingan yoki bunday hujum tahdidi yuzaga kelgan taqdirda BMT Xavfsizlik Kengashi va birinchi navbatda, uning yadro quroliga ega bo‘lgan doimiy a’zolari BMT talablariga muvofiq zudlik bilan javob harakati amalga oshirishi kerakligi haqidagi banddir.

    Ushbu shartnomani imzolagan AQSh, Buyuk Britaniya va SSSR(Rossiya) o‘z bayonotlarida yadro quroli bilan tahdid qilgan yoki uni qo‘llagan davlatga qarshi javob harakati amalga oshirilishi va hujumga uchragan yadroviy quroli bo‘lmagan davlatga yordam berilishini e’lon qiladi. Ushbu shartlarni keyinchalik safga qo‘shilgan Fransiya va Xitoy ham tasdiqlaydi.

    Foto: Ready
    Ukraina BMTga 1945-yili tashkilot asoschilaridan biri sifatida a’zo bo‘lgan. SSSR tarkibidan Belarus va Ukraina tashkilotda alohida a’zolikka ega edi. BMTning yadro qurollarini tarqatmaslik haqidagi rezolyutsiyasiga qo‘shilish masalasi esa faqatgina 1991-yili Ukraina mustaqillikka erishgach kun tartibiga chiqadi. Negaki, Ukraina Respublikasi hududida sobiq SSSRning yadro sanoati va qurollari mavjud edi.

    1991-yildan boshlab ushbu yadro qurollari kelajagi borasida muzokaralar boshlanadi. Ukraina ushbu qurollarni berishni xohlamaydi va uni o‘z himoyasining kafolati deb biladi. Ukrain rasmiylari o‘sha davrda ham Rossiya xavfini his qilgandi. AQSh va Buyuk Britaniya aralashuvi hamda bosimi ostida 1994-yili Vengriya poytaxti Budapeshtda AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya va Ukraina vakillari Ukrainaning yadro qurollaridan voz kechishi, shu turdagi qurollarning bir qismini yo‘q qilishi va Rossiyaga topshirishi haqida Budapesht memorandumini imzolaydi.

    Budapesht memorandumi Ukrainaning boshqa yadroviy quroli bo‘lmagan davlatlardek  xavfsizligini kafolatlaydi. Memorandumning to‘rtinchi qismida AQSh, Buyuk Britaniya va Rossiya agar Ukraina tajovuz qurboni yoxud yadro quroli tahdidi ostida qolsa, unga BMT Xavfsizlik Kengashi orqali zudlik bilan yordam ko‘rsatilishini ta’kidlaydi. Oltinchi bandga ko‘ra, AQSh, Buyuk Britaniya va Rossiya Ukraina tajovuz ostida qolganda darhol majburiy maslahatlashuvlar o‘tkazadi.

    Fransiya Ukrainaga boshqacharoq xavfsizlik kafolati beradi. Jumladan, Fransiya Ukraina tajovuz ostida qolganda BMT Xavfsizlik Kengashi orqali yordam haqidagi bandni o‘z kafolatida belgilamaydi. Fransiya ortidan Xitoy ham to‘rt va oltinchi bandlarni kafolat bayonotiga kiritmaydi.

    Budapesht memorandumining imzolanishi. Prezidentlar (chapdan o‘ngga) Boris Yelsin (Rossiya), Bill Klinton (AQSh), Leonid Kuchma (Ukraina) va Jon Meyjor (Buyuk Britaniya, bosh vazir)

    Budapesht memorandumining imzolanishi. Prezidentlar (chapdan o‘ngga) Boris Yelsin (Rossiya), Bill Klinton (AQSh), Leonid Kuchma (Ukraina) va Jon Meyjor (Buyuk Britaniya, bosh vazir)
    Foto: Ukrinform
    2014-yili Rossiya Qrimni anneksiya qilganida Ukraina rasmiylari yadro qurolining ulardan olib qo‘yilganiga keskin noroziligini bildiradi va Rossiyani Budapesht memorandumi shartlarini buzishda ayblaydi. Biroq Rossiya ayblovni rad etadi va Moskva Budapesht memorandumida faqatgina Ukrainaga nisbatan yadro quroli ishlatilishi haqida aytilganini da’vo qiladi. Ruslar Ukrainaga nisbatan yadro qurolini ishlatmaganini va memorandum shartlarini buzmaganini ta’kidlaydi.

    2022-yil 27-fevral kungi buyruqdan so‘ng Putin Ukraina va Yevropa Ittifoqi davlatlariga yadro quroli bilan yan bir bor tahdid qiladi (u buni oldin — 24-fevral kuni ham aytib o‘tgandi. O‘shanda Putin Ukrainaga yordam bergan davlat o‘z tarixida ko‘rmagan dahshatga to‘qnash kelishi mumkinligiga urg‘u bergandi).

