• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Ular hujjatni o‘zicha talqin qilib, siyosiy maqsad yo‘lida foydalanmoqda”. 1991-yilgi hujjat Ukrainaga urush e’lon qilishda dastak qilib ko‘rsatishga yaraydimi?

    Meduza Der Spiegel jurnalining “Qayta topilgan 1991-yilgi hujjatlar Rossiya tomonidan qo‘yilgan ayblovlarini tasdiqlaydi” sarlavhali maqolasi bo‘yicha Kardiff universiteti tarixchisi Sergey Radchenkoga bir qator savollar bilan murojaat qildi. “Daryo” bu suhbatni o‘zbek tiliga o‘girdi.

    Foto: Sven Simon / imago images / Scanpix / LETA

    24-fevral kuni Ukrainaga urush e’lon qilgan Vladimir Putin NATO sharq tomonga bir dyuym ham kengaymasligi to‘g‘risida Rossiyaga va’da berilgani, lekin bu va’da buzilgani, xalqona tilda aytganda, shunchaki ahmoq qilishganini yana bir bor ta’kidladi.

    Bundan bir hafta oldin Germaniyaning Der Spiegel nashri “Qayta topilgan 1991-yilgi hujjatlar Rossiya tomonidan qo‘yilgan ayblovlarini tasdiqlaydi” sarlavhasi ostida maqola chop etgandi. Maqola muallifi NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning tashkilot, Putin bayonotlaridan farqli o‘laroq, kengaymaslikka hech qachon va’da bermagani haqidagi so‘zlarini shubha ostiga oladi. Spiegel’dagi maqolada, jumladan, shunday deyiladi:

    Amerikalik tarixchi va sovuq urush tadqiqotchisi Joshua Shifrinson Britaniya milliy arxividan topib olgan hujjatda bu va’da ochiq-oydin bayon etilgan.
    Gap 1991-yilning mart oyida Bonn shahrida AQSh, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya tashqi siyosati rahbarlarining Sharqiy Yevropadagi xavfsizlik masalalari, xususan, Polsha hamda Vengriyaning NATOga a’zo bo‘lishi mumkinligi borasidagi uchrashuvi haqida ketmoqda. O‘shanda Germaniya tashqi ishlar vazirligi hamda AQSh vakillari Yurgen Hrobog va Raymond Zets NATO sharq tomon kengaymasligi, shu sababli Polsha va boshqa Sharqiy Yevropa davlatlarini tashkilotga a’zo bo‘lishga undamaslik kerakligini ta’kidlagan.

    Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashining DXR va LXR mustaqilligini tan olishga bag‘ishlangan yig‘ilishida so‘zlagan nutqida Spiegel’da chiqqan maqolani tilga olgan. Nemis jurnalida chop etilgan hujjat Rossiyada G‘arb xiyonati haqidagi tezisning ishonchli isboti sifatida qabul qilindi.

    Lekin aslida ham shundaymi?

    Birinchidan, Sovuq urush tadqiqotchisi Meri Sarott Germaniyaning Welt am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida hujjat tamoman eski ekanligini qayd etgan: u bir necha yillardan beri jamoatchilik uchun ochiq axborot va xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassislar ham undan xabardor. Ikkinchidan, Kardiff universiteti tarixchisi va xalqaro siyosat bo‘yicha professori Sergey Radchenko baribir bu hujjatga yuridik kuchga ega bo‘lgan va’da sifatida qarab bo‘lmasligini Meduza’ga tushuntirgan. Nashr ushbu hujjatdagi so‘zlar qanday sharoitda aytilgani va xalqaro munosabatlar sohasida bu kabi va’dalar qanday standartlarga ko‘ra baholanishi kerakligi haqida Sergey Radchenko bilan suhbat uyushtirdi.

    — Bu haqiqatan ham Putinning haqligini isbotlovchi yangi hujjatmi?

    — Spiegel tilga olgan ushbu hujjat hamkasbim, tadqiqotchi Joshua Shifrinson tomonidan 2019-yil Britaniya arxivlaridan topilgan va bunga ikki yildan oshdi. Arxiv hujjatlari topilib turishi odatiy hol, lekin ular haqida yirik OAVlar yozmagunicha bu shunchaki mutaxassislar o‘rtasidagi suhbatning bir qismiligicha qoladi. Bir dona hujjat bilan butun vaziyatga baho berish mushkul. Biroq Putin tarix bo‘yicha mutaxassis emas, shuning uchun u siyosatchi sifatida hujjatlardan o‘zining ayrim siyosiy maqsadlariga erishishda foydalandi. Menimcha, u nima qilayotganini juda yaxshi biladi.

    Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti arxivida saqlanayotgan 1991-yil 6-martda Bonn shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakuni haqidagi hujjat 

    Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti arxivida saqlanayotgan 1991-yil 6-martda Bonn shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakuni haqidagi hujjat 
    Foto: University of California

    — Umuman olganda, Germaniya Tashqi ishlar vazirligi vakilini bunday bayonot bilan chiqishga undagan muzokaralar mazmuni qanday edi?

    — Bu vaqtga kelib (1991-yilning mart oyida), 1990-yil oktabr oyida Germaniyaga nisbatan yakuniy kelishuv to‘g‘risida shartnoma tuzilishiga sabab bo‘lgan “2+4” formatidagi muzokaralar allaqachon tugagandi. Ushbu jarayon tarixi Berlin devori qulashiga borib taqaladi. Sharqiy Germaniya G‘arbiy Germaniya bilan birlashgach, oldinda bir savol turardi — u NATOga avtomatik ravishda qo‘shiladimi? Gorbachyov bunga tish-tirnog‘i bilan qarshi edi va ushbu 1990-yil 9-fevraldagi kontekstda AQSh davlat kotibi Jeyms Beyker unga agar birlashgan Germaniya NATOga qo‘shilsa, tashkilot yurisdiksiyasi sharq tomonga bir dyuym ham kengaymasligi haqida va’da beradi. Ya’ni bunda Germaniyaning sharqiy qismi nazarda tutilgan.

    Lekin bu uchrashuvdan so‘ng NATO sharq tomonga umuman kengaytirilmasligi haqida gap-so‘zlar boshlandi. Hrobog imzo qo‘ygan ushbu hujjat Sovet rahbariyati tashkilotni kengaytirishga qanday munosabatda ekani borasida NATO yetakchilari fikrida kechgan o‘zgarishni aniq aks ettiradi.

    — Beyker va Hrobogda butun tashkilot nomidan shunday va’da berishga vakolat bormidi?

    — Albatta. Axir, Hrobog muzokaralarni Germaniya tashqi ishlar vazirligi nomidan olib borgan. Beyker ham Gorbachyovga NATO sharq tomonga bir qarich ham o‘tmasligi haqida aytgan vaqtda AQSh davlat kotibi hisoblanardi ya’ni Gorbachyov nazdida muzokaralar olib borish va shu kabi va’dalarni berish uchun to‘laqonli vakolatga ega shaxs maqomida edi. Boshqa tomondan, Beyker Vashingtonga qaytgach, AQSh prezidenti katta Jorj Bush NATO sharq tomonga kengaytirmaslik haqidagi ushbu pozitsiyani qo‘llab-quvvatlamasligi ma’lum bo‘ldi.

    Nima bo‘lganda ham, bu kabi va’dalar zimmaga hech qanday mas’uliyat yuklamaydi. Yuridik majburiyatlar ikki tomon roziligi va ular imzolagan hujjatni talab qiladi. Hrobog so‘zlari yozilgan hujjatni topib olgan Joshua Shifrinsonning o‘zi ham shunday fikrda. Unga ko‘ra, bu kabi va’da oral contract — og‘zaki kelishuv tushunchasiga mos tushadi. Biroq o‘ylashimcha xalqaro munosabatlarda bunday tushunchani qo‘llash mumkin emas.

    Hatto davlatlararo shartnomalar imzolangandan keyin ham ularni ratifikatsiya qilish kerak. Ba’zida tomonlardan biri imzolangan shartnomani xuddi “Strategik qurollarni cheklash II”da bo‘lgani kabi ratifikatsiya qilmaydi. Karter va Brejnev tugal kelishuvga kelib, imzo chekkan bo‘lsa-da, AQSh bu shartnomani ratifikatsiya qilmagan. Bunga misollar ko‘p: 1919-yilda AQSh Senati Millatlar Ligasi nizomini ratifikatsiya qilishdan ham bosh tortgan.

    — Shunga qaramay, Putin ko‘p yillardan beri takrorlab keladigan qarash Rossiyada juda mashhur — “va’da berishdi, lekin aldashdi”, deydi. NATO bunga javoban ushbu gaplarni rad etib, hech nima qilmaganini aytadi. Biroq umuman olganda hech qanday va’da berilmagan deb bo‘lmaydi, shunday emasmi?

    — To‘g‘ri, muzokaralarning qaysidir bosqichida nimadir yangragan, lekin buning ahamiyati yo‘qday edi. Ehtimol, qandaydir va’dalar ham bo‘lgan, lekin Sovet Ittifoqi o‘z tushunchasiga ko‘ra ish yuritishda davom etgan. Agar qandaydir bitim imzolanganida, Gorbachyovning ko‘ngli joyiga tushib, birlashgan Germaniya NATOga qo‘shib olinmasligi kerakligini talab qilishdan to‘xtardi, lekin u 1990-yil fevral oyidan keyin ham talab qilishda davom etadi (demak, hech qanday kelishuvga erishilmagan). Albatta, NATO hech qayoqqa kengayishi shart emas degan tushuncha bor edi, chunki hammasi yaxshi tomonga o‘zgarganday edi: Sovuq urushdan keyin dunyo gullab-yashnaydi va Sovet Ittifoqi, Rossiya ham yangi dunyoning bir qismiga aylanadi.

    — Bu va’dani majburiyatga aylantiruvchi hech qanday hujjat mavjud emas demoqchimisiz?

    — Mutlaqo haqsiz. O‘shanda har nima aytib tashlanavergan. Keyin Yelsin ham ko‘p narsalarni gapirgan. Lekin bu yerda Sovet tomonning va’dalar berilganidan keyingi xatti-harakatini kuzatish kifoya. G‘arb NATOni kengaytirmaslikka va’da bergani uchun Gorbachyov o‘z qo‘shinlarini GDRdan olib chiqqanini asoslovchi birorta Sovet hujjati bo‘lganida, boshqa gap edi. Lekin bunday hujjat ham, shu va’dadan so‘ng qandaydir qarorga kelib, keyin amerikaliklar tomonidan aldangan Gorbachyov munosabati ham yo‘q. U o‘ziga nimadir va’da qilingani uchun emas, balki boshqa tanlovi yo‘qligi uchun Germaniyaning birlashishiga rozi bo‘lgan. SSSR Germaniyada qololmasdi, chunki u allaqachon halokat yoqasiga kelib, parchalana boshlagandi. Lavrov va Putin bundan bexabar deb o‘ylamayman. Lekin ular hujjatni o‘zicha talqin qilib, siyosiy maqsad yo‘lida foydalanmoqda.

    — Lekin Beyker va Hrobog NATOni sharq tomon kengaytirmaslik haqida va’da bergan uchrashuvdan keyin nima o‘zgardi?

    — Bill Klinton prezidentligi davridayoq Sharqiy Yevropa davlatlari NATOga murojaat qila boshlagan, Klinton esa bu masalada qandaydir pozitsiyani egallashi zarur edi. Uning Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Entoni Leyk bu kabi iltimoslarga ijobiy javob berish kerakligini aytadi, chunki Rossiya bilan do‘stlik qanday tugashi noma’lum va umuman olganda, u yana to‘satdan avtoritar davlatga aylanib qolmasligiga kafolat yo‘q edi. Darhaqiqat, 1993-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan birinchi Duma saylovlari natijasi Rossiyaga nisbatan salbiy munosabatni har tomonlama asoslab bergan. Birinchi o‘rinda Liberal-demokratik partiya, uchinchi o‘rinda kommunistlar — “qizil va jigarranglar”ning revansh to‘lqini boshlanadi, unga Chechenistondagi urush ulanib ketadi, bu ham Rossiyaning liberal imijiga keskin ta’sir qiladi.

    Shu sababli o‘sha vaqtda Sharqiy Yevropa mamlakatlari Rossiya ayiq kabi kutilmaganda o‘rmondan yana chiqib kelishi mumkinligini ta’kidlay boshlaydi. Polsha prezidenti Lex Valesa 1993-yilning o‘zidayoq Rossiyadan imperializm tahdidini to‘xtatishni talab qilgan. AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Entoni Leyk va mamlakat davlat kotibi maslahatchisi Stroub Telbott NATOga a’zo bo‘lish Sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun xavfsizlikning ishonchli kafolati ekaniga ishongan holda bu pozitsiyani qo‘llab-quvvatlagan. Bu qarorga bugungi kun nuqtayi nazari bilan qarab, ularni ayblash qiyin.

    Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

    27.02.2022, 08:51   Izoh (0)   119744
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.