• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Giyohvandlar orasidan chiqqan milliarder. Floyd Meyvezerning boksga kirib kelishi va qashshoqlikda o‘tgan bolaligi haqida

    Floyd Meyvezer nomi bugungi kunda dunyoning eng boy sportchilaridan biri va boks tarixidagi eng yaxshi jangchi sifatida e’tirof etiladi. U dunyo bo‘ylab o‘nlab koshonalarga, millionlab dollarlarga bezatilgan yuzlab hashamatli sport avtomobillarga, shaxsiy samolyotlarga va “qop-qop” pullarga egalik qiladi. U o‘z shaxsiy biznes imperiyasiga asos solgan va uni muvaffaqiyatli boshqarib kelmoqda. Meyvezerning ringdagi faoliyati esa ortiqcha izoh va sharhga ehtiyoj sezmaydi.

    Foto: Instagram / Floyd Meyvezer

    U professional boksdan ketganidan keyin ham bir necha ko‘rgazmali janglarda qatnashib, “astronomik pullar”ni ishlab olgan. Bunga misol sifatida Konor Makgregor va bloger Logan Polga qarshi o‘tkazilgan janglarni misol keltirish mumkin. Ammo 24-fevral kuni 45 yoshga to‘lgan Floydning sarguzashtlari ham doim bunday silliq bo‘lmagan. U o‘ta og‘ir qashshoqlikda katta bo‘lgan va o‘z tog‘asi tomonidan otib tashlanishiga bir baxya qolgan.

    Floydning otasi og‘ufurush, onasi esa giyohvand bo‘lgan

    Floyd 1977-yilda bokschilar oilasida tug‘ilgan: otasi katta-Floyd (uning ismi ham Floyd bo‘lgan), amakilari Jeff va Rojer ham boks bilan shug‘ullangan. Rojer hatto ikki vazn toifasida jahon chempioni bo‘lishga ham muvaffaq bo‘lgan. Meyvezerning otasi, garchi yaxshi bokschi bo‘lsa-da, yulduz maqomiga erisha olmagan.

    Jeff Meyvezer va Floyd Meyvezer

    Jeff Meyvezer va Floyd Meyvezer
    Foto: Getty Images

    Biroq katta-Floyd giyohvand moddalarni tarqatishda yaxshigina “muvaffaqiyat qozongan”. Floydning onasi ham giyohvand moddalarga qaram bo‘lgan. U Meyvezerning otasi bilan aynan shu narsa sabab tanishgani ham ayni haqiqat. Bundan oldin ham uning boshqa erkaklardan ikki qizi bor edi. Meyvezerlarning yashash joyi esa tom ma’noda giyohvandlar uyini eslatib yuborardi.

    Floyd hali ikki yoshga to‘lmaganida, onasi Debora Sinklerning amakivachchasi Toli Sinkler bokschining otasiga ov miltig‘i bilan hujum qiladi. Bunga Meyvezerning undan qarzdorligi sabab bo‘lgandi. Ota o‘g‘lini himoya qilish o‘rniga undan qalqon sifatida foydalanadi. Yaxshiki, bu ish bermaydi: o‘q katta-Meyvezerning oyog‘iga tegadi. Bola mo‘jiza tufayligina omon qoladi.

    Meyvezerning bolaligi ishchilar yashovchi Grand-Rapids shahrida o‘tadi, u yerda omon qolishning esa atigi bir necha yo‘li bor edi: mebel sanoatida ishlash, avtomobil qismlarini ishlab chiqarish yoki giyohvand moddalarni tarqatish. Ammo biroz vaqt o‘tgach, oila Nyu-Jersiga ko‘chib o‘tadi.

    Bokschining o‘zi o‘sha vaqtni dahshat bilan eslaydi: “O‘shanda ko‘rganlarimni hech qachon unutmayman. Yo‘laklar yoritilmasdi, noto‘g‘ri tomonga burilib ketasiz va agar o‘ldirishmasa, hech qanday savolsiz talon-taroj qilinasiz. Bir xonali uyda yashardik, u yer isitilmasdi, issiq suv ham yo‘q edi. Yetti kishi edik. Umuman hech qanday buyum bo‘lmagan. Omon qolishga imkon qadar harakat qilardik”.

    Floyddagi boksga bo‘lgan iste’dodni buvisi payqagan

    Floyd uzoq vaqt davomida onasining familiyasida bo‘lgan — Sinkler. Chunki u nikohsiz bola edi. Yetti yoshida esa otasi ilk marta Meyvezerni boks zaliga olib boradi, ammo jangchining taqdirini belgilagan asosiy shaxs uning buvisidir.

    Foto: Instagram / Floyd Meyvezer

    “Kunlardan bir kuni boksni tashlab, ish topish haqida o‘ylaganman, ammo buvim boks bilan shug‘ullanayotganimni ko‘rib shunday dedi: ‘Yo‘q, boks bilan shug‘ullanishing kerak. Albatta, muvaffaqiyatga erishasan va puling ham ko‘p bo‘ladi’. Bu so‘zlar, ehtimol, hayotimni belgilab bergandir”, — deya eslaydi Floyd.

    Meyvezer mahalliy musobaqalarda qatnasha boshlaganida, baribir otasining familiyasini oladi — bu shunchaki boks olamida ma’lum bo‘lgan nomdan foydalanish edi. Shu tariqa katta-Meyvezer uning ilk murabbiyiga aylanadi. Biroq ota-bola uzoq muddat birga ishlay olmaydi. U giyohvand moddalar tarqatgani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum etiladi.

    Katta-Meyvezer noqonuniy faoliyatini oilasini boqish va bo‘lajak ring yulduziga yordam berish uchun qilgani bilan izohlaydi.

    Katta-Meyvezer

    Katta-Meyvezer
    Foto: Getty Images

    Shundan keyin uni Rojer ismli amakisi shug‘ullantira boshlaydi va aynan u bokschini eng yirik g‘alabalar sari yetaklaydi. Floydning o‘zi ham buni tasdiqlaydi: “Otam usiz hech narsaga erisha olmasligimni aytishni yaxshi ko‘radi, ammo u qilgan yagona narsa — meni sport zaliga olib borgani edi”.

    Rojer jiyaniga naq 15 yil davomida murabbiylik qildi, ammo 2016-yilga kelib, uning sog‘lig‘i juda yomonlashdi. U qandli diabet va bir qator boshqa kasalliklardan aziyat chekadi, umrining oxirlarida esa xotirasi keskin pasayib ketgandi. Rojer 2020-yilda olamdan ko‘z yumadi.

    Ota va o‘g‘il o‘rtasidagi munosabatlar har doim murakkab bo‘lgan. Ammo hozir Meyvezerlar bir-biri bilan yaxshi chiqishadi. Menni Pakyaoga qarshi jangdan beri (2015-yil) Meyvezer o‘g‘lining burchagidan joy olib keladi.

    Aytishlaricha, Floyd boksdagi ilk yirik g‘alabalarni qo‘lga kirita boshlaganida maktabni butunlay tashlab qo‘yadi, hatto uning karra jadvalini ham to‘liq bilmasligi aytiladi. Hozir Meyvezerning bu jadvalni bilishi yoki aksincha ekanligi noma’lum, ammo u tarixdagi eng boy ikki sportchining biri hisoblanadi.

    Meyvezerning so‘zlariga ko‘ra, uning boyligi 2021-yilda 1,2 mlrd dollarga yetgan. Bokschining hech kimga o‘xshamasligi va agar kerak bo‘lsa, 50 yoshda ham yangi chaqiriqlarga (barcha sohalarda) tayyorligi hisobga olinsa, bu miqdorning yana oshishi va uning yangidan yangi qirralari ochilishiga shubha yo‘q.

    Mavzuga doir:

    • Floyd Meyvezer Oskar de la Hoyani taxtdan ag‘dargan kecha. Boks tarixidagi eng bahsli jang haqida
    • Hashamatli qasrlar, xususiy samolyotlar, mashinalar, zargarlik buyumlari va qimmatbaho soatlar. Yengilmas bokschi Floyd Meyvezer millionlarini nimalarga sarflaydi?

    24.02.2022, 23:54   Izoh (0)   82389
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Borussiya D” Yevropa Ligasidan chiqib ketsa, Erling Holand o‘z kelajagiga oydinlik kiritish uchun Mino Rayola bilan uchrashadi

    24.02.2022, 20:28

    Rasman: Server Jeparov “Lokomotiv”ga qaytdi

    24.02.2022, 19:32

    UEFA Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi vaziyat tufayli YChL finali mezbonligini Sankt-Peterburgdan olib qo‘yadi

    24.02.2022, 17:51

    Osiyo Kubogi—2023 yo‘lida. O‘zbekiston terma jamoasi joy olgan guruh taqvimi e’lon qilindi

    24.02.2022, 15:36

    Koronavirusga chalingani aytilgan Eldor Shomurodov “Roma” mashg‘ulotlariga qaytdi

    24.02.2022, 14:33

    Ukraina Premyer Ligasi to‘xtatildi. RPL esa navbatdagi turni qoldirishni muhokama qilmoqda

    24.02.2022, 13:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga to‘rtinchi kun ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 16:15

    Layklar ko‘p, yaqinlik kam: ijtimoiy tarmoqlar qanday qilib yolg‘izlik hissini kuchaytiradi?

    Layfstayl | 27 iyun, 16:15

    “Manchester Siti” O‘zbekistondan yana bir futbolchi sotib olishi mumkin

    Sport | 27 iyun, 15:59

    BMT: Ukrainadagi urushda dronlar ko‘proq tinch aholiga hujum qilmoqda

    Dunyo | 27 iyun, 15:50

    Shimoliy Koreyada ilk bor turistik kurort ochiladi

    Dunyo | 27 iyun, 15:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.