“Dailymail.co.uk” nashrining xabar berishicha, avstraliyalik erkak uch kun davomida hayotiga o‘lim xavf solib turganini payqamagan. U ilonni ko‘rib qolgandan keyin olgan surati internetda “virus” kabi tarqab ketdi.
Bir kuni Lokk Gilding garaj eshigi oldida katta ilonni ko‘rib qoladi. Erkak darhol yordam chaqirish uchun garajdan qochib chiqqan, qaytib kelganida esa ilon joyida yo‘q edi. U 3 kun davomida ilonni qidirgan. Uni topgach esa ilon yashiringan devorni ham suratga olgan.
Bu uzunligi 1,8 metr bo‘lgan piton bo‘lib chiqdi. U oylar davomida ozuqasiz yashashi mumkin, shuning uchun garajdagi uch kun uning uchun sinov emas.
“Men uni sumkaga solib, butalar orasiga qo‘yib yubordim. U ancha mamnun va xotirjam ko‘rinardi. Issiq joy topganidan xursand bo‘lsa kerak, — deydi Gilding.
Avvalroq Filippinning Tarlak-Siti shahrida Bam laqabli it homilador ayolni zaharli ilon hujumidan qutqarib qolgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)