Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Raqamlarni ko‘ryapsizmi? Agar shunday bo‘lsa, necha raqam?”, — deb yozadi Benonwine nomli Twitter foydalanuvchisi optik illyuziyaga ega tvitga.

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Ushbu oddiy tasvir orqali ko‘rishning yuqori kontrastli sezgirligi bor yoki yo‘qligini bilib olish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, obyektlar va fon o‘rtasidagi farqni qanchalar aniq ko‘ra olish tekshiriladi.

Izohlarda juda ham ko‘p turli xil javoblar mavjud. Ko‘pchilik 528, 45283 va 15283 ni ko‘rgan.

“Men yetti raqamini ko‘rmoqdaman. Ba’zi odamlar faqat 3 va 5 ni ko‘ryapti”, – deb javob berdi @suzihands.

“Men 45283 raqamini ko‘ryapman, lekin boshqa javoblarga qarab, yana ikkita raqamni ko‘rdim. Men u yerda boshqa raqamlar borligini ko‘ryapman, lekin ularni aniqlay olmayapman”, – deb yozgan @PaulChocky.

Aniq javobni bilmoqchimisiz?

3452839 – bu illyuziyada yashiringan raqam. Raqamlarning bunday kombinatsiyasini ko‘rganlar ko‘rishning yuqori kontrastli sezgirligiga ega.

“Piksel zichligi katta rol o‘ynaydi, shuning uchun chetdagi raqamlarni hamma ham ko‘ra olmasligi tabiiy. Buning uchun ko‘rish vaqtida suratni kichraytirish yoki tez aylantirish kerak. Bu 3452839 raqamini ko‘rishni ancha osonlashtiradi”, – deydi @stimpygato.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi