Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

18-fevral kuni Turkmaniston prezidenti vazifasini bajaruvchi Gurbanguli Berdimuhamedov Ruhiyat saroyida Davlat xavfsizlik kengashi a’zolari ishtirokida Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda “Tukmenistan segodnya” davlat axborot agentligi xabar berdi.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Ma’lum qilinishicha, 18-fevral kuni Turkmanistonda Diplomatik xodimlar kuni nishonlangan. Unda Gurbanguli Berdimuhamedovni “Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan diplomat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur ko‘krak nishoni prezidentning 2021-yil 9-fevraldagi qarori bilan joriy etilgan. O‘shanda u bilan diplomatik xizmatlarning xodimlari “Turkmanistonning tinchliksevar konstruktiv tashqi siyosatini amalga oshirish, xorijiy davlatlar bilan turli sohalarda aloqalarni mustahkamlash, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan samarali muloqotni kengaytirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi va vatan oldidagi boshqa xizmatlari uchun” taqdirlanishi aytilgandi. Berdimuhamedov ushbu mukofotga birinchi bo‘lib loyiq ko‘rildi.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Taqdirlash marosimidan so‘ng, Gubanguli Berdimuhamedov “Farovonlik sari yorqin qadamlar” nomli yangi kitobi ustidagi ishlarni tugatganini ma’lum qiligan bo‘lib, u prezidentning jamoatchilik oldidagi chiqishlarini o‘zida jamlagan. Shuningdek, unga Turkmanistonni yanada rivojlantirishga oid ko‘plab takliflar kiritilgan.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Berdimuhamedov kitobning bir nusxasini tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovga topshirgan va tadbirdan keyin hamma ushbu kitobni olishi mumkinligini ta’kidlagan.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Ma’lumot uchun, Gurbanguli Berdimuhamedovning bundan oldingi — 55-kitobi (“Mustaqillik — baxtimiz”) 25-sentabr kuni Turkmaniston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Xalq maslahati yig‘ilishida taqdim etilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 11-fevral kuni Turkmaniston parlamenti oliy palatasining navbatdan tashqari yig‘ilishida mamlakatni 15 yildan beri boshqarib kelayotgan Gurbanguli Berdimuhamedov boshqaruvchi yoshlarga topshirish va faoliyatini Xalq maslahati raisi sifatida davom ettirish borasidagi niyatini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?