Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqandda “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkiloti tarafdorlari faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi viloyat IIB bilan hamkorlikda fevral oyida tezkor tadbir o‘tkazgan. Tadbir doirasida Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi A.O. boshchiligidagi 8 nafar mahalliy fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda “virtual xalqa” tuzib, “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni muntazam ravishda tarqatib, muhokama qilib kelgani aniqlangan.

Shuningdek, mazkur guruh yetakchisi A.O. internet tarmog‘i orqali “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkiloti g‘oyaviy rahnomalaridan biri 1980-yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi M.X. (laqabi Mahmud Abdulmo‘min) bilan aloqa bog‘lab, uning ko‘rsatmalari asosida faoliyat olib borayotgani ma’lum bo‘lgan.

O‘tkazilgan tadbir davomida “virtual xalqa” a’zolarining noqonuniy faoliyatini fosh etuvchi ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qo‘yib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) 1-qismi, 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atigan.

Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova