• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda IIBga olib ketilgan fuqaro o‘lik holda uyiga qaytarildi. Prokuratura surishtiruv olib bormoqda

    O‘zbekiston Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Facebook’dagi sahifasida Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida yashovchi 37 yoshli fuqaro Yusuf Sultonov tuman IIBga olib ketilib, to‘rt-besh soatdan so‘ng uyiga o‘lik holda qaytarilganini yozdi. Bu haqda munosabat bildirgan viloyat prokuraturasi mazkur ish yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari boshlab yuborilganini ma’lum qildi.

    Qayd etilishicha, marhum 2022-yilning 11-fevral kuni oqshom paytida mahalla profilaktika inspektori Sunatilla Doniyorov tomonidan tuman IIBga olib ketilgan va to‘rt-besh soatdan so‘ng o‘lik holda qaytarilgan.

    “Daryo” muxbiri bilan telefonda muloqot qilgan mahalla profilaktika inspektori Sunatilla Doniyorov marhum haqiqatan ham o‘sha kuni oqshom paytida qishloqdoshining shikoyati sabab IIB xodimi tomonidan olib ketilganini tasdiqladi.

    “Ammo marhumni men emas, shogirdim olib kelayotgandi. Men ularga yo‘lda qo‘shildim”, — deydi mahalla profilaktika inspektori.

    Ma’lum qilinishicha, marhum Yusuf Sultonovning qishloqdoshi IIB xodimlariga murojaat qilib, uning tinchini buzayotganini aytgan.

    “Marhum o‘sha kuni shogirdim tomonidan qorong‘i tushayotgan paytda olib kelingan. Shogirdim ularni, ya’ni marhum va uning ustidan shikoyat qilgan qishloqdoshini shikoyat qilgan odamni qizining uyi oldidan topgan. Biz mahalla fuqarolar yig‘inidagi profilaktika inspektorining xonasida bir soatdan ortiq o‘tirdik, keyin viloyat Narkologiya dispanseriga ketdik. Marhumning qishloqdoshi mahallada qoldi. Yusuf Sultonov esa Qarshi shahriga borguncha mashinada uxlab bordi. Biror joyi og‘riyotgani yoki mazasi bo‘lmayotgani haqida shikoyat qilmagandi”, — deydi “Chandir” MFY profilaktika inspektori Sunatilla Doniyorov.

    Profilaktika inspektorining aytishicha, ular viloyat Narkologiya dispanseriga soat 22:30 da kirib borgan.

    “Viloyat narkologiyada ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng Yusuf Sultonovni sohil bo‘yidagi shifoxonaga olib borishimiz kerakligini aytishdi. Shifoxonaga borganimizda esa, uning tobi yo‘qligini tez yordamga olib borishimiz kerakligini aytishdi. Keyin uni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qarshi filialiga olib bordik. Rahmatli o‘sha yerda vafot etdi”, — deydi mahalla profilaktika inspektori.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan “Chandir” MFY raisi Ismat Avazov marhum Yusuf Sultonov o‘sha kuni aynan qayerga olib borilganini aniq bilmasligini, ammo marhum haqiqatan ham ichkilikka ruju qo‘yganini bildirdi.

    “Dunyodan o‘tgan odamni yomonlash emas-ku, ammo marhum ko‘p ichardi. Uning dastidan oilasiga tinchlik yo‘q edi. O‘zining ham, xotinining ham pasportini ichkilik olish uchun garovga berib yuborgandi. Ikki nafar bolasi bor, bolalarining hatto guvohnomasi ham yo‘q. Bir nogiron akasining pasportini ham shu yo‘q qilgandi”, — deydi MFY raisi.

    Mirishkor tuman hokimligi axborot xizmatining tuman IIBga tayanib yozishicha, tuman IIBga Yusuf Sultonovning vafot haqida 2022-yilning 12-fevral kuni soat 01:47 da xabar berilgan.

