• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya Ukrainaning muhim harbiy obyektlariga uyushtirgan hujumidan keyin nimalar sodir bo‘lmoqda? “Daryo” dayjesti

    Rossiya 24-fevral kuni Donbassda “maxsus harbiy operatsiyalar” boshlagandi. Donbassdagi harbiy operatsiyalar tufayli ushbu jarayon butun dunyoda keng jamoatchilikning diqqat markazida bo‘ldi. “Daryo” 24-fevral kuni soat 13:00 dan 23:00 gacha e’lon qilingan mazkur mavzuga oid xabarlarni bir sahifaga jamlab, dayjest shaklida e’tiboringizga havola qiladi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Mavzuga doir: Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyasi”. Asosiy ma’lumotlar

    Rossiya Ukrainaga havodan bergan zarbalar oqibatiRossiya harbiylari Ukraina harbiy infratuzilma obyektlarining 74 tasi vayron qilinganini, jumladan, 11 ta aerodrom va 3 ta qo‘mondonlik punkti, shuningdek, harbiy-dengiz bazasi yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Mazkur ma’lumotni Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov tasdiqlagan.

    Shuningdek, hujumlar oqibatida PVO s-300 hamda “Buk – M1” zenit-raketa komplekslarining 18 ta radiolokatsiya stansiyasi (RLS) yo‘q qilingan.

    Bundan tashqari, ma’lumotlarga ko‘ra harbiy vertolyot urib tushirilgan va to‘rtta uchuvchisiz boshqariladigan “Bayraktar TB-2” qurilmalari havoda yo‘q qilingan.

    Rossiya harbiylari Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyalarni davom ettirmoqda, DXR va LXR qo‘shinlari dushman mudofaasini yorib kirishga urinmoqda, deya ma’lumot bergan Rossiya Mudofaa vazirligining vakili Igor Konashenkov. Uning so‘zlariga ko‘ra, Donetsk va Lugansk qo‘shinlarining bo‘linmalari Ukraina quruqlikdagi harbiy eshelonining himoyasini yorib o‘tib, 6-8 kilometr ichkariga kirgan. Shuningdek, Konashenkov ushbu ishlar Rossiya artilleriyasi va armiya aviatsiyasining ko‘magi bilan muvaffaqiyatli amalga oshirilganini qayd etgan.

    Rossiya diplomatik missiyalari xodimlarini Ukrainadan evakuatsiya qilish ishlari yakunlandiRossiya Ukrainadagi diplomatlarini evakuatsiya qilishni yakunladi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qilgan.

    “Diplomatlarimizni Ukrainadan evakuatsiya qilish ishlari tunda yakunlandi. Ukrainada xorijiy muassasalarimiz – diplomatik va konsullik idoralarimiz faoliyat olib bormayapti. Endi u yerda diplomatlarimiz yo‘q”, — degan Zaxarova “NTV” telekanali efirida.

    Kiyevdagi havo hujumidan himoya trevogasiKiyev shahri davlat administratsiyasi Ukraina poytaxtida havodan hujum xavfi mavjudligi haqida xabar qildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Kiyevda havodan hujum xavfi ortgani tufayli trevoga e’lon qilindi! Barchadan tezkorlik bilan fuqaro muhofazasi maxsus joylariga yashirinishni so‘raymiz!” – deya xabar bergan Kiyev shahri administratsiyasi.

    Kiyev metrosidagi poyezdlar harakati to‘xtatilgan “Beresteyskaya”, “Nivki”, “Svyatoshin” va “Jitomirskaya” bekatlari havodan hujum xavfi sabab e’lon qilingan trevoga vaqtida odamlarning yashirinishi uchun maxsus joylarga aylangan. Bu haqda Kiyev meri Vitaliy Klichko bayonot qilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev metrosidagi barcha stansiyalarga odamlar istalgan vaqtda kelib joylashishi mumkin. Xarkovda ham odamlar metro bekatlarida havodan beriladigan hujum zarbalaridan saqlanishga urinmoqda.

    Mavzuga doir: Vayron bo‘layotgan shaharlar, yaralangan odamlar, shaharga qulagan raketa. Ukrainadan fotoreportaj 

    G7 davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlamoqdaKatta yettilik mamlakatlarining rahbarlari Ukrainaga qarshi maxsus harbiy operatsiyani boshlagani uchun Rossiyani qoralab, Kiyevga ko‘mak berishga tayyorliklarini bildirishdi. G7 mamlakatlari bu haqidagi bayonotni imzolagan.

    “Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganini keskin qoralaymiz. Ukrainaga hamdard ekanimizni va ushbu mamlakatga har tomonlama ko‘mak berishga tayyorligimizni bildiramiz”, – deyiladi hujjatda.

    Estoniyaga joylashtirilgan AQSh qurollariEstoniyadagi Emari aviabazasiga AQSh harbiy havo kuchlarining F-35 qiruvchi samolyotlari qo‘ngan. Shuningdek, F35 qiruvchi samolyotlari Litva shimolidagi Shyaulyay qishlog‘iga ham joylashtirilgan.

    Estoniya qurolli kuchlarining bosh shtabi qiruvchi samolyotlar AQSh hukumati tomonidan Ukrainadagi vaziyat keskinlashgani tufayli Boltiqbo‘yi mamlakatlari hududiga yo‘naltirilgan.

    “AQSh tomonidan shu haftada Estoniyadagi ittifoqchilarni eng zamonaviy samolyotlar bilan kuchaytirish haqidagi qaror mamlakatning o‘z ittifoqdoshlarini himoya qilishga bel bog‘laganligidan dalolat bermoqda”, – degan Estoniya mudofaa vaziri Kalle Laanet.

    Shuningdek, AQSh Boltiqbo‘yidagi pozitsiyasini Polshaga F-35 qiruvchi samolyotlari, AH-64 shturm vertolyotlari va 800 nafar askardan iborat maxsus bo‘linmalar yuborish orqali ham yaxshilamoqda, deyiladi Estoniya bosh shtabi axborotida.

    Litva Mudofaa vazirligi esa Litva, Latviya va Estoniyaga 800 ga yaqin harbiylar, 8 ta F-35 qiruvchi samolyotlari, 20 ta AH-64 Apache vertolyotlari ajratilganini bildirgan.

    Rossiyadagi va butun dunyodagi Ukrainaga qilingan hujumni qoralab o‘tkazilayotgan norozilik namoyishlari24-fevral kuni Rossiyaning bir nechta shaharlarida Ukrainaga qarshi boshlangan urushga nisbatan norozilik namoyishlari o‘tkazildi. “OVD-Info” ma’lumotlari bo‘yicha Moskva vaqti bilan 20:39 holatiga (Toshkent vaqti bilan 22:39) mamlakatning 44 ta shahrida mingga yaqin odam hibsga olingan. Moskvaning o‘zida 472 nafar kishi qo‘lga olingan.

    Shuningdek, Latviya, Estoniya, Polsha, Avstraliya, Yaponiya, Germaniya, Ispaniya, Livan, Shvetsiya, Norvegiya, Isroil, Niderlandiya va Fransiya kabi davlatlarda aholi Ukrainaga e’lon qilingan urushni qoralab, ko‘chalarga chiqib norozilik namoyishlari o‘tkazgan. Ular Rossiya elchixonalari yoniga Ukraina bayroqlarini ko‘targan holda chiqib, urushni to‘xtatishni talab qilmoqda.

    Buyuk Britaniya Rossiya va Belarusga qarshi sanksiyalar qo‘lladiBuyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qildi. Bu haqda Sky News va BBC xabar tarqatgan.

    Yangi sanksiyalar quyidagi cheklovlar va taqiqlarni qamrab olgan:

    100 ga yaqin rossiyalik jismoniy shaxslar va kompaniyalarga sanksiyalar qo‘llanildi. VTB, “Rostex” va Vladimir Putinning kuyovi ekanligi taxmin qilinadigan Kirill Shamalov shular jumlasidan;

    • “Aeroflot”ning Buyuk Britaniya hududiga parvozlariga taqiq qo‘yildi;
    • Rossiya fuqarolari Britaniya banklarida saqlashi mumkin bo‘lgan mablag‘larga cheklovlar belgilandi;
    • Rossiyaning katta kompaniyalarining Britaniya bozorini moliyalashtirishiga taqiq qo‘yildi;
    • Rossiyaga yuqori texnologiyalar va neftni qayta ishlash uskunalarining eksporti taqiqlandi.
    Xuddi shunday sanksiyalar Belarusga nisbatan ham joriy qilingan.

    Putin Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya ilojsizlik oqibatida amalga oshirilgani haqida gapirdi“Sodir bo‘layotgan ishlar ilojsizlik sabab amalga oshirilgan chora. Boshqacha yo‘l tutishimizga imkon qoldirishmadi. Xavfsizlik borasidagi xavotirlar oqibatida boshqacha vositalar bilan javob berish ilojsiz bo‘lib qoldi. Barcha urinishlar (diplomatik yo‘l) samarasiz bo‘ldi. Rostini aytsam, o‘zim ham hayratdaman. Hech bir masalada vaziyat loaqal bir millimetrga ham o‘zgarmadi”, — degan Putin.

    U Rossiya Ukrainada harbiy operatsiyalar boshlamaganida bundan ham og‘irroq tavakkallarga duch kelinishining ehtimoli oshishini bildirdi.

    “Shunday tahdidlar yuzaga kelardiki, buyog‘iga mavhumlik cho‘qqiga chiqib, mamlakat butunlay yo‘q bo‘lib ketishi hech gap emasdi. Albatta, biz qanday dunyoda yashayotganimizni yaxshi tushunamiz, qarama-qarshiliklar va sanksiyalar siyosati bo‘lishidan ham xabardormiz”, — deya qayd etgan Rossiya prezidenti.

    Zelenskiy nima demoqda?Ukraina tinchlik o‘rnatish yo‘liga qaytish kerak deb hisoblaydi, deya bayonot qilgan mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra Ukraina armiyasida yo‘qotishlar mavjud, biroq harbiylar Rossiyaning ko‘plab samolyotlari va bronotexnikasini ham yo‘q qilgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    “Urush yo‘lini Ukraina tanlagani yo‘q, biroq Ukraina tinchlik o‘rnatish uchun muzokaralarga qaytishni taklif qiladi”,— degan Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan videomurojaatida.

    U Rossiyada urushga qarshi norozilik namoyishlariga chiqqan aholida hukumatdan urushni to‘xtatishni talab qilishni so‘radi.

    “Bizni eshitayotgan, dardimizni tushunayotgan bo‘lsangiz, Rossiyaning suveren davlat chegarasini buzib bostirib kirganini anglagan bo‘lsangiz, iltimos, maydonlarga chiqing, o‘z mamlakatingiz prezidentiga murojaat qiling. Biz, ukrainaliklar hozir o‘z yerimizdamiz”,— deya ta’kidlagan Zelenskiy.

    Jo Bayden ham Ukrainaga bostirib kirgan Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llanilganini  e’lon qildi

    AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirgani va u yerda harbiy operatsiyalarni boshlagani uchun mamlakatga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qildi.

    Sanksiyalarda quyidagilar ko‘zda tutilgan:

    • Rossiya biznesining dollar, yevro, funt va iyenadagi operatsiyalari cheklanadi;
    • Rossiyaga yuqori texnologiya mahsulotlari importida 50 foizlik cheklovlar belgilanadi;
    • Rossiyaning 4 ta banki, jumladan, VTBga nisbatan sanksiyalar;
    • AQSh va YI bozorlarida Rossiya davlat kompaniyalarining munosabatlari cheklandi;
    • Rossiyalik amaldorlar, katta biznesmenlar va ularning oila a’zolariga nisbatan sanksiyalar qo‘llandi.

    25.02.2022, 00:52   Izoh (0)   105738
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bayden Ukrainadagi vaziyat tufayli Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirdi

    24.02.2022, 19:36

    Vayron bo‘layotgan shaharlar, yaralangan odamlar, shaharga qulagan raketa. Ukrainadan fotoreportaj

    24.02.2022, 18:57

    NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya tarixni qayta yozish uchun kuch ishlatayotgani haqida gapirdi

    24.02.2022, 18:15

    Ukraina Rossiyaning raketa zarbalari oqibatida 40 dan ortiq harbiy xizmatchi halok bo‘lganini ma’lum qildi

    24.02.2022, 16:00

    Ukraina milliy politsiyasi rahbari ichki ishlar organlari faxriylariga qurol tarqatishni buyurdi

    24.02.2022, 15:51

    Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarni uzdi

    24.02.2022, 15:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.