Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 24-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 13-fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Barselona” safarda “Espanyol”ga qarshi bahs yuritdi. Uchrashuvning ikkinchi daqiqasidayoq Pedri mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim oxirida Serxi Darder jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi.

64-daqiqada Raul de Tomas maydon egalarining ikkinchi golini urdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi daqiqalarida Lyuk de Yong muvozanatni tiklashga erishdi.

Xavi shogirdlari ushbu natijadan keyin 39 ochko bilan 4-o‘rinni saqlab qoldi. “Espanyol” (28) esa 13-pog‘onada qoldi.

La Liga musobaqa jadvali, o‘yinlar taqvimi va to‘purarlar ro‘yxati shu yerda — ko‘rish.

La Liga

24-tur bahslari

13-fevral, yakshanba

“Espanyol” — “Barselona” 2:2

Gollar: 0:1 – 2 Pedri, 1:1 – 40 Darder, 2:1 – 64 de Tomas, 2:2 – 90+6 Lyuk de Yong.

“Espanyol”: Diyego Lopes, Kabrera, Serxi Gomes, Pedrosa, Vilena (Melamed, 61), Darder, Bare (Morlanes, 62; Merida, 70), Errera, Aleish Vidal, Puado, de Tomas.

“Barselona”: ter Shtegen, Dest, Pike, Arauxo (Erik Garsiya, 46), Alba (Dembele, 72), Buskets, Frenki de Yong (Obameyang, 62), Pedri (Lyuk de Yong, 88), de Yong, Gavi (Niko Gonsales, 72), Traore, Ferran Torres.

Ogohlantirishlar: Bare (23), Vilyena (60), Pike (74), Puado (76), Erik Garsiya (78), Niko Gonsales (83), Melamed (90+1).

Chetlatishlar: Melamed (90+2), Pike (90+2).

“Alaves” — “Valensiya” 2:1

Gollar: 1:0 – 14 Lum, 1:1 – 62, penalti Gedesh, 2:1 – 76, penalti Xoselu.

“Levante” — “Betis” 2:4

Gollar: 0:1 – 14 Fekir, 0:2 – 29 Edgar Gonsales, 0:3 – 42 Vilyam Karvalyu, 1:3 – 43 Dani Gomes, 2:3 – 47 Dani Gomes, 2:4 – 49 Fekir.

“Real Sosyedad” — “Granada” 2:0

Gollar: 1:0 – 37, penalti Oyarsabal, 2:0 – 74 Rafinya.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
“O‘ylamasdan rol ijro etish”. Gollivud yulduzi Entoni Xopkins Marvel filmlarini tanqid qildi
Mahalliy
O‘zbekistonlik harbiy merganlar xalqaro musobaqada 2-o‘rinni egalladi (foto) 
Mahalliy
O‘zbekiston prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shakli tasdiqlandi