UEFA Chempionlar Ligasi finali Sankt-Peterburgdan Parij shahriga ko‘chirildi. Bu haqida UEFA rasman e’lon qildi.
Chempionlar Ligasi finali 28-may kuni “Gazprom Arena”da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Ammo Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush tufayli Parijdagi “Stad de Frans” stadioniga ko‘chirildi.
UEFA ijroiya qo‘mitasi Yevropadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani sababli navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda nufuzli musobaqa finali Sankt-Peterburgdan Parijga ko‘chirilish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Shuningdek, Rossiya va Ukraina klublari ma’lum muddat o‘z o‘yinlarini neytral stadionlarda o‘tkazilishi belgilangan.
24-fevral kuni Putin Donbassda “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganini e’lon qildi. Ayni vaqtda Ukrainaning qator hududlarida harbiy harakatlar davom etmoqda.
Izoh (0)