Yumshoqqina quymoqlar kakao ta’mi bilan yanada mazali bo‘lib pishadi.
Kerakli mahsulotlar:
- tuxum – 3 dona;
- kefir – 500 ml;
- shakar – 4 soh qoshiq;
- un – 270-290 gramm;
- kakao kukuni – 2 osh qoshiq;
- suv – 300-400 gramm;
- ichimlik sodasi – 1/2 choy qoshiq;
- o‘simlik moyi – 4 osh qoshiq;
- tuz.
- Tuxum kefir, tuz va shakar bilan ko‘pirtiriladi.
- Elangan un kakao bilan aralashtiriladi. Tuxumli massaga qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi.
- Qaynagan suvga ichimlik sodasi solinadi va massaga oz-ozdan quyiladi. O‘simlik yog‘i qo‘shiladi.
- Xamir xona haroratidan yarim soatga qoldiriladi. Quymoq pishirishdan avval xamir yana yaxshilab aralashtiriladi.
- Tovaga yog‘ quyiladi. Ma’lum miqdorda bir xilda quyilib, quymoqlarning har ikki tomoni qizargunga qadar pishirib olinadi.
Mavzuga doir:
- Mikroto‘lqinli pechda pishiriladigan brauni retsepti
- Yumshoqqina turkcha pechenye – shekerpare tayyorlaymiz
- Ismaloq qo‘shib tayyorlanadigan pishloqli tayoqchalar
- Tovuq go‘shti, qo‘ziqorin va pishloq qo‘shib tayyorlanadigan mazali kotletlar retsepti
- Pechda ichiga qiyma solib, tuxumli quymoq tayyorlaymiz
Izoh (0)