O‘zbekiston tog‘li hududlarida 2022-yil 19-fevraldan 28-fevralgacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.
Bundan avval O‘zbekistonda dam olish kunlari bahoriy ob-havo bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)