• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Marhamat va Xo‘jaobod hokimlari OAVdan qochsa, Shahrixon hokimi kamerani yaxshi ko‘radi, ammo murojaatchiga tazyiq o‘tkazadi”. Andijonlik jurnalist va blogerlar hokimlar haqida

    Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahri hokimi Bahrom Haydarov qabuliga borgan OAV vakillari va hokimni himoya qilishga uringan ayol voqeasi aks etgan video tarqaldi. Tan olish kerak, video ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kimdir hokimning OAV vakillariga shaxsan peshvoz chiqolmasligini qoralagan bo‘lsa, yana kimdir ayolning qilmishi noto‘g‘ri ekanini yozdi.

    Bahrom Haydarov, Andijon shahri hokimi

    Bahrom Haydarov, Andijon shahri hokimi
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri mazkur voqea sabab viloyatda faoliyat yurituvchi jurnalist va blogerlarga yuzlanib, hududda Andijon shahri hokimidek OAV vakillariga shaxsan peshvoz chiqishdan qo‘rqadigan va OAV vakillari bilan muloqot qilishdan cho‘chimaydigan hokimlar haqida so‘radi.

    Gulzira Rustamova.

    Gulzira Rustamova.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “Sevimli” kanali “Zamon” informatsion dasturining Andijon viloyati bo‘yicha muxbiri Gulzira Rustamovaning aytishicha, u muammolarni o‘rganish davomida mas’ullar, shaxsan hokimlar bilan muloqot qilishda ancha qiynaladi.

    “Jurnalist sifatida ish boshlaganimga qisqa vaqt bo‘ldi. Murojaatlarni o‘rganishda, albatta, hokim va hokimlik vakillari bilan muloqot qilishimizga to‘g‘ri keladi. To‘g‘risini aytsam, faoliyatim davomida hokimlik vakillaridan intervyu olish ancha muammo ekanini tushunib yetganman. Hattoki, mas’ullardan izoh so‘rab, gap talashib qolgan holatlarimiz ham bo‘lgan. Albatta, shu o‘rinda tazyiqlar, turli gap so‘zlar ham bo‘lib turgan. Har narsaning og‘ir va yengil tomoni bo‘lgani kabi jurnalistikada ham bu holatlar bo‘ladi va bular sohaning og‘ir tomoni deb bilganman”, — deydi Gulzira Rustamova.

    Otabek Rasulov.

    Otabek Rasulov.
    Foto: Xo‘jaobod tumani hokimligi

    Gulzira Rustamova hokimlar orasida Xo‘jaobod tumani hokimi — Otabek Rasulov bilan muloqot qilish qiyinligini, hokim OAV vakillariga shaxsan peshvoz chiqolmasligini aytmoqda.

    “Dehqonning yer bilan bog‘liq muammosini o‘rgangach, tuman hokimidan izoh olish uchun uni kechgacha kutishga majbur bo‘lganmiz. Hokimni kechki soat 22:00 ga qadar kutgan bo‘lsak-da, savollarimizga javob olish imkoni bo‘lmagan. Hokimning shaxsan o‘zi biz bilan muloqotdan qochgan. Hokimiyat vakillari esa ‘o‘rganamiz’, ‘hal qilib beramiz’, deyishdan nariga o‘tmagan”, — deydi jurnalist.

    Hikmatilla Latipov. (chapdan birinchi)

    Hikmatilla Latipov. (chapdan birinchi)
    Foto: Jalaquduq tumani hokimligi

    Gulzira Rustamova Jalaquduq tumani hokimi Hikmatilla Latipov ham OAVdan qochuvchi hokim ekanini aytmoqda.

    “Bir murojaat yuzasidan Jalaquduq tumaniga bordik. Ish davomida tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi vakili yonimga kelib, aholi nima maqsadda murojaat qilgani-yu, mening maqsadim va nima xohlayotganim bilan qiziqdi. Aytishicha, uni hokim yuborgan ekan. Keyinchalik hokimlik vakillari murojaatchilarga ham bosim o‘tkazib, ‘tuman hokimi muammolaringizni hal qilib bermaydi, boisi sizlar televideniyega murojaat qilgansiz. Muammongizni ular hal qilib berishsin’, deyishgan ekan”, — deydi TV jurnalisti.

    Shuhrat Abdurahmonov va Serobiddin Ismoilov.

    Shuhrat Abdurahmonov va Serobiddin Ismoilov.
    Foto: Izboskan tuman hokimligi

    TV jurnalistining qo‘shimcha qilishicha, Izboskan tuman hokimi Serobiddin Ismoilov ham OAV vakillari bilan muloqotda juda ehtiyotkor.

    “Izboskan hokimi bilan suhbat qurganimizda u ovozini yozib olmasligimiz kerakligini ta’kidlagan. Juda ehtiyotkor inson ekan. Shuningdek, u OAV vakillaridan ochiqchasiga qochgan. Undan intervyu olishda juda qiynalganman. Marhamat tumani hokimi Bobur Yo‘ldoshev ham OAV vakillaridan qochadigan hokimlar sirasiga kiradi. Ikki-uch kun Marhamat tumani hokimligida bo‘lib, nafaqat hokimni, hatto mas’ullarni ham topolmaganmiz. Axiri hokimlik binosini tasvirga olib qaytayotganimizda hokim o‘rinbosari yonimizga kelib, juda qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Shahrixon tumani hokimi Hikmatilla Dadaxonov esa kameradan qochmagan, savollarimizga dadil-dadil javob bergan. Ammo hammasi yakunlanganidan so‘ng, murojaatchiga tazyiq o‘tkazib, agar lavha efirga ketsa ishini hal qilib bermasligini aytgan. Tadbirkor esa hokimdan qo‘rqib, lavhani efirga bermasligimizni so‘ragan”, — deydi Gulzira Rustamova.

    TV jurnalisti faoliyati davomida hokimlar nomidan pul taklif qilish, bosim o‘tkazish yoki kimlarnidir o‘rtaga qo‘shib, qo‘ng‘iroq qilish holatlari ko‘p uchrashini aytmoqda.

    Shuhrat Abdurahmonov.

    Shuhrat Abdurahmonov.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Faoliyatim davomida shahar va tuman hokimlari tomonidan matbuot anjumanlari o‘tkazish, jurnalistlarning savollariga ochiq-oydin javob berish holatlarini uchratmaganman. Tan olish kerak, viloyat hokimi bu borada ancha faol. U har qanday holatda ham intervyu berishdan qochmaydi. Biroq uning atrofidagilar turli bahonalar qilib jurnalistlarning viloyat hokimi bilan yuzma-yuz kelishiga to‘sqinlik qilib kelishadi”, — deydi Gulzira Rustamova.

    Elmurod Ermatov.

    Elmurod Ermatov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “Kun.uz” internet nashrining Farg‘ona vodiysi bo‘yicha maxsus muxbiri Elmurod Ermatov Andijondagi barcha hokimlar OAV vakillari uchun ochiq ekanini aytmoqda.

    Jasurbek Abduraimov.

    Jasurbek Abduraimov.
    Foto: Baliqchi tumani hokimligi

    “Hokimlarning OAV vakillariga qanchalik ochiqligi haqidagi savol jurnalistlarni doimo qiziqtirib kelgan. Men “Kun.uz” saytining vodiy bo‘yicha muxbiri sifatida hech ikkilanmasdan aytamanki, Andijon hokimlari jurnalistlardan qochmaydigan hokimlar hisoblandi. Masalan, Baliqchi tumani hokimi Jasurbek Abduraimov OAV uchun har doim ochiq va muloqotga tayyor. Qachon borsak o‘zi kutib oladi va biz bilan birga muammoni hal qilishga urinadi. Jarayonlar davomida holatdan xabardor bo‘lib turadi. Tanqidni ham ko‘tara oladi. Lekin tanqidni ko‘tarolmaydigan hokimlar ham bor. Misol uchun, Ulug‘nor tuman hokimi Islomiddin aka. Yaqinda Ulug‘nor tumanida fermerlarning klasterlar bilan shartnoma tuzishida tuman hokimining xalal berayotgani haqida jurnalistik surishtiruv o‘tkazdim. Bu mavzudagi maqola saytimizda namoyish qilinganidan so‘ng fermerlar hokim oldiga borgani, ammo tuman hokimi “Sizlardan arazladim, meni butun respublikaga sharmanda qildinglar”, deb ularni qabul qilmaganini eshitdim”, — deydi Elmurod Ermatov.

    Elyor Nabijonov

    Elyor Nabijonov
    Foto: Qo‘rg‘ontepa tumani hokimligi

    Elmurod Ermatovning aytishicha, Qo‘rg‘ontepa tuman hokimi Elyor Nabijonov bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga chiqish va ko‘rishish muammo emas. Xonobod shahri hokimi Mash’albek Tojiboyev va Izboskan tumani hokimi Serobiddin Ismoilovlar ham OAV vakillari izlagan paytda ko‘rinish beradi”, — deydi Elmurod Ermatov.

    Mash’albek Tojiboyev.

    Mash’albek Tojiboyev.
    Foto: Xonobod shahri hokimligi

    “Kun.uz” muxbiri hududdagi hokimlarning OAV vakillariga qanchalik ochiq va shaffof bo‘lishi ularning matbuot kotiblariga ham bog‘liqligini aytib, viloyatda faoliyat yuritayotgan hokimlik matbuot kotiblarining aksariyati o‘z ishini eplolmayotganini bildirmoqda.

    Otabek Nuriddinov.

    Otabek Nuriddinov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Ijtimoiy tarmoqlar faoli, bloger Otabek Nuriddinov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda Asaka va Andijon shahri hokimi OAV, xususan, blogerlar uchun doim ochiq ekanini aytmoqda.

    Mansur Alixonov.

    Mansur Alixonov.
    Foto: Asaka tumani hokimligi

    “Asaka tumani hokimi Mansur Alixonov hamda Andijon shahri hokimi Bahrom Haydarovlar OAV vakillari uchun hamisha ochiq. Ulardan to‘g‘ridan to‘g‘ri izoh olish mumkin. Mening nazarimda OAV uchun yopiq hokimlar Shahrixon tumani hokimi Hikmatilla Dadaxonov va Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyev hisoblanadi. Bular bilan bog‘lanish ham, muloqot qilish ham qiyin”, — deydi Otabek Nuriddinov.

    “Daryo” muxbiri bu masalada bosma ommaviy axborot vositalari — gazeta jurnalistlari bilan ham suhbatlashdi. Ular hokimlar jurnalist va blogerlar bilan doimo yaxshi munosabatda bo‘lishini bildirib, har qanday holatda ham ishi hokimliklarning matbuot kotiblari orqali bitishini, hokimlar bilan shaxsan hech qachon bog‘lanmaganini, ro‘baro‘ kelmaganini aytgan.

    “Daryo” hududlardagi hokimlarning OAVga ochiqligini o‘rganishda davom etadi.

    28.02.2022, 12:55   Izoh (0)   21421
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukrainadan evakuatsiya qilinadigan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Toshkentdan Polshaga maxsus samolyot jo‘nab ketdi

    28.02.2022, 12:02

    O‘zbekistonda bahorning birinchi kuni qanday ob-havo bilan boshlanishi ma’lum qilindi

    28.02.2022, 11:50

    XTV Toshkentdagi maktab o‘quvchilariga qizil bo‘yinbog‘ taqdirilganiga izoh berdi

    28.02.2022, 11:21

    O‘zbekiston viloyatlaridagi DXMlarda ham “prava” almashtirmoqchi bo‘lganlar uchun “so‘nggi mijozgacha” ish rejimi joriy etildi

    28.02.2022, 10:46

    O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi xalqaro yuk tashuvchilarga ogohlantirish bilan chiqdi

    28.02.2022, 09:50

    Qoraqalpog‘istonda ikki kishi “Qizil kitob”ga kiritilgan Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagani aniqlandi

    28.02.2022, 09:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.