• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Qamoq va muvaffaqiyatsiz shaxsiy hayot: “Choliqushi” seriali qahramonlarining taqdiri qanday kechdi? (foto)

    “Choliqushi” — o‘zbek tomoshabinlari tomonidan sevib ko‘rilgan ilk turk seriali. Bir-biriga oshiq Feride va Kamronning og‘ir taqdiriga achinib, millionlab muxlislar ko‘ziga yosh kelgan. Xo‘sh, tomoshabinlarni ekranga mixlab qo‘ygan go‘zal juftlikning hayoti aslida qanday kechdi? Ular hozir nimalar bilan band, degan savollarga quyida javob topishingiz mumkin.

    Foto: “Kinomania.ru”

    Foto: “Kinomania.ru”

    Bosh rollarni ijro etgan Feride va Kamron butun dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi. “Choliqushi” seriali turk adabiyoti klassikasi Rashod Nuri Guntekin qalamiga mansub roman ning ikkinchi ekranlashtirilgan nusxasi edi. Birinchi film 1966-yilda namoyish etilgan, ammo 1986-yilgi mini-serial butun dunyoda shuhrat qozongan. U dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlariga sotilgan va Turkiyada hanuzgacha mashhur. U hozir ham ekranlarda tez-tez namoyish etiladi va 2013-yilda mashhur filmning remeyki ham suratga olindi. Yangi “Choliqushi” o‘zidan oldingi serialning shon-shuhratiga soya solmadi. 1986-yilgi mini-serialning asosiy mavzusi islom jamiyatidagi ayol hayoti, asr boshida buzila boshlagan an’analar, erkak va ayol munosabatlarida yangi tendensiyalarning paydo bo‘lishi haqida edi. Qoloq qarashlarga qarshi isyon ko‘targan bosh qahramon ko‘p sinovlardan o‘tishi kerak, lekin u o‘zining sevgisi va mustaqil hayot huquqini himoya qilishga muvaffaq bo‘ladi. Turk ayollari bu serialni katta ishtiyoq va minnatdorchilik bilan qabul qilgan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    1986-yilda suratga olingan “Choliqushi” serialida suratga tushgan aktyorlar tomoshabinlar mehrini qozondi, shuningdek, ularning taqdiri qanday kechgani va hozir nima bilan bandligi barchaga qiziq.

    Aydan Shener – Feride paranji kiyishni xohlamagan

    Foto: “Kulturologiya.ru”

    Foto: “Kulturologiya.ru”

    Aydan Shener 23 yoshida ushbu serialda bosh rol — qaysar Ferideni o‘ynadi. 18 yoshida “Choliqushi” teleserialining bo‘lajak yulduzi “Turkiya go‘zali” tanlovida g‘olib bo‘lgan, dunyo miqyosida go‘zallik tanlovida o‘z vatanini himoya qilgan. Shundan so‘ng unga reklama roliklari va teleko‘rsatuvlar uchun takliflar tushgani ajablanarli emas. Ammo unga haqiqiy shon-shuhratni “Choliqushi” seriali olib keldi. Serial islomiy jamiyatda yashashga majbur bo‘lgan va hech qanday huquqqa ega bo‘lmagan qizning og‘ir yo‘li haqida hikoya qiladi. Bu mavzu turk ayollariga tanish edi, shuning uchun “Choliqushi” seriali darhol mashhurlikka erishdi. Aydanning so‘zlariga ko‘ra, xurofot bilan kurashadigan qahramoni unga ruhiy jihatdan juda yaqin edi: “Men musulmonman, men Xudoga ishonaman, Alloh bilan aloqam borligini his qilaman... Lekin ro‘mol o‘rashda, hatto paranji kiyishda biror ma’no ko‘rmayapman. Alloh menga go‘zallik bergan bo‘lsa, nega uni yashirishim kerak?.. Men tenglik tarafdoriman”.

    Biroq aktrisaning sevimli turmush o‘rtog‘i, qizinig otasi uning tug‘ilgan kuniga paranji sovg‘a qilgan.

    Aktrisa turmush o‘rtog‘i bilan 8 yil yashadi va bu yillar davomida uning eri go‘zal rafiqasini qattiq rashk qilib, undan aktrisalik karyerasini to‘xtatishini va uyda qolishini talab qildi. Aftidan, paranja so‘nggi nuqta edi: ular ajrashishdi va Aydan boshqa turmushga chiqmadi, garchi uning so‘zlariga ko‘ra, yangi turmush borasida ko‘plab takliflar bo‘lgan bo‘lsa ham. U “Choliqushi”dan keyin ko‘p rollar o‘ynadi, ammo u qadar muvaffaqiyatga erishmadi. XXI asrning boshlarida u ekranlardan g‘oyib bo‘ldi. Aktrisa tomoshabinlarga qari ko‘rinishni istamagani haqida mish-mishlar ham paydo bo‘ldi, lekin aslida Aydanning ko‘rinishi hozir ham ajoyib, u xuddi yoshlikdagidek go‘zalligicha qolgan. Uning asosiy faoliyati inson huquqlarini himoya qilish va uysiz hayvonlarga yordam berishdir. U vaqti-vaqti bilan teleko‘rsatuvlarda ko‘rinish berib turadi.

    Kenan Kalav — Kamron qamoqdan chiqqanidan keyin ham suratga tushdi

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Kenan Kalav 25 yoshida Feridening sevgilisi rolini o‘ynagan. U “Choliqushi” serialida suratga tushgandan so‘ng yangi takliflarga umid qilgandi, biroq natija kutilganidek bo‘lmadi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, 1990-yilda Kenan Ispaniya chegaralarida hibsga olingan. U giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullangan va Ispaniyada bu jinoyat juda qattiq jazolangan. Sud hukmiga ko‘ra, aktyorga 10 yillik qamoq jazosi berilgan. To‘g‘ri, u 6 yildan so‘ng ozod qilindi, qarindoshlari va do‘stlari uni qo‘llab-quvvatladi. Kenan qamoqxonada o‘zini yaxshi tutgani uchun muddatidan avval chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday sarguzashtlardan keyin u boshqa noqonuniy ish haqida o‘ylamagani aniq. Aktyor Ispaniyada, Barselonada yashab, restoran biznesi bilan shug‘ullana boshladi. Ammo u vatanini ham unutmadi: uzoq yillik ta’tildan so‘ng, 1999-yilda Turkiyaga qaytdi. Va o‘z kasbini davom ettirishga muvaffaq bo‘ldi. Kenan bir nechta teleseriallarda rol ham o‘ynadi, turmush qurdi, o‘g‘il ko‘rdi. Hozir aktyor ikki davlatda istiqomat qilib, Ispaniyadagi restoranlarini boshqarishda davom etmoqda va umuman u taqdiri shunday kechganidan mamnun.

    Mine Chayro‘g‘lu — Munisa qo‘shiqchi va aktrisa

    Foto: “Kulturologiya.ru”

    Foto: “Kulturologiya.ru”

    Tomoshabinlar Mine Chayro‘g‘lini ham yaxshi eslaydi: aktrisa bosh qahramon Feride tomonidan asrab olingan qishloq qizi Munisa rolini ijro etgan. 1986-yilgi serialda Mine 9 yoshli qizaloq rolini o‘ynagan va bu uning birinchi ijrosi emasdi. So‘nggi 30 yil ichida Mine juda ko‘p yutuqlarga erishdi: 43 yoshli go‘zal va iste’dodli aktrisa yigirmaga yaqin film va teleko‘rsatuvlarda rol o‘ynagan va u kuylash borasida ham muvaffaqiyatga erishgan.

    Sadri Alishik – Xayrullobey 

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Aktyor Sadri Alishik teleserialida 60 yoshida ishtirok etgan va uning filmografiyasida 140 tadan ko‘proq rol mavjud. U 1946-yilda, 25 yoshida aktyorlik faoliyatini boshlagan va haqiqiy kelishgan odam, aristokratik xususiyatlarga ega qoramag‘iz aktyor edi. Sadri Alishik Turkiyada mashhurlikka erishdi: u ham dramatik, ham komediya rollarini bir xil darajada yaxshi ijro etgan. Ayniqsa, “Choliqushi” filmida o‘z iste’dodini ajoyib tarzda namoyon qilgan. 80-yillarda u oldingiga qaraganda kamroq suratga tusha boshlagan edi. 1995-yilda taniqli aktyor vafot etdi. Sadri Alishik o‘limidan bir yil avval so‘nggi rolini ijro etgandi. U nafaqat “Choliqushi” seriali va boshqa ko‘plab kinoasarlarning sevimli ijodkori, balki shoir sifatida ham yodda qoldi: uning muallifligida she’rlari chop etildi. Aktyor sharafiga Turkiyada madaniyat markazi va teatrlardan biriga nom berilgan.

    Mazmunli serial qahramonlarini sevib qolgan tomoshabinlar endi nafaqat eski epizodlarni qayta tomosha qilishlari, balki 2013-yilda xuddi shu nom ostida suratga olingan “Choliqushi” yangi loyihasi bilan solishtirishlari mumkin.

    Mavzuga doir:

    • 58 yoshni qarshilagan “Choliqushi” seriali yulduzi Aydan Shener haqida 7 fakt (foto)
    • Uch marta sahnalashtirilgan mashhur asar. Turkiyaning “Choliqushi” seriali haqida qiziqarli faktlar

    17.02.2022, 17:39   Izoh (0)   45948
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Osmondagi bolalar” 20 yoshda: Film qanday suratga olingan? Bosh qahramonlar bugungi kunda nima ish bilan band? (foto)

    16.02.2022, 18:42

    “Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari” serialining tizeri namoyish etildi (video)

    15.02.2022, 17:39

    Kino ijodkorlari tomoshabinlarni qoyilmaqom poster bilan lol qoldirish niyatida kulgili xatoliklarga yo‘l qo‘ygan holatlar (foto)

    13.02.2022, 21:52

    “Tinder firibgari” Netflix’da eng ommabop filmga aylandi

    13.02.2022, 09:54

    Mashhur aktyor va aktrisalar o‘rnini dublyorlar egallaganini tomoshabinlar sezmay qolgan film va seriallar (foto)

    11.02.2022, 13:56

    “Uyda yolg‘iz” yulduzi Makoley Kalkin tushkunlikda o‘tgan yillari haqida hujjatli film suratga oladi

    10.02.2022, 19:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.