FIFA va UEFA Rossiya terma jamoalarini barcha xalqaro turnirlardan chetlashtirdi.
Qaror mamlakat terma jamoasiga, shuningdek, UEFA musobaqalarida Rossiyani sharafini himoya qiladigan klublarga tegishli. Qaror “keyingi ogohlantirishgacha” qadar amal qiladi.
Shu tariqa Rossiya terma jamoasi Qatar—2022 ning o‘tish o‘yinlarida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
BBC jurnalisti Saymon Stounga ko‘ra, Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi “Gazprom” bilan shartnomani bekor qilishga qaror qilgan.
2021-yilning may oyida Rossiya energetika kompaniyasi UEFA bilan shartnomani uzaytirib, ikki Yevro homiysi bo‘lgandi, shuningdek, Chempionlar Ligasi bilan hamkorlikni 2024-yilgacha davom ettirgandi. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, “Gazprom” bilan hamkorlik UEFAga yiliga 40 million yevrogacha daromad keltirishi kerak edi.
Avvalroq FIFAning Rossiya terma jamoalarini (barcha yosh toifadagi) xalqaro musobaqalarda qatnashishdan chetlatmoqchiligi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Xalqaro professional futbolchilar assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFPro) ham FIFAni Rossiya futboliga nisbatan qattiq choralar ko‘rishga chaqirgandi.
Bungacha bir qator ko‘plab futbol assosiatsiyalari Rossiya terma jamoasining JCh—2022 o‘tish o‘yinlaridan chetlashtirish fikrini ilgari surgandi. Bundan tashqari, Polsha, Shvetsiya, Chexiya, Angliya va Uels Rossiyaga qarshi o‘ynamasligini ma’lum qilgandi.
24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganini e’lon qildi. Ayni vaqtda Ukrainaning qator hududlarida harbiy harakatlar davom etmoqda.
Izoh (0)