Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Taniqli tadbirkor Alisher Usmonovning singlisi Saodat Narziyevaning Shveysariyaning Credit Suisse bankidagi pul mablag‘lari va shaxsiy hisobraqamlari haqida ma’lumotlar tarqalgandi. Usmonov matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Ba’zi mas’uliyatsiz OAVlar OCCRP ma’lumotlariga tayanib, tadbirkor, moliyachi va metsenat Alisher Usmonovning singlisi Saodat Burxonovna Narziyevaning shaxsiy hisob-raqamlariga qo‘yilgani aytilayotgan mablag‘lar haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatmoqda.

Mablag‘lar va Narziyevaning shaxsiy hisob raqami to‘g‘risidagi mazkur ma’lumotlar mutlaqo haqiqatga mos kelmaydi va shubhasiz, Alisher Usmonovning nomiga dog‘ tushirish, unga soya solish maqsadida tarqatilmoqda, “qovurilgan fakt” ixlosmandlari esa jurnalist odob-axloq me’yorlarini mensimay, ularga tayanyapti.

Alisher Usmonovning matbuot xizmati g‘arazli tuhmat tarqatuvchilarni javobgarlikka tortish, jabrlanganlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha choralar ko‘rilishini ma’lum qiladi.

Alisher Usmonovning matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka oid tadqiqotlar markazi (OOCRP) hamda 39 ta mamlakatdan, jami 48 ta ommaviy axborot vositasida faoliyat olib boruvchi jurnalistlar #SuisseSecrets (“Credit Suisse sirlari”) surishtiruvini e’lon qildi. Credit Suisse bankida O‘zbekistondagi mashhur shifokorlardan biri, akusher-ginekolog Saodat Narziyevaning ismi-sharifi ham keltirilgan edi. Uning hisob raqamidagi mablag‘lar muayyan davrda 1 milliard 855 million Shveysariya franki (2 milliard 22 million dollar) ga yetgani qayd etilgan.

Avvalroq Alisher Usmonov va hamkorlari oltin bilan shug‘ullanadigan kompaniya tashkil qilgani, Alisher Usmonovga aloqador bo‘lgan kompaniya “Ohangaronsement”ni sotib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi