• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Osmondagi bolalar” 20 yoshda: Film qanday suratga olingan? Bosh qahramonlar bugungi kunda nima ish bilan band? (foto)

    Rejissor Zulfiqor Musoqovning 2002-yilda tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan “Osmondagi bolalar” filmi bu yil 20 yillik yubileyini nishonlamoqda. Kartina katta ekranlarda namoyish etilganidan so‘ng to‘qqiz oy mobaynida Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyning barcha zallarini band etgan. To‘rt o‘smir do‘stlar taqdiri, ularning o‘y-xayollari, orzulari hamda o‘ziga yarasha muammolari haqida hikoya qiluvchi film o‘zbek kinosining durdonasiga aylangan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Filmdagi Javohir, Lola, Xurshid, Nargiz va Baxtiyor hozirda nima ish bilan mashg‘ul? Ular nima sababdan kinodagi faoliyatlarini davom ettirmadi? Quyida film rejissori hamda bosh rol ijrochilari bilan suhbatlashamiz.

    Foto: Facebook / Zulfikar Musakov

    Foto: Facebook / Zulfikar Musakov

    Zulfiqor Musoqov: “Filmdagi bosh rollarga havaskor aktyorlarni tanlab adashmaganman” 

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — “Oyijon” filmini suratga olganimdan keyin Murod Muhammad Do‘st bilan suhbatlashib qoldim. U inson o‘sha yillari “O‘zbekkino” davlat aksiyadorlik kompaniyasining raisi bo‘lib ishlardi. “Bolalar uchun oz bo‘lsa-da filmlar bor, ammo o‘smir yoshdagilar uchun deyarli film suratga olinmaydi. Ular haqida siz suratga olsangiz-chi”, dedi. Mana shu gap turtki bo‘lib, Rixsivoy Muhammadjonov bilan ssenariy yozishni boshladik. Kattalar hayotiga intiladigan, o‘ziga yarasha muammolari bor bo‘lgan to‘rt qahramon hayotini ko‘rsatishga harakat qildik. Bir oyda ssenariy tayyor bo‘ldi. Undan keyin bosh qahramonlar uchun munosib nomzodlarni izladik.“Nega kinolarda chiqib yurgan yoki san’at kollejlarida o‘qiydiganlar orasidan yosh aktyorlarni izlamagansiz?” deb ko‘p so‘rashadi. Ko‘nglim to‘lmagan, shu bois erinmay poytaxtdagi maktab va akademik litseylarga borib, bosh rol ijrochilarini izlaganmiz. Bari debyutant aktyor bo‘lsa-da, meni qiynashmagan. Ular bilan miriqib ishlaganman.

    “Osmondagi bolalar” filmining mantiqiy davomini suratga olishga qaror qilgandim. Ssenariy tayyor, uni allaqachon “O‘zbekkino”ga topshirganman. Ammo bir yarim yildan buyon ishni paysalga solishyapti. Hatto, ssenariy muhokamaga ham qo‘yilmayapti.Agar ruxsat tegsa, “Osmondagi bolalar-3 yoxud yerdagi otalar” nomli yangi filmni suratga olaman. Unda Xurshid, Javohir, Hamdam va Baxtiyor kabi qadrdon qahramonlar otalik maqomiga erishgani va farzandlari bilan munosabatlari aks etadi.

    Lola — Kristina Toirova Qozog‘istonda yashaydi

    Foto: Facebook / Zulfikar Musakov

    Foto: Facebook / Zulfikar Musakov

    Kristina Toirova filmda Lola rolini maromiga yetkazib ijro etgan. U “Osmondagi bolalar” filmidan avval “Ayol zoti” serialida suratga tushgandi. Kristina bolaligidan san’atga qiziqqani bois, Yelena Vladimirovna rahbarligidagi “Lik” teatr studiyasiga qatnagan. Mashg‘ulotlarning biriga Zulfiqor Musoqov kelib, yangi film suratga olayotganini aytadi. Kristina Toirova kastingda qatnashish uchun rasmlarini “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga olib boradi.

    “Kristinaning ko‘zida ma’no bor, keyin u ulg‘aygan muhiti sabab xorijda yashagan qizga o‘xshardi. Shu bois hech ikkilanmay uni Lola roliga tasdiqladim. U karate bilan shug‘ullangani ham syomka jarayonida qo‘l kelgan”, — deydi rejissor Zulfiqor Musoqov.

    Kristina Toirova “Osmondagi bolalar”dan so‘ng “Qo‘rg‘oshin”, “Bekatdagi odam” va “Berlin-Oqqo‘rg‘on” filmlarida ham katta-kichik rollarni ijro etgan.

    Foto: Instagram / @tairovakristina

    Foto: Instagram / @tairovakristina

    Kristina Toirova bir necha yildan buyon Qozog‘istonning Olmaota shahrida istiqomat qiladi. U bor e’tiborini karyerasiga emas, oilasiga qaratgan. Uning Yasmina, Taxmina va Elif ismli qizlari bor.

    Javohir bugun jismoniy tarbiya o‘qituvchisi

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Aziz Sultonov — tomoshabinlarga Javohir roli bilan yaxshi tanish. Uning kinoga taklif etilishi juda qiziq kechgan. U tahsil oladigan akademik litseyga “O‘zbekkino” dan rejissor assistentlari kelib, kinoda suratga tushishni istovchilar suratlari va telefon raqamlarini studiyaga tashlab ketishlarini so‘rashgan. Aziz bir guruh do‘stlari bilan suratlarini studiyaga olib borgan. Bir necha kundan keyin “O‘zbekkino”dan qo‘ng‘iroq bo‘lib, Azizni kastingga taklif etishgan. Kastingda Javohir roliga 500 dan ortiq talabgor bo‘lgan va omad Aziz Sultonovga kulib boqqan. Shu voqea sabab Aziz Sultonov 18 yoshida kino olamiga qadam qo‘ygan. U “Osmondagi bolalar”dan so‘ng “Sardor-2” filmida kichik epizod rolni ijro etgan.

    Aziz Sultonov 2010-yili Toshkent davlat jismoniy tarbiya va sport institutini tamomlagan. Undan so‘ng Xitoydagi Vudang kun-fu akademiyasida tahsil olgan. Hozirgi kunda xususiy maktablarning birida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritadi.

    Hamdam obrazini aslida boshqa aktyor o‘ynashi kerak bo‘lgan

    Foto: Facebook / Zulfikar Musakov

    Foto: Facebook / Zulfikar Musakov

    Muzaffar Sa’dullayev filmdagi Hamdam rolini mahorat bilan ijro etgan. Aslida bu rolni boshqa aktyor ijro etishi kerak edi. Kutilmagan tasodif sabab, rol Muzaffar Sa’dullayevga nasib etdi. Bunga rolga tasdiqlangan yigitning syomkadan bir kun avval burnidan jarohat olgani va yuzi shishib ketgani sabab bo‘lgan.— Bolaligim “O‘zbekfilm”da o‘tgan desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Dadam uzoq yillar u yerda ishlagani uchun suratga olish jarayonlariga tez-tez borardim. Shunda Zulfiqor Musoqovning ikkinchi rejissori Alfiya opa meni Hamdam roliga tavsiya qilgan. Rolga tasdiqlangan yigit jarohat olgani uchun kutilmaganda meni rolga taklif etishgan. Avvaliga maktab sahnalari suratga olingandi. Rosti, avvaliga juda hayajonlangandim, — deydi Muzaffar Sa’dullayev.

    Foto: Facebook / Muzaffar Sagdullayev

    Foto: Facebook / Muzaffar Sagdullayev

    U “Osmondagi bolalar” filmidan so‘ng “Dard”, “Shifokor”, “Vatan”, “Zabarjad” va rus kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Qopqa” (“Zastava”) filmlarida suratga tushgan.

    Hozirgi kunda Muzaffar Sa’dullayev ota meros bo‘lgan “Inson” kinostudiyasiga rahbarlik qilmoqda. Mazkur studiya ayni kunlarda rejissor Akbar Bekturdiyev bilan hamkorlikda “Uzbechka” nomli filmni suratga olmoqda. Suratga olish ishlari Belarusda bo‘lib o‘tdi.

    — Ikki-uch oyda kino olamini butunlay tark etishni rejalashtiryapman. Avvalgi ishimga qaytib temirchilik bilan shug‘ullanganim ma’qul, — deydi Muzaffar Sa’dullayev.

    Muzaffar Sa’dullayev oilali, uch nafar o‘g‘il farzandi bor.

    Xurshid kinodan uzoqlashdi

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Filmda mashhur rejissorning farzandi bo‘lgan Xurshidni eslasangiz kerak. Bu rolni Davron G‘ulomov maromiga yetkazib ijro etgan. Ammo u biror marta aktyor bo‘lishni va filmda suratga tushishni xayoliga keltirmagan.— Bir kuni maktabimizga bir guruh kinoijodkorlar keldi. Hamma bolalar qatori men ham kasting topshirdim. Keyin sinfdoshim bilan yo‘lakda hazillashib tursam, meni rejissor Zulfiqor Musoqov kuzatib turgan ekan. Oldilariga chaqirib, bir-ikki savol berdi. Indamay gaplarimni eshitgach, filmdagi epizodlardan birini kamera qarshisida ijro etib berishimni so‘radi. Bir necha kundan keyin rolga tasdiqlanganimni xabar berishdi, — deydi Davron G‘ulomov.

    Foto: Instagram / @davron.gulyamov

    Foto: Instagram / @davron.gulyamov

    Hozirgi kunda Davron G‘ulomov xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritadi. Uning ikki nafar qiz farzandi bor. U debyut rolidan keyin kino olamini butunlay tark etgan.

