Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev nomzodi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga ma’qullandi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Nigoh” kanali.
Abdulla Qo‘ldoshev shu kungacha favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelgan Tursinxon Xudoyberganov esa mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib ma’qullangan.
Ma’lumot uchun, Tursinxon Xudoyberganov 2018-yilning aprelida favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi. U 2010—2016-yillarda ham Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2017-yilning yanvarida buyon Prezident maslahatchisi lavozimiga ishlab keladi.
Eslatib o‘tamiz, fevral o‘rtalarida mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Izoh (0)