    Agar Rossiya Ukrainaga nisbatan yadro qurolidan foydalansa, birinchi navbatda BMTning “Yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risida”gi qarorini buzgan bo‘ladi. Bu esa BMT Xavfsizlik Kengashi va tashkilotning yadro quroliga ega doimiy a’zolari (AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy)ning javob reaksiyasini talab etadi. Shuningdek, Budapesht memorandumiga ko‘ra, AQSh va Buyuk Britaniya Ukrainaga mamlakat yadro quroli nishoniga aylangan taqdirda yordam ko‘rsatishga ham va’da bergan.

    Xo‘sh, yadro urushi yuz beradimi? Bu borada bir necha xalqaro mutaxassislar o‘z taxminlarini bildirdi.

    Mark Fino,

    Jeneva xavfsizlik siyosati markazining yadroviy qurol tarqalishi bo‘yicha eksperti

    “Putinning yadroviy tahdidi hayratlanarli, chunki u Rossiyaning yadroviy doktrinasidan uzoqlashdi. 2020-yilda Putin Moskva yadro qurolidan foydalanishi mumkin bo‘lgan to‘rtta holatni tasdiqlagandi. Bular Rossiya yoki uning ittifoqchisi hududiga ballistik raketa uchirilganda, dushman yadro qurolidan foydalanganda, Rossiya yadro obyektiga hujum uyushtirilgan yoki Rossiya davlatining mavjudligiga tahdid soladigan hujum yuz berganida bo‘lib, rus qo‘shini yadro qurolidan yuqoridagi holatlar sodir bo‘lsagina foydalanishini belgilagan edi.

    Hozirgi mojaroda yuqoridagi holatlardan hech biri yuz bergani yo‘q.

    Bundan tashqari, Rossiya shu yiling yanvar oyida BMT Xavfsizlik Kengashining qolgan to‘rt doimiy a’zosiga qo‘shildi va “yadro urushida g‘alaba qozonib bo‘lmasligi va hech qachon bunday urush olib borilmaslik kerakligi” haqidagi hujjatni imzoladi. Putinning yakshanba kundagi og‘zaki buyrug‘i bunday bayonotlarning noaniqligi, va ehtimol, ikkiyuzlamachiligini ko‘rsatadi.

    Hozircha “nazorat qilish yoki noto‘g‘ri talqin qilish” va hatto yadroviy zarbalarni qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan manipulyatsiya xavfi ancha yuqori”.

    Hens Kristensen,

    Amerika olimlari federatsiyasining yadroviy axborot loyihasi direktori, yadro qurollari eksperti

    “Men bir hafta oldingidan ko‘ra ko‘proq xavotirdaman. NATO Putinning nutqiga javoban “barcha kutilmagan holatlarga” tayyorligini oshirdi. Hozirda bizni bir hafta oldin bashorat qila olmagan yo‘lga olib boradigan burilishlar paydo bo‘lishi mumkin”.

    Hens Kristensen

    Hens Kristensen
    Foto: Getty Images

    Putinning yadroviy kuchlarni jangovar holatga keltirish haqidagi buyrug‘i haqida Kristensen “Putin vaziyatni to‘g‘ridan to‘g‘ri yadroviy tahdidga olib keladigan yana bir qadam tashladi” deya fikr bildirdi. U yana Putin 2014-yili Qrim anneksiya qilingan davrda ham G‘arb sanksiyalariga javoban ham xuddi shu javobni berganini aytib o‘tdi.

    “Rossiya strategik kuchlari doimiy jangovar shay holatda bo‘lishini hisobga olsak, hozir asosiy savol yadro kallaklari suvosti kemalari yoki bombardimonchi samolyotlarga joylashtirilganidir”.

    Mettyu Bunn,

    Harvard universiteti qoshidagi Harvard Kennedi maktabi professori. Sobiq prezident Bill Klintonning fan va texnologiya siyosati bo‘yicha maslahatchisi. Yadro va energetika siyosati tahlilchisi

    “Putinning yaqin doiralaridan boshqa hech kim uning nega bunday harakat qilganini aniq bilmaydi. Taxminimcha, bu buyruq G‘arbda hech kim Ukrainaga harbiy yordam berish haqida o‘ylamasligi uchun qo‘shimcha signal sifatida aytildi”.