    Nargiz to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis

    Foto: Facebook / Zulfikar Musakov

    Foto: Facebook / Zulfikar Musakov

    Filmda Nargiz rolini ijro etgan Malika Alimova ham shunchaki tasodif sabab rolga tasdiqlangan. Shu bois mazkur kartinadan so‘ng ijodini davom ettirishni istamadi.

    Foto: Instagram / @malikaalimova8

    Foto: Instagram / @malikaalimova8

    — Men poytaxtdagi 110-maktabda tahsil olganman. Bir kuni maktabimizga rejissor Zulfiqor Musoqovning yordamchisi Alfiya opa kelib, direktorimizga film uchun qiz izlayotganini aytgan. O‘shanda men 9-sinfda tahsil olardim. “Kamolot” YIHning a’zosi bo‘lganim va maktab tadbirlarida faol ishtirok etganim uchun direktor meni ham Alfiya opaning oldiga chaqirgan. Alfiya opa maktabimizning o‘ndan ortiq qizlari bilan suhbatlashgandi. Ular ichidan meni tanlab, bir nechta suratimni olib ketdi. Kinoga tusharkanman, deb rosa xursand bo‘lgandim. Ammo dadam rahmatli filmda suratga tushishimga qarshi bo‘lgan. Zulfiqor akaga dadam ham rejissor ekanini va televideniyeda ishlashini aytganimda, “Mumtoz bilan kursdosh bo‘lganman”, degandi. Shunda dadamga qo‘ng‘iroq qilib, “Qizingni kinoga olib chiqaman, xavotir olma, hammasi yaxshi bo‘ladi”, degandi. Dadam rahmatli bitta rolda chiqish sharti bilan rozi bo‘lgandi, — deydi Malika Alimova.

    Malika Alimova ayni kunlarda to‘g‘ri ovqatlanish va yoga mashg‘ulotlari bo‘yicha malakali mutaxassis hisoblanadi. Oilali, ikki nafar qizning onasi.

    Temur Musoqov san’atdan ketdimi?

    Foto: “Kino-teatr.ru”

    Foto: “Kino-teatr.ru”

    Rejissor Zulfiqor Musoqov filmdagi Baxtiyor roliga nima uchun o‘g‘li Temurni tasdiqlagan? Bu savol ko‘pchilikni qiziqtirishi aniq.— Temurni o‘g‘lim bo‘lgani uchun rolga olmaganman. Tasavvurimdagi Baxtiyorga juda o‘xshagani va fe’l-atvori ham unga mos bo‘lgani uchun filmga taklif etganman. Unga boshqalarga nisbatan ikki hissa ko‘proq talabchan bo‘lganman, — deydi Zulfiqor Musoqov ushbu savolga javoban.

    Temur Musoqov “Osmondagi bolalar” filmidan tashqari “Yaratganga shukr”, “Nahotki sen”, “Vatan”, “Qo‘rg‘oshin”, “Oy ostidagi hovli” filmlarida va “Serjantlar” serialida suratga tushgan.

    Asli rejissor bo‘lgan Temur Musoqov hozirda bosmaxona ochgan.

    Mavzuga doir:

    • “Oy ostidagi hovli”dan “Hayrat”gacha. Rejissor Zulfiqor Musoqovning ko‘pchilikka noma’lum dramatik filmlari haqida
    • Zulfiqor Musoqov “Osmondagi bolalar” filmining davomini suratga oladi
    • “Osmondagi bolalar”da “Emmanuel” filmini tomosha qilish jarayoni qanday suratga olingan? (video)
    • “Osmondagi bolalar”dagi Xurshid nima sababdan kinolarda boshqa suratga tushmaganiga oydinlik kiritdi (video)
    • “Osmondagi bolalar” filmidagi Javohir, Lola, Xurshid va Baxtiyor hozir qayerda? (video)

    16.02.2022, 18:42   Izoh (0)   202794
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari” serialining tizeri namoyish etildi (video)

    15.02.2022, 17:39

    Kino ijodkorlari tomoshabinlarni qoyilmaqom poster bilan lol qoldirish niyatida kulgili xatoliklarga yo‘l qo‘ygan holatlar (foto)

    13.02.2022, 21:52

    “Tinder firibgari” Netflix’da eng ommabop filmga aylandi

    13.02.2022, 09:54

    Mashhur aktyor va aktrisalar o‘rnini dublyorlar egallaganini tomoshabinlar sezmay qolgan film va seriallar (foto)

    11.02.2022, 13:56

    “Uyda yolg‘iz” yulduzi Makoley Kalkin tushkunlikda o‘tgan yillari haqida hujjatli film suratga oladi

    10.02.2022, 19:41

    Tomoshabinlarga manzur bo‘lgan turk seriali – “Zolim Istanbul”ning qahramonlari haqida nimalarni bilamiz? 

    10.02.2022, 16:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.