O‘zbekistonda 2022-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, 1 kilometr/kvadrat yer maydoniga o‘rtacha 78,6 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan solishtirilganda 1,6 kishiga ortgan (2021-yilda 1 kilometr/kvadrat maydonga 77 kishi).
Hududlar bo‘yicha 1 kv/km yer maydoniga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha aholi soni:
- Qoraqalpog‘iston R. – 11,7 kishi;
- Andijon viloyati – 756,6 kishi;
- Buxoro viloyati – 49,1 kishi;
- Jizzax viloyati – 68,1 kishi;
- Qashqadaryo viloyati – 119,3 kishi;
- Navoiy viloyati – 9,3 kishi;
- Namangan viloyati – 394 kishi;
- Samarqand viloyati – 240,4 kishi;
- Surxondaryo viloyati – 136,5 kishi;
- Sirdaryo viloyati – 205,3 kishi;
- Toshkent viloyati – 192,9 kishi;
- Farg‘ona viloyati – 576,4 kishi;
- Xorazm viloyati – 318 kishi;
- Toshkent shahri – 8 035,1 kishi.
Davlat statistika qo‘mitasi 2021-yilda turli yosh toifasiga ko‘ra nikoh qurganlar sonini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, 20 yoshdan kichik 3,3 ming yigit oila qurgan.
Avvalroq O‘zbekistonning qaysi viloyatida doimiy aholi soni eng ko‘pligi ma’lum qilingani, 2021-yilning dastlabki 11 oyida 276,9 mingta nikoh tuzilgani, 2021-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda yil boshidan buyon 832,4 ming nafar tug‘ilish holati qayd etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bundan tashqari, qo‘mita doimiy aholining yosh tarkibi bo‘yicha taqsimlanishi haqida ma’lumot bergandi. Keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi sonida 0-4 yoshlilar eng ko‘p, 85 va undan kattalar esa ozchilikni tashkil etadi.
Izoh (0)