    Professor yadro urushidan qo‘rqish mamlakatlarning yadro qurolidan foydalanmasligiga yetarli asos bo‘ladimi, degan savolga: “Yadro qurolining jismoniy xususiyatlari juda dahshatli qo‘rquvga soladi. Bir davlat yadroviy zarbadan qo‘rqib boshqa bir davlatga hujum qilishga jur’at eta olmasligi haqidagi g‘oya Sovuq urush davrining asosiy xavfsizlik siyosati bo‘lgan va ko‘pchilikning ta’kidlashicha, u bugungi kunda ham dolzarbligicha qolmoqda. Hamkasbim Zak Boshan yaqinda yozganidek, yadroviy qurol tahdidi AQShning Ukrainaga qo‘shin yubormasligiga ham asosiy sababdir”, — deya javob bergan.

    Pol Heyr,

    Boston universitetining global tadqiqotlar bo‘yicha katta o‘qituvchisi

    “Yadro urushi Putinning Ukrainada erishishi mumkin bo‘lgan har qanday g‘alabasiga putur yetkazadi. Bu nafaqat G‘arbni, balki Xitoy kabi potensial ittifoqchilarni ham begonalashtirishga xizmat qiladi. Xitoyning Putin xatti-harakatlaridan xavotiri borgan sari ortib boryapti va uni Xitoyning gullab-yashnashiga uzviy bog‘liq bo‘lgan global savdo va investitsiyalarning jahon tartibini tiklashga chaqirishi mumkin.

    Butun xalqaro tartib havoga sovrilgandek go‘yo. Ukrainaga qilingan hujum bundan-da himoyasiz Boltiqbo‘yi davlatlariga hujum qilish uchun debocha bo‘ladimi yoki Putin Ukraina bilan kifoyalanadimi? Javob — AQSh va NATOning o‘z kuchlarini, xoh yadroviy, xoh oddiy, butun dunyo bo‘ylab qanday joylashtirilishiga bog‘liq”.

    Dunyodagi ko‘pchilik ekspertlar Rossiya tomonidan yadro qurollarining ishlatilishiga shubha bildirmoqda. Ularning fikricha, Putin bu harakatni Ukrainadagi barbod bo‘lgan blitskrig (tezkor g‘alaba) va iqtisodiyotiga berilayotgan qattiq zarbalar sabab qo‘rqitish uchun aytgan. Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Ukraina bilan boshlangan muzokaralarda ustunlikka erishish uchun ham shunday yurish qilgan bo‘lishi mumkin. Rossiyaning yadro qurolidan foydalanishi uning butkul yakkalanib qolishiga olib keladi. Biroq davlatning NATO davlatlariga zarba berishi ham, Ukrainaga yadro quroli ishlatishi ham qiyin masala.

    Foto: Russia Beyond
    G‘arbning ko‘pgina nashrlari yadro qurolining barcha kalitlari Putin qo‘lida emasligini, rus generallari Putinga sodiq bo‘lsa-da, ulkan xavf oldida hal qiluvchi qaror qabul qilishi mumkinligini ham taxmin qilmoqda. Hozirgacha Rossiyadan tashqari yadro quroliga ega biror davlat hech qachon bu qurol bilan tahdid qilmagan. AQSh vazmin siyosat yuritmoqda, Bayden Rossiyaga hech qanday tajovuz xavfi yo‘qligini, Putinning buyrug‘i hech qanday asosga ega emasligini bildirdi.

    Har qanday qo‘llanishidan qat’i nazar yadro qurollari insoniyat uchun juda katta halokatga olib keladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya arsenalida olti mingga yaqin, AQSh ixtiyorida esa besh mingdan ortiq yadro kallagi mavjud. Ularning faqatgina yarmi qo‘llanishi ham butun sayyora kelajagini xavf ostiga qo‘yadi. Uning jismoniy zararlarini esa tasavvur qilish ham dahshatli bo‘ladi.

    02.03.2022, 12:13   Izoh (0)   132571
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiyada hayvonot bog‘ida chaqmoq urishi oqibatida 13 kishi jarohat oldi

    Dunyo | 14 may, 23:55

    “Rossiya-Ukraina mojarosining yakuni butun Yevropa taqdirini hal qiladi” — Fridrix Merts

    Dunyo | 14 may, 23:40

    Robert De Niro “Oltin palma yaprog‘i”ni qo‘lga kiritdi va Donald Trampni tanqid qildi

    Kino | 14 may, 23:25

    Turkiya hukumati Tramp tashrifini 15-mayda emas, balki yaqin kunlarda kutmoqda — OAV

    Dunyo | 14 may, 23:16

    “Daryo” dayjesti: 14-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 14 may, 22:50

    Vaqt sinovidan o‘tgan: bosh rollarni qayta-qayta ishonib topshiriladigan 5 ta kino juftlik

    Layfstayl | 14 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.