Toshkent shahri Mirobod tumanida pnevmatik miltiq yordamida hayvonlarni poylab yurgan fuqaro ushlandi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 12-fevral kuni M.N. ismli ayol “Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyatiga ariza yozgan. Ariza Mirobod tumani IIBga yetkazilgan. Ayol o‘z murojaatida miltiqda mushuk va itlarni otib yuradigan qo‘shnisi I.A.ga (29 yoshli) chora ko‘rishni so‘ragan.
Qoidabuzar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 1-qismi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hujjatlar sudga yo‘naltirilgan.
Mirobod tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi I.A.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yuqorida qayd etilgan moddalari bo‘yicha aybdor deb topgan. Unga nisbatan 15 sutkalik ma’muriy qamoq belgilangan.
Mavzuga doir:
- “Uxlatadigan dori yo‘qligi uchun itlarni otib o‘ldiramiz”. O‘zbekistonda qarovsiz hayvonlarga munosabat qachon o‘zgaradi?
- Andijonda itlarni so‘yib, iste’mol qilish bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi
- Farg‘ona viloyatida itlar ommaviy o‘ldirilgani aytilmoqda. Chiqindixonada o‘nlab hayvonlar otib tashlangan
Izoh (0)