    “2022-yil 11-fevral kuni soat 18:15 da 56 yoshli fuqaro K.A. profilaktika inspektori, mayor Sunatilla Doniyorovga telefon qilib, Yusuf Sultonov mast holda ko‘chada fuqarolar tinchini buzayotganini aytib, chora ko‘rishini so‘ragan. Leytenant Q.Niyozboyev qo‘shni hudud profilaktika inspektori leytenant I.Ochilovni telefon orqali chaqirib, uning mashinasida Yusuf Sultonovni ‘Chandir’ MFY binosiga olib borib, spirtli ichimlik iste’mol qilgani yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirgan. Yusuf Sultonovni profilaktika inspektorlari — leytenant Q.Niyozboyev va mayor S.Doniyorov viloyat narkologiya dispanseriga olib borgan. Dispanser shifokorlari Yusuf Sultonovning sog‘lig‘i yomonligini, shifoxonaga olib borishlari kerakligini bildirgan. Shundan so‘ng bemor 23:10 da Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qarshi filialiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Yu.Sultonov shifoxonada vafot etgan”, — deyiladi Mirishkor tumani hokimligining rasmiy axborotida.

    Hokimlikning qayd etishicha, sud tibbiy ekspertiza xulosasida marhum o‘tkir zaharlanishning og‘ir darajasi, aspiratsion sindrom, alkogol komasi, 2-, 3-darajali UNE, 2-darajali UYUKTE, aganal holati natijasida vafot etgan. Tanasida jarohatlar yo‘q.

    Viloyat prokuraturasining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, Yusuf Sultonovning o‘limi yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergov-surishtiruv jarayonlari boshlab yuborilgan.

    Yusuf Sultonov Qashqadaryoda IIB xodimi tomonidan olib ketilib, ma’lum vaqtdan so‘ng vafot etgan yagona marhum emas. Viloyatning Chiroqchi tumani Langar qishlog‘ida yashagan Yusuf Abdurahmonov ham 2020-yilning yanvar oyida mol o‘g‘riligida ayblanib, tuman IIB binosiga olib kelingan va ma’lum vaqtdan so‘ng uydagilariga o‘lik holda qaytarilgan. Keyinchalik aniqlanishicha, marhumning o‘limiga IIB xodimlari tomonidan ayovsiz kaltaklangani sabab bo‘lgan. Shuningdek, viloyatning Nishon tumani “Kaptarli” mahallasida yashagan 51 yoshli Nursoat Muhammadiyev ham 2021-yilning 25-iyul oqshomida uyidan IIB xodimlari tomonidan sog‘lom holda olib ketilib, 26-iyul kuni peshindan so‘ng shifoxona orqali o‘lik holda qaytarilgan.

    Mavzuga doir: Qashqadaryoda “uchastkavoy”lar olib ketgan fuqaro 18 soatdan so‘ng uyidagilarga o‘lik holda qaytarildi

    15.02.2022, 23:10   Izoh (0)   48428
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yana uch nafar sudya lavozimidan ozod etildi. Ulardan biri sudyalik qasamyodini buzgan

    15.02.2022, 22:59

    O‘zbekistonda moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarliklar haqida xabar berganlarga mukofot to‘lanadi

    15.02.2022, 22:48

    Namangandagi zapravkalardan birida portlash sodir bo‘ldi

    15.02.2022, 22:36

    “Tolibon”ning O‘zbekiston bilan chegarasiga 10 ming kishilik armiya yuborishi haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi

    15.02.2022, 22:00

    Toshkentdagi G‘afur G‘ulom bog‘i qachon ochilishi ma’lum qilindi

    15.02.2022, 21:34

    Komil Allamjonov haydovchilik guvohnomasini olish tizimi ustidan jamoatchilik nazorati nima uchun muhimligini tushuntirib berdi (video)

    15.02.2022, 21:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda aholini ro‘yxatda olishda noqonuniy migrantlar hisobga olinmaydi

    Dunyo | 8 avgust, 12:22

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Belgiya hududi orqali Isroilga harbiy yuk tashishni taqiqladi

    Dunyo | 8 avgust, 12:15

    Ishtahani kamaytirib, ozishga yordam beradigan 7 ta foydali mahsulot

    Salomatlik | 8 avgust, 12:05

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.