• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hokim opaga ishonib, chuv tushdik”. Qarshiliklar sobiq hokim ularga yer berib, so‘ngra qaytarib olganini aytmoqda

    Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi “Kerayt” ma hallasida yashovchi fuqarolar tumanning sobiq hokimi Maqsuda Mustafoyeva ularga yer berganini, yer obod qilingach esa tortib olinib, tadbirkorga hujjatlashtirib berilganini aytmoqda. Bu haqda “Daryo”ga murojaat qilgan aholi vakillari yerni obodonlashtirish uchun katta mablag‘ sarflaganini, umidlari puchga chiqayotganini aytmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Namunali uylarda yashaymiz. Kottejimiz oldida qarovsiz yer bor edi. Viloyatning sobiq hokimi Zoir Mirzayev mahallamizga kelganida qarovsiz yerni ko‘rib, yerdan unumli foydalanish kerakligini, obod qilish lozimligini aytgandi. Shundan so‘ng tumanning o‘sha paytdagi hokimi Maqsuda Mustafoyeva biz bilan uchrashib, hamma uyining orqa tomonidagi yerni obod qilsa, yer ularga qonuniy tartibda berilishini aytdi. Biz esa bundan xursand bo‘lib, qarovsiz yerni ekin ekishga tayyorladik. Yerni ag‘darib, foydalanish uchun tayyor holatga keltirdik. Ammo yer tayyor bo‘lganda esa, hokim bog‘dorchilik uchun fermerga berib yuborayotganini bilib qoldik. Mahalladoshlar yig‘ilib, hokimning oldiga bordik. Ammo hokim biz bilan ko‘rishmaslikka harakat qildi”, — deydi Sulton Toshev.

    Sulton Toshev.

    Sulton Toshev.
    Foto: “Daryo”

    Sulton Toshevning aytishicha, u qarovsiz yotgan yerdan 1 gektar olib, bog‘ yaratgan.

    Foto: “Daryo”

    “Oilamiz juda katta. 20 kishi yashaymiz. Mehnat qiluvchilar ko‘p deya bir gektar yer olib, bog‘ yaratgandik. Bugungi kunga kelib esa, yer boshqa fermerga berib yuborilayotganini aytishdi. Bizning mehnatimiz va xarajatlarimiz nima bo‘ladi? Nega hokim opa aytib, aytgan gapidan qaytdi? Buni tartibga olib, adolatli qaror chiqaradigan kishi yo‘qmi”, — deydi Sulton aka.

    Aholining yerni ekin ekishga tayyorlayotgan payti.

    Aholining yerni ekin ekishga tayyorlayotgan payti.
    Foto: Saodat To‘rayeva

    Aholining yerni ekin ekishga tayyorlayotgan payti.

    Aholining yerni ekin ekishga tayyorlayotgan payti.
    Foto: Saodat To‘rayeva

    Shu mahallada yashovchi Iroda Sanayevaning aytishicha, sobiq hokim Maqsuda Mustafoyeva 2021-yilning 2-fevral kuni shu mahallaga kelib, odamlar bilan ko‘rishgan.

    Iroda Sanayeva.

    Iroda Sanayeva.
    Foto: “Daryo”

    “Tuman hokimi viloyat rahbari tanbeh berib ketgach, kelib biz bilan ko‘rishdi. Shu qarovsiz yerlarni obod qilaylik, daraxtlar ekib, chiroyli joyga aylantiraylik, yerni Sizga beramiz, dedi. Biz hokim opa aytgan ishni qildik. Ammo oxirida aldanib qoldik”, — deydi Iroda Sanayeva.

    Aholining yerni ekin ekishga tayyorlayotgan payti.

    Aholining yerni ekin ekishga tayyorlayotgan payti.
    Foto: Saodat To‘rayeva

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan mahalla ahli hokimga aytgan va’dasini eslatish va yerni qonuniylashtirib olish maqsadida hokim qabuliga 33 marotaba borganini, ammo ishi bitmaganini aytmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “2021-yil noyabrda tuman hokimligi bizni sudga berdi va yerdan majburiy tartibda chiqarib yuborishlarini aytdi. Biz esa hokimning og‘zaki gapiga ishonib, chuv tushdik”, — deydi mahalla ahli.

    Rajabboy Saidov.

    Rajabboy Saidov.
    Foto: “Daryo”

    Mahallada yashovchi yana bir fuqaro Rajabboy Saidovning aytishicha, ular obod qilib, bog‘ yaratgan yer aslida chiqindixona bo‘lgan.

    Aholining yerni ekin ekishga tayyorlayotgan payti.

    Aholining yerni ekin ekishga tayyorlayotgan payti.
    Foto: Saodat To‘rayeva

    “Shaxsan o‘zim 1001 ta ko‘chat ekdim. Bog‘ qildim. Bolalarim va o‘zim shu bog‘ uchun qancha mehnat qildik. Endi yerni ekinga tayyorlab, foydalana boshlaganimizda boshqa birov ega chiqmoqda”, — deydi Rajabboy aka.

    Shu mahallada yashovchi Karim Rahmatullayev ham hokim opaning gapiga ishonib, ularga berilgan yerda oilaviy mehnat qilganini, ammo endi aldanib qolganini aytmoqda.

    Karim Rahmatullayev.

    Karim Rahmatullayev.
    Foto: “Daryo”

    “Bizga berilgan yerda 330 tup bodom ekkandik. Endi aynan shu yerimizni boshqa birovga berib yuborishibdi. Tayyoriga ayyor bo‘lganlar esa, ekilgan ko‘chatlarimizga ega chiqishmoqda. Biz bu yer uchun qancha xarajat qilgandik. Hokim opa bilan ko‘rishishga harakat qildik, ammo natija bo‘lmadi. Mana endi u hokim bo‘shab ham ketdi. Bilmadim, endi muammomiz qanday yechim topadi?”, — deydi Karim Rahmatullayev.

    Qarshi tumani hokimligi mas’ullari vaziyatga izoh berar ekan, aholi yer berishni va’da qildi deyilgan hokim Maqsuda Mustafoyeva ayni paytda ishdan ketganini, tuman hokimining o‘sha paytda faoliyat yuritgan qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akrom Aripov ham ayni kunda Muborak tumanida faoliyat yuritayotganini bildirib, amalda bo‘lib turgan mas’ullar vaziyatdan bexabarligini ma’lum qildi.

    Maqsuda Mustafoyeva.

    Maqsuda Mustafoyeva.
    Foto: “Daryo”

    Hokimlik mas’ullarining qo‘shimcha qilishicha, aholi mevali daraxtlar ekib, obod qilganmiz deyilayotgan 5 gektar yer 2021-yil 9-fevral kuni tuman hokimi qarori bilan A.Safarovga bog‘dorchilik qilish uchun berilgan.

    Foto: Saodat To‘rayeva

    Aholi ayni kunda mazkur masala yuzasidan sud ishi ham boshlanganini, achinarlisi ularga yer berilishi lozimligini aytib, hududni obodonlashtirish lozimligi haqida topshiriq bergan viloyatning sobiq hokimi Zoir Mirzayev ham, ularga yer berilishini va’da qilgan hokim Maqsuda Mustafoyeva ham, mazkur ishga mas’ullik zimmasiga yuklatilgan Akrom Aripov ham ayni kunda bu tumanda yo‘q. Ishdan ketgan. Aholi esa ularning og‘zaki va’dasiga ishonib, bugun afsusda qolgan.

    02.03.2022, 17:09   Izoh (0)   25897
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Polshaning Katovitse shahridan Toshkentga 251 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan oltinchi samolyot yo‘l oldi

    02.03.2022, 16:39

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    02.03.2022, 16:26

    O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida vaksinatsiya uchun shprislar olib kelindi

    02.03.2022, 16:08

    Samarqanddan Irkutskka uchgan samolyotdagi 61 nafar yo‘lovchining bagaji aeroportda qoldirib ketildi

    02.03.2022, 15:48

    O‘zbekistonda davlat xizmatchilariga qator taqiqlar belgilangan qonun loyihasi qabul qilindi

    02.03.2022, 15:12

    “O‘zbekistonning ‘Mehr’ maxsus operatsiyalari tajribasi ko‘plab mamlakatlar uchun foydali bo‘ladi deb hisoblaymiz” — Abdulaziz Komilov

    02.03.2022, 14:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Ukrainaga 3000 dan ortiq uzoqqa uchadigan raketalar beradi — WSJ

    Dunyo | 24 avgust, 23:21

    Shavkat Mirziyoyev Zelenskiy va Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 22:56

    Isroil armiyasi Yaman poytaxtiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 24 avgust, 22:13

    O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 21:44

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.