Shveysariyaning Nyon shahrida 25-fevral, juma kuni Yevropa Ligasi musobaqasining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi.
Yevropa Ligasi guruh bosqichida birinchi o‘rinni olgan jamoalar birinchi savatchadan joy olgan bo‘lsa, o‘tish o‘yinlari g‘oliblari ikkinchi savatchaga joylashtirilgan edi.
O‘tish o‘yinlarida “Borussiya D”ni mag‘lub etgan “Reynjers” “Srvena Zvezda” bilan bahs olib borsa, “Leypsig” Domeniko Tedeskoning sobiq jamoasi “Spartak” bilan kuch sinashadi. “Barselona” esa Turkiyaning “Galatasaroy”ini sinovdan o‘tkazadi.
1/8 finali qur’asi quyidagicha ko‘rinish oldi:
- “Reynjers” (Shotlandiya) — “Srvena Zvezda” (Serbiya)
- “Braga” (Portugaliya) — “Monako” (Fransiya)
- “Portu” (Portugaliya) —“Lion” (Fransiya)
- “Atalanta” (Italiya) —“Bayer” (Germaniya)
- “Sevilya” (Ispaniya) — “Vest Hem” (Angliya)
- “Barselona” (Ispaniya) — “Galatasaroy” (Turkiya)
- “Leypsig” (Germaniya) — “Spartak Moskva” (Rossiya)
- “Betis” (Ispaniya) — “Ayntraxt” (Germaniya)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)