Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi urushda qatnashayotgan rossiyalik harbiy xizmatchilarga jangovar harakatlar faxriysi maqomini berishni taklif qildi. Tegishli qonun loyihasi normativ hujjatlar bazasida e’lon qilindi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, ushbu maqsadlar uchun 2022-yilgi federal budjetning taxminiy xarajatlari 5,01 milliard rublni (53 ming dollar) tashkil qiladi.

Vazirlikning tushuntirishicha, faxriy maqomi Ukrainadagi jangovar harakatlar ishtirokchilariga “munosib hayot, faol mehnat, jamiyatda obro‘ va hurmat bilan ta’minlaydigan shart-sharoitlarni yaratish uchun” tegishli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash imtiyozlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.

Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada “harbiy maxsus operatsiya” o‘tkazmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi jangovar harakatlar haqida xabar berib, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar haqida ma’lumot bermayapti.

Ukraina Mudofaa vazirligining 28-fevraldagi ma’lumotlariga ko‘ra, urushda 5300 ga yaqin rossiyalik halok bo‘lgan. Bu ma’lumotlarning mustaqil tasdig‘i yo‘q.

Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukrainadagi urushda ikki nafar chechenistonlik askar halok bo‘lgani, yana olti nafari turli og‘irlikdagi jarohatlar olgani haqida ma’lum qilgandi.

Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar