O‘zbekistonda bir qator qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan sudyalar jazolandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar qildi.
Qayd etilishicha, faoliyatida mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganlari uchun:
- Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining sudyasi E.Eshonboboyev;
- Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining sudyasi L.Abdullayev;
- Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining raisi R.Zairov;
- Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasi L.Maxammadiyeva;
- Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudining raisi T.Haydarov intizomiy jazoga tortildi.
Izoh (0)