• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bir kun avval o‘zimni ko‘prikdan suvga tashlamoqchi bo‘lib turgandim, ertasi kuni esa uyli bo‘ldim”. Qoraqalpog‘istonda yangi barpo etilgan ijtimoiy shaharcha va u yerda yashaydigan oilalar taqdiri

    Shavkat Mirziyoyev 23—24-fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib qaytdi. Biz jurnalistlar guruhi ushbu tashrifdan bir kun avval Qoraqalpog‘istonga yetib borib, kun davomida prezident o‘tgan yillarda borib ko‘rgan, bugungi kunda esa amalda bajarilgan loyihalarning ayrimlari bilan tanishdik. Ulardan biri Xo‘jayli tumani “Sarishungul” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi ijtimoiy shaharcha bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 20—21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida “Muruvvat” ayollar internatida ham bo‘lib, muassasa faoliyati bilan tanishgan, bu yerdagi shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar bergan edi. Davlat rahbari ko‘rsatmalari asosida “Muruvvat” uyi Nukus shahri hududiga ko‘chirilgan. Bu manzilda esa endilikda ijtimoiy shaharcha barpo etilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qiymati 7,6 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyiha binosi 3 ta blokdan iborat. Ushbu binoda yolg‘iz yashayotganlar, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar, kam ta’minlangan va uy-joyga muhtoj bo‘lgan 124 ta oila yashashi uchun barcha sharoit yaratilgan. Shuningdek, ijtimoiy shaharchada “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazi” xizmat xonalari tashkil etilgan bo‘lib, shu joyning o‘zida boquvchisini yo‘qotgan keksalarga sifatli ijtimoiy xizmat ko‘rsatiladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ijtimoiy shaharchada hokim yordamchisi hamda profilaktika inspektori xonalari mavjud. Shuningdek, mazkur hududga jamoat tartibini saqlash va nazorat qilish maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bundan tashqari, shaharchada 50 o‘rinli bolalar bog‘chasi, “Ishga marhamat” monomarkazi filiali tashkil etiladi. Shuningdek, bu joyda sport zal, sport maydonchasi, kutubxona, IT-markaz, Wi-Fi zonasi, kompyuter xonasi, do‘kon, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, sartaroshxona, poyabzal tikish ustaxonasi, to‘yxona, non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish sexi va aholi uchun boshqa sharoitlar yaratiladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Daryo” muxbiri bu yerda yashayotgan oila vakillari, shuningdek, mas’ullar bilan suhbatda bo‘ldi.

    Xo‘jayli tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Zamira Xo‘jamurodovaning ta’kidlashicha, bugungi kunda faqat 1-qavatda oilalar istiqomat qilishmoqda, yaqin orada 2 va 3-qavatlarga ham oilalar olib kelinadi.

    Xo‘jayli tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Zamira Xo‘jamurodova

    Xo‘jayli tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Zamira Xo‘jamurodova
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Oilalarning barchasi o‘zimizning tumanimizdan tanlangan. Asosan, nogiron, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar, voyaga yetmagan nogiron farzandini tarbiyalayotgan oilalarga uylar berilgan. Masalan, bir oilamizning miya saratoniga chalingan o‘g‘li bor edi. Ular bor mablag‘larini o‘g‘lining davolanishi uchun sarflashgan. Biroq ularning o‘g‘li vafot etdi. Oilaning ahvoli esa yaxshilanmadi. Oila boshi nogiron, uning ayoli esa tuman tibbiyot birlashmasida ishlaydi.

    Bizning maqsadimiz faqatgina oilalarga uy berish emas, balki ularni ish bilan ta’minlash. Bu yerdan sal nariroqda issiqxonalar bor, oilalar o‘sha yerda ishlashadi, kimdir issiqxonada ishlashni bilmasa, o‘zimiz o‘rgatamiz. Har bir oilaga alohida issiqxona berilgan. Shuningdek, yaqin atrofda tikuv sexi bor, oilalar vakillari o‘sha yerga ham ishga kirishlari mumkin. Bundan tashqari, pishiriq pishirish, sartaroshlik kurslarimiz bor, kimdir qiziqsa, shu kabi kasblarga ham o‘rgatamiz.

    Ijtimoiy shaharchada bolalar uchun 25 kishilik bog‘cha ham tashkil etilgan. Shuningdek, bu yerda dorixona, oziq-ovqat do‘konlari ham bor.

    Xo‘jayli tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Zamira Xo‘jamurodova

    Biz tuman hokimining o‘rinbosari aytib o‘tgan oila vakillari bilan ham suhbatda bo‘ldik.

    Dilnoza Raxmonqulova

    Dilnoza Raxmonqulova
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Ijtimoiy shaharchaga ko‘chib kelishimizdan avval 15 yil davomida ijarada yashadik. Bizning 2007-yilda tug‘ilgan Boburjon ismli o‘g‘limiz bor edi. U miya saratoni bilan kasallandi. O‘g‘limiz doim aytar edi, “aya, hamma narsamiz bor, lekin uyimiz yo‘q”, deb. Uni shifokorlarga ko‘rsatib yurgan vaqtlarimizda hayotdan ko‘z yumdi. Shundan so‘ng, uy-joy qilishga sharoitimiz bo‘lmadi, turmush o‘rtog‘im ham o‘pkasidan kasallanib qoldi. U kishi mehnatga layoqatsiz bo‘ldilar. Bir o‘zim juda qiynaldim. Qiyin sharoitda yashar edik.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Keyin esa bizga sharoitlari bor uy berishdi. Hozirgi kunda bir nafar farzandimiz ham bor.

    O‘zimizni mablag‘ tarafdan tiklab olish uchun bir sotixlik issiqxona ham berildi. U yerga mahalliy qora kartoshka ekkanmiz. Nasib qilsa, uning hosilini ham olamiz. Bu yerda bir inson uchun hayot davomida nima kerak bo‘lsa, hamma narsa yaratilgan.

    Dilnoza Raxmonqulova

    Biz bilan suhbatlashgan yana bir oilaning taqdiri esa anchagina murakkab sinovlardan o‘tgan. 32 yoshli Sayyora Sadikova dastlab turmushidan ajralgan, 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, bir yildan so‘ng afv etilgan, uzoq yillar mobaynida ijarada yashab yurgan, o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘lgan, ertasi kuni esa unga uy berilganini ma’lum qilishgan.

    Sayyora Sadikova

    Sayyora Sadikova
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Men 2014-yili turmushdan ajrashganimdan keyin ota-onam bilan birga yashadim. Yashagan vaqtlarimizda ukamning turmush o‘rtog‘i — kelinimiz bilan kelishmaganman. Farzandimni uyga tashlab, ishga chiqib ketganimda janjal bo‘lgan. Shu sabab uydan ham chiqib ketganman.

    O‘sha vaqtlarda bir xatoga yo‘l qo‘ydim, keyin esa 7 yilga ozodlikdan mahrum etildim. Oradan bir yil o‘tib, afv qilindim. U yerdan chiqib kelgach, uzoq vaqt davomida ishga joylasha olmadim.

    Farzandimni ota-onamga tashlab ketgandim, men qamoqdan chiqib kelganimda u 3,5 yoshda edi. Keyin esa farzandim bilan 4 yil davomida ijarada yashadik. Shunday kunlar bo‘lganki, o‘zim ishlab, farzandimni bir o‘zini tashlab ketdim, ijarada yashaydigan uyimizning pulini to‘lolmaganimizdan chiqib ketib, ko‘chada yashadik. Ancha vaqt prezident portaliga, tuman hokimligiga uy-joy masalasida murojaat bilan chiqqanman. Bizning murojaatimiz qabul qilinib, uyli bo‘ldik.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ijarada yashab yurgan vaqtlarimiz o‘g‘lim “biz qachon uy olamiz, boshqa sinfdoshlarimning uyi bor, bizniki yo‘q”, derdi. Bu yerga ko‘chib kelganimizda “aya, bu bizning uyimizmi?”, deganida uni qattiq quchoqlab yig‘lab yubordim.

    4-fevral kuni o‘g‘limning tug‘ilgan kuni edi. 3-fevral kuni kechqurun esa hokimiyatdan telefon qilishdi va menga uy berishganini aytishdi. Bu uy o‘g‘limning tug‘ilgan kuniga sovg‘a bo‘ldi. O‘g‘limga ertaga ko‘chishimizni, bizga uy berishganini aytib yig‘lasam, u ham menga qo‘shilib yig‘ladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘g‘lim tug‘ilgan kuniga velosiped olib berishimni so‘ragandi. O‘zim ishlasam-da, velosipedni olib berolmadim. Keyin unga “velosiped emas, prezidentimiz senga uy-joy sovg‘a qildilar”, deb aytdim.

    3-fevral kuni kechqurun pulim yo‘qligidan, o‘g‘limga hech narsa olib berolmaganimdan qattiq stressga tushib, ichimdagi bor narsani chiqarib yig‘lash uchun Bek ko‘prik nomli ko‘prikka kelgandim. O‘zimni ko‘prikdan suvga tashlab yubormoqchi bo‘ldim. O‘sha yerda turganimda Milliy gvardiya xodimlari meni ushlab qolishgandi. Keyin esa ota-onam bilan telefonda gaplashdim. Ular “sen o‘lib ketaverasan, lekin bu yerda farzanding qolib ketadi. Kelajakda u ham sendan ortiq bo‘lmaydi, u ham qamaladi, yaxshi bo‘lmaydi. Biz ham qari kishilarmiz, qachondir vafot etamiz”, deyishdi. Farzandim ham telefonda “meni tashlab ketyapsizmi?”, deb yig‘ladi, men ham unga qo‘shilib yig‘ladim.

    Agar o‘sha vaqtda o‘zimni suvga tashlab yuborganimda bu narsalarni ko‘rmas edim, farzandim ham yetim bo‘lib qolar edi. Hozir bu yerdaligimni ko‘rib “tush bo‘lsa kerak”, deyman. Axir uy berishlaridan bir kun avval ko‘prik ustida o‘zimni suvga tashlash uchun turgandim. Endi faqat farzandim uchun yashayman.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bu yerda barcha sharoitlar, jumladan, bolalar bog‘chasi, issiqxonalar bor. Shuningdek, kasbga o‘qish uchun sharoitlar ham qilib berishdi. Men go‘zallik salonida ishlash uchun o‘qimoqchiman. Farzandim kompyuterga qiziqadi, u ham bu borada o‘qiyapti. Bundan tashqari, bizga issiqxona berishdi, o‘sha yerga kartoshka ekkanmiz.

    Hozirgi kunda qiyin ahvoldagi ayollarga noto‘g‘ri yo‘llarga kirmasliklarini, faqat va faqat sabr qilishlarini aytib qolaman.

    Sayyora Sadikova

    Albatta, har bir qiyinchilik vaqtlar o‘tib ortda qoladi. Davlat ham o‘zining fuqarolariga befarq emas. Bu narsalarni aynan shu lahzalarda, ushbu qahramonlarimiz kabi turli taqdirlarni ko‘rgan insonlardan eshitib, bilib olish mumkin.

    Mavzuga doir:

    • “Prezident bilan bir kun”: Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istondagi dastlabki kuni qanday o‘tdi?
    • Hududlarga biriktirilgan viloyat hokimlari, kichik tumanlarga beriladigan katta mablag‘lar, qiymati 108 million dollar bo‘lgan shamol elektr stansiyasi — prezidentning Qoraqalpog‘istonga tashrifidan keyingi xulosalar

    27.02.2022, 09:22   Izoh (0)   24372
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Rastamojka” pasayishi UzAuto Motors’ga qanday ta’sir qiladi? S&P tahlili

    27.02.2022, 08:21

    Qurollangan kiyevlik ayol, boshpanaga aylangan metro, odamlarni uchirayotgan bo‘ron. Hafta suratlari

    27.02.2022, 00:45

    Toshkentdagi bir nechta ko‘cha 27-fevral kuni 3 soatga yopiladi

    26.02.2022, 23:15

    O‘zbekiston fuqarolaridan iborat birinchi evakuatsiya guruhi Lvovdan Polsha chegarasiga qarab yo‘lga chiqdi (video)

    26.02.2022, 22:45

    “Ikki qush urishsa, ovchiga foyda” — Xayrulla Nuriddinov Ukraina va Rossiya voqealari haqida

    26.02.2022, 22:10

    “Derazadan ko‘rib turibman: tashqarida bomba portlamoqda”. Ukrainada yashayotgan o‘zbekistonliklar bilan suhbat

    26.02.2022, 21:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.