Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Afg‘onistonning iqlimi issiq bo‘lgan viloyatlardagi 19 ta davlat universitetlari 26-fevraldan talabalar uchun qayta ochildi, deb xabar beradi TOLOnews telekanali.

Kadr: TOLOnews

Kadr: TOLOnews

Fevral boshlarida iqlimi issiq bo‘lgan oltita — Lag‘man, Nangahor, Qandahor, Nimroz, Farah va Hilmand viloyatlarida joylashgan davlat universitetlarida o‘quv jarayonlari boshlangandi. Mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalari 2021-yilning avgustida, hokimiyat tepasiga “Tolibon” kelganidan so‘ng yopilgandi.

Qayta ochilgan Kobul davlat universiteti talabalarining aytishicha, “Tolibon” talabiga ko‘ra qizlar va yigitlarga alohida-alohida dars o‘tilmoqda. Kunning bir qismida faqat qizlar, boshqa qismida — o‘g‘il bolalar uchun darslar belgilangan.

Shuningdek, qizlarga faqatgina ayol o‘qituvchilar, o‘g‘il bolalarga esa erkak o‘qituvchilar dars beradi.

Avvalroq toliblar Afg‘onistondagi universitet va maktablarning qayta ish boshlashi uchun asosiy shart sifatida sinf xonalari ham o‘qituvchilar gender farqi bo‘yicha ajratilishi kerakligini aytgandi. Bundan oldingi hokimiyat davrida darslar aralash sinflarda o‘tilgan, shuningdek, o‘qituvchilar jinsining ham ahamiyati bo‘lmagan.

“Tolibon” mamlakatda yana hokimiyat tepasiga kelgan avgust oyida harakat matbuot kotibi Zabihulla Mujohid ayollarga “islom qonunlari doirasida” ishlash, o‘qish va jamiyat boshqaruvida ishtirok etishga ruxsat berilishini aytgan edi. Shu bilan birga, toliblarning shartlariga ko‘ra, Afg‘onistonda ayollarning barchasi hijob (paranji) kiyishi kerak bo‘ladi. “Tolibon” avvalgi boshqaruvi davridan farqli ravishda bu safar ayollarning uydan yolg‘iz, erkaklar hamrohligisiz chiqa olishi mumkinligini kafolatlamoqda.

Keyinchalik Mujohid Afg‘onistondagi ishlaydigan ayollarni o‘z xavfsizligi uchun uydan chiqmaslikka chaqirgandi. “Bizning xavfsizlik kuchlarimizga ayollar bilan qanday munosabatda bo‘lish, ular bilan qanday muloqot qilish haqida o‘rgatilmagan. Mamlakatda to‘liq xavfsizlik o‘rnatilmaguncha ayollardan uyda qolishini so‘raymiz ”, — degan edi harakat vakili.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi