• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Belarusda referendum yakunlari bo‘yicha mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish qabul qilindi — MSK

    Belarusda o‘tkazilgan referendumda mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish ma’qullandi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, ovoz beruvchilarning 65,16 foizi o‘zgartirish kiritishni ma’qullab ovoz bergan. Bu haqda Belarus Markaziy saylov komissiyasi raisi Igor Karpenkoga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    “Belarus Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni ovoz beruvchilar ro‘yxatidagi referendum ishtirokchilarining 65,16 foizi yoqladi”, — deydi MSK rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zgartirishlar kiritilishiga qarshi 10,07 foiz odam ovoz bergan.

    Markaziy saylov komissiyasining aniqlik kiritishicha, referendumda umumiy ovoz beruvchilarning 78,63 foizi ishtirok etgan.

    27-fevral kuni ovoz berish jarayonlarining asosiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. 22—26-fevral kunlari muddatidan oldin o‘tkazilgan ovoz berish jarayonlarida, saylovchilarning 42,93 foizi ishtirok etgandi. MSK yakuniy yig‘ilishini 3-martga rejalashtirgan. Referendumga birgina savol kiritilgan: “Belarus konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni qabul qilasizmi?”.

    Agar saylovchilar ro‘yxatiga kiritilganlarning yarmidan ko‘pi referendumda ishtirok etsa, u haqiqiy deb topiladi. Qaror qabul qilishi uchun saylovchilarning 50 foizdan ortiq uni yoqlab ovoz berishi kerak.

    Yangi konstitutsiya bilan prezident lavozimiga saylanish yoshini 35 dan 40 yoshga, shuningdek, Belarusda muqim yashagan davrini 10 yildan 20 yilga ko‘tarish taklif qilinmoqda. Xorijiy davlat fuqaroligi yoki xorijda yashash huquqiga ega bo‘lmagan insongina prezident etib saylanishi mumkin. Bitta nomzod ikkita muddatdan ortiq prezident bo‘la olmaydi. Bundan tashqari, konstitutsiyaga davlat rahbarining daxlsizligini kiritish belgilanmoqda.

    O‘z vakolatlarini yakunlagan prezident prezidentlik vaqtida amalga oshirgan harakatlari uchun javobgarlikka tortilmaydi. U umrbod parlament yuqori palatasi — respublika kengashi a’zosi bo‘lib qoladi.

    Yangi konstitutsiya bilan Butun Belarus xalq assambleyasi vakolatlari kengaytirilmoqda. Uning Belarusda xalq hokimiyatining oliy vakillik organi sifatidagi maqomi mustahkamlanmoqda. Xalq assambleyasi delegatlari respublikaning amaldagi va sobiq prezidentlari, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari hamda fuqarolik jamiyati vakillaridan iborat.

    Butun Belarus xalq assambleyasi mamlakat prezidentini lavozimidan chetlashtirish, MSK, Konstitutsiyaviy va Oliy sudlar rahbari va a’zolarini saylash, mamlakat hududida favqulodda yoki harbiy holat joriy etish huquqiga ega.

    Konstitutsiyaga Belarus o‘z hududidan boshqa davlatlarga qarshi harbiy tajovuzni istisno qiladigan qoidani kiritish taklif etilmoqda. Shuningdek, Belarusda ayol va erkakning ittifoqi nikoh hisoblanadi degan tezisni mustahkamlab qo‘yish taklif etilyapti.

    Belarus muxolifati yangi konstitutsiya bo‘yicha o‘z loyihasini ishlab chiqqan, unga ko‘ra mamlakat parlament respublikasiga aylanishi kerak.

    Mavzuga doir:

    • Belarusning yangi konstitutsiyasi loyihasiga prezident o‘ldirilgan taqdirda hokimiyatning harakatlari ssenariysi kiritildi
    • Lukashenko Belarusga qarshi sanksiyalar qo‘llashga chaqirganlarni 12 yilgacha qamash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

    28.02.2022, 10:30   Izoh (0)   12287
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Avstraliya Putin, Shoygu va Lavrovning mamlakatga kirishini taqiqladi

    28.02.2022, 10:14

    Qodirov Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotini juda sekin deb atadi

    27.02.2022, 23:25

    20 ta davlat Rossiya samolyotlari uchun havo hududini yopishini e’lon qildi

    27.02.2022, 20:48

    “Rus xalqi urushni istamaydi, bu Putinning urushi bo‘lib qoladi”. Germaniya kansleri Ukrainadagi urush fonida nutq so‘zladi

    27.02.2022, 19:05

    Ukraina Rossiya ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo arizasini berdi

    27.02.2022, 18:51

    Ukraina delegatsiyasi muzokaralar uchun Belarusga jo‘nab ketgani xabar qilindi

    27.02.2022, 18